Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

To‘qayli manzilgohi. Samarqand shahridan sharqda joylashgan 
To‘qay qishlog‘ida bronza davriga oid to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli 
yerto‘la uyning o‘rni ochilgan. Yerto‘la uy qadimgi manzilgohning bir 
qismi bo‘lishi mumkin. Yerto‘laning ichidan hayvon suyaklari, tosh va 
bronzadan yasalgan mehnat qurollari hamda sopol buyumlar topilgan. 
Yerto‘la yaqinidan metall eritish o‘chog‘ining o‘rni, metall toshqollari 
saqlangan. To‘qayli manzilgohi mil. avv. II ming yillikning boshiga oid 
metallga ishlov beruvchi usta-hunarmandlarning manzilgohi bo‘lgan. 
Bu yerdan topilgan sopollar Sarazmning yuqori qatlami sopollari va 
Andronovo madaniyatiga oid sopollarga o‘xshaydi. 
Zarafshon vohasida mil. avv. II ming yillikda Sarazm, Baqtriya 
va Andronovo madaniyatlariga oid manzilgohlar tarqalib, bu 
yerda janubdan kelib joylashgan o‘troq dehqon, shimoldan kelgan 
chorvador va mahalliy aholining o‘zaro to‘qnashgan. 
Zamonbobo madaniyatiZarafshonning quyi oqimida hududida 
mil. avv. III ming yillik oxiri – II ming yillik birinchi yarmida Zamonbobo 
madaniyati faoliyat yuritgan. Buxoro vohasining shimoli-g‘arbidagi 
Zamonbobo ko‘li yaqinidan qabriston, uning yaqingi Gujaylining qurib 
qolgan o‘zani bo‘yidan Zomonbobo manzilgohi o‘rganilgan. Zomonbobo 
ko‘lidan g‘arbroqda soy bo‘yida ikkinchi manzilgoh joylashgan. 
Manzilgohdan birning atrofi qalinligi 2 m val devori bilan o‘rab 
olgan. Udan bir nechta yarim yerto‘la uy-joyning o‘rni aniqlangan. 
Ulardan birida qazishma amalga oshirilib, 170 m

maydonni egallagan 
yarim yerto‘la uy-joy to‘liq ochilgan. 
Moddiy topilmalar chaqmoqtosh mikrolitlar, yorg‘uchoq 
bo‘laklari, sopol parchalari va hayvon suyaklaridan iborat. Mikrolitlar 
o‘roq qadamasi va kamon paykoni sifatida ishlatilgan. Kesaklarning 
ichida arpa va bug‘doy doni izilar saqlanib qolgan. Hayvon suyaklari, 


121 
asosan xonaki-qo‘y, echki, qora mol va eshak, qisman yovvoyi-to‘qay 
bug‘usi, cho‘chqa va jayronlarga tegishli. 
Zamonbobo qabristonida jami 41 ta qabr aniqlanib, ulardan 28 
tasida toq, 8 tasi juft mayit joylashgan. Marhumlar bukchaytirib yon 
tomoni bilan yotqizib ko‘milgan. Qabrlarda marhumlarning jinsiga 
qarab ma’lum kuzatuv buyumlari qo‘shib ko‘milgan. 
Zamonbobo madaniyati mahalliy Kaltaminor madaniyatining 
qurg‘oqchilik tufayli o‘troqlashishi natijasida vujudga kelgan. Aholi 
liman usulli sug‘orishga asoslangan dehqonchilik va uy chorvachiligi 
bilan kun kechirgan. Zamonboboliklar hayotida to‘qay sharoitida 
yashaydigan hayvonlarni ov qilish va baliqchilik qo‘shimcha oziq- 
ovqat manbayi sifatida ahamiyatini saqlab qolgan. Sopol buyumlari 
ko‘lda, qisman charxda yasalgan. Ayrim qabrlardan charxida yasalib, 
sirtiga naqsh solingan kam sonli sopol buyumlar topilgan. Ular 
Janubiy Turkmanistonning Nomozgoh IV bosqichining oxiriga oid 
o‘troq dehqon jamoasi sopolariga o‘xshash. 
Zamonbobo madaniyatiga oid yodgorliklardan tosh, suyak va 
metaldan yasalgan buyumlar topilgan. Tosh, suyak va misdan uy- 
ro‘zg‘or, xo‘jalik buyumlari, oltin, turli qimmatbaho toshlar, xususan 
lazuritdan zeb-ziynat buyumlari yasalgan. Naqshli sopollar va 
lazuritdan yasalgan buyumlar zamonboboliklarning uzoq o‘lkalar 
bilan madaniy va savdo aloqalarini olib borganligidan darak beradi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling