Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy Tojikistonning so‘nggi bronza davri madaniyatlari.
Qayroqum madaniyati (mil. avv. II ming yillikning oxirgi
choragi). Farg‘onaning janubi-g‘arbi, Tojikistonning shimoliy 125 yerlarida va Toshkent vohasining chekka janubi-sharqiy hududida tarqalgan madaniyat. Bu madaniyatga oid kichik manzilgohlarda cho‘ziq shaklli bir necha yarim yerto‘la uylar o‘rganilgan. Qayroqum madaniyati egalari chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Metall quyish ishlari ham qayroqumlik aholining hayotida muhim o‘rin tutgan. Bu madaniyatga oid manzilgohlarida metall eritish o‘choqlarining o‘rni saqlanib qolgan. Metallar Qoramozor tog‘idagi konlardan qazib olingan. Kulolchilik buyumlari yassi tagli, o‘yiq chiziqli naqsh bilan bezatilgan. Qayroqum madaniyatida Tozabog‘yob va Andronovo madani- yatlarining ta’siri ko‘rinadi. Shuningdek, Chust va janubdagi o‘troq dehqonchilik madaniyatlari bilan ham aloqada bo‘lgan. Janubiy Tojikistonning so‘nggi bronza davri madaniyatlari. Janubiy Tojikistonda hududida bronza davrida turli xil xo‘jalik shakli va moddiy madaniyatiga ega bo‘lgan mahalliy madaniyatlar faoliyat yuritgan. Ushbu hududning shimoliy qismida mil. avv. II ming yillikning oxirgi choragida o‘troq dehqonchilik madaniyati vujudga kelgan bo‘lsa, janubdagi Kofirnahar va Vaxsh vohalarida chorvador qabilalar yashagan. Bronza davrida mahalliy Hisor madaniyati oid aholi o‘troqlashib, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tilgan. Shuningdek, bu davrda Sopolli madaniyatiga oid aholi yashaydigan hudud chegarasi Dushanbe hududi tomonga kengayib boradi. Sopolli madaniyati o‘troq dehqon jamoasiga tegishli moddiy ashyolar Kungirttut va Teguzak manzilgohlaridan topilgan. Janubiy Tojikistonning Kofirnahar va Vaxsh vohalarida so‘nggi bronza davrida chorvador qabilalar yashagan. Bu yerdagi chorvador- lar madaniyati shartli ravishda Bishkent va Vaxsh madaniyati nomi bilan yuritiladi. Kofirnahr daryosining quyi oqimida, tog‘li Bishkentda ilk Tulxar va Aruktov, Vaxsh vohasida Tigrovaya Balka, Oyko‘l, Jarko‘l, Makonimor, Qizilsuv va boshqa qabrlar ushbu madaniyatlarning muhim yodgorligidir. Ularning oddiy chuqur va lahat kabi turi ajralib turadi. Chuqur qabrning ayrimida marhumlar dafn qilingan bo‘lsa, boshqalarida krematsiya odati bo‘yicha mayitni kuydirib, uning kuli ko‘milgan. Krematsiya odati faqat Bishkent madaniyati uchun xos 126 bo‘lib, Vaxsh madaniyatida uchramaydi. Krematsiya Andronovo madaniyati uchun xos odat hisoblanadi Marhumlar bukchaygan holatda yotqizib ko‘milgan. Ikkita mayit birga ko‘milgan qabrlar ham mavjud. Ular erkak va ayol jinsiga mansub bo‘lgan. Bishkent va Vaxsh madaniyatlari xo‘jaligi asosan chorvachilik va qisman dehqonchilik bo‘lgan. Chorvachilikda kichik tuyoli mollar boqilgan. Dehqonchilik qo‘shimcha mashg‘ulot sanalgan. Metalga ishlov berish yaxshi rivojlangan. Sopollari qo‘lda yasalgan. Kulolchilik charxida yasalgan sopol buyumlar Sopolli madaniyatining Mulali bosqichiga oid. So‘nggi bronza davrida Janubiy Tojikiston hududida bir necha etnik guruhga oid madaniyatlar faoliyat yuritgan. Mahalliy Hisor madaniyatining o‘troqlashishi, g‘arbdan Sopolli madaniyatining aholisining Mulali bosqichida hududiy kengayishi va aloqalari hamda shimoldan Andronovo madaniyatiga oid aholining ko‘chib kelgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling