Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Ko‘zali bosqichi. Ko‘zali bosqichida Jarqo‘ton manzilgohida 
rivojlanish jarayoni davom etib, xo‘jalik va moddiy madaniyatida 
avvalgi bosqichiga an’analar davom etadi. Aholi Bustonsoy atrofidan 
tashqari hududlarni o‘zlashtiradi. Aholi o‘rtasida mulkiy tengsizlik va 
ijtimoiy tabaqalanish jarayonini chuqurlashadi. 
Mulali bosqichi. Oltinsoy tumani hududidagi Mulalitepa (8-9 
ga) va Buyrachi 1 (10 ga) va boshqa kichik (0,2-2 ga) manzilgohlar 
o‘rganilgan. Mullali bosqichlarda sopolli madaniyati tarqalgan hudud 
doirasi nihoyatda kengayib, Surxon vohasining Sangardak mikrovohasi 
hududigacha bo‘lgan yerlar o‘zlashtirilgan bo‘lsa, mazkur bosqichning 
oxirida Janubiy Tojikistonning Dushanbe shahrigacha bo‘lgan yerlarga 
tarqaladi. Dushanbe shahri yaqinidagi Kangurtut manzilgohining quyi 
qatlamidan Sopolli madaniyatiga xos uy-joy imoratlari va moddiy 
topilmalar aniqlangan. 
Sopolli madaniyatining Mullali bosqichida ko‘mish bilan birga 
krematsiya, marhumlarni yoqib, kulini ko‘mish odati ham tarqalgan. 
Krematsiya Yevrosiyoning shimoliy dasht hududi, xususan, 
Andronovo madaniyati uchun xos. Sopolli madaniyatiga qo‘shni 


118 
bo‘lgan Beshkent madaniyatiga oid qabrlarda ham krematsiya 
odati uchraydi. Ularning egalari Andronovo madaniyatiga oid aholi 
vakillari bo‘lgan. 
Bu bosqichga kelib kulolchilik ishlab chiqarish darajasi yuqori 
ko‘tariladi. Kulolchilikda tez aylanadigan charxdan foydalanila boshlaydi 
va mahsulotni pishirish usul yanada takomillashadi. Sopol buyumlari- 
ning shakli o‘zgaradi. Yupqa devorli sopol buyumlar ko‘payadi. 
Mullali bosqichi sopollari 
Hunarmandchilikda ixtisoslashish jarayoni chuqurlashadi. 
Metallarga ishlov berish yuqori darajada rivojlanadi. Bronza quyish 
texnologiyasi takomillashib, buyumlarga obdon ishlov berila 
boshlaydi. Savdo-iqtisodiy munosabatlar chuqurlashib boradi. 
Jarqo‘tonning mullali bosqichga oid qatlamidan topilgan fil suyagidan 
yasalgan buyumlar Hindiston bilan savdo va madaniy aloqasidan 
darak beradi. Bu davrda aholi o‘rtasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy 
tabaqalanish jarayoni yanada chuqurlashib boradi. 
Jarqo‘ton manzilgohida Qadimgi Sharqning ilk sivilizatsiyasi 
(Shumer, Misr, Elam va boshqalar) markazlarining ilk shaharlariga 
xos alomatlar mavjud. Jarqo‘tonning katta maydoni, mahobatli 
imoratlarning (ibodatxona, saroy) mavjudligi, mudofaa tizimi, 
ixtisoslashgan hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo 
munosabatlari, jamiyatning ijtimoiy stratifikatsiyaga (tabaqalanish) 
ko‘ra manzilgoh ilk shahar talabiga mos keladi. 
Qadimgi Baqtriyada ilk shahar hokimiyati diniy-g‘oyaviy shaklga 


119 
ega bo‘lib, bu davrda aholi o‘rtasida harbiy ziddiyat shakllanmagan 
edi. Manzilgoh va qabrlarda harbiy qurol-yarog‘lar kam uchraydi. 
Baqtriyada moddiy ashyolarga boy qabrlar ayollarga tegishli. 
Bunday jamiyat mahalliy aholi tomonidan qabul qilingan urf-odat va 
marosimlar asosida boshqarilgan. 
Jamiyatning barcha sohasida rivojlangan taraqqiyotga ega 
bo‘lgan BMAK bronza davrining oxirida inqirozga uchraydi. Inqiroz 
sababini tadqiqotchilar turlicha talqin qiladilar. Ayrim tadqiqotchilar 
ekologik vaziyat bilan bog‘lasa, boshqalar Sibir dashtlarida yashagan 
Andronovo madaniyatiga oid chorvador aholining janubga siljishi 
natijasi, deb hisoblaydi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling