Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baqtriyaning bronza davri arxeologiyasi.
- Janubiy Baqtriya.
Margush sivilizatsiya, degan fikrni ilgari suragan. Boshqa bir
tadqiqotchi Sh.Shaydullaev bronza davrida BMAK hududida Xarali davlati faoliyat yuritganligini bildirgan. Yuksak darajada taraqqiy etgan mazkur jamiyat bronza davrining oxirida inqirozga uchraydi. Baqtriyaning bronza davri arxeologiyasi. Baqtriya hududda ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati bronza davrida shakllangan. Ilk dehqonchilik madaniyatiga oid manzilgohlar Surxon vohasi va Shimoliy Afg‘oniston hududidan topib o‘rganilgan. Janubiy Tojikistonda ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati Dushanbe atrofi hududida bronza davrining so‘nggi bosqichida vujudga kelgan. Kofirnahr va Vaxsh vohasida so‘nggi bronza davrida chorvador qabilalar madaniyati faoliyat yuritadi. 113 Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari: 1-2. Ibodatxona, 3. Saroy-ibodatxona (Dashtli III), 4. Sopollitepa Baqtriyaning bronza davrida faoliyat yuritgan o‘troq dehqonchilik manzilgohlari dastlabki o‘rganilgan yodgorliklarga nisbatan janubda – Dashtli, shimolda esa – Sopolli madaniyati nomlari bilan yuritiladi. Janubiy Baqtriya. Janubiy Baqtriya hududining bronza davri arxeologiya yodgorliklari alohida dehqonchilik vohalarida joylash- gan. Bu yerda Davlatobod, Dashtli, Farukobod va Nichkin dehqonchilik vohalari ajralib turadi. Davlatobod mikrovohasida joylashgan Tikar I, II, III Tikar IV (Girdaytepa), Dashtli mikrovohasidagi Dashtli III, yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. Davlatabod mikrovohasidagi yodgorliklarning maydoni 0,4-1,0 ga. ni tashkil etadi. Tikar IV yodgorligida (100x95 m) mudofaa devori va to‘rt burchagida burjlari mavjud. Mazkur hududdagi arxeologik yodgorliklarini o‘rgangan olim V.I.Sarianidi Afg‘onistonning bronza davrini Tikar va Girday bosqichlariga ajratgan. 114 Janubiy Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari orasida Dashtli vohasidagi Dashtli III manzilgohi muhim o’rin egallaydi. Dashtli III manzilgohi aylana shakldagi ibodatxona va kvadrat shakldagi saroy- ibodatxonadan iborat ikkita majmuani tashkil etadi. Ibodatxona majmuasi ikki qator mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Saroy-ibodatxonasi esa kvadrat shaklda barpo qilingan. Qadimgi Yevropa xalqlari afsonasida aylana shakli quyosh, kvadrat esa yer tomonlarini aks ettiradigan. Mudofaa devori tashqarisida ikki qator halqani tashkil etgan aholi uy-joy imoratlari qurilgan. Dashtli III majmuasi koinot tushunchasi bilan bevosita uzviy bog‘liq bo‘lib, aholini tartibga solib turuvchi ma’muriy-g‘oyaviy markaz vazifasini bajarib, o’zida aholining go’aviy-ma’muriy boshqaruv tizimi aks ettiadi va ilk davlatchilik shaklini namoyon qiladi. Janubiy Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari orasida dafn inshooti ham muhim o‘rin egallaydi. Dafn inshootlari lahat (katakomba) qabrlardan iborat. Marhumlar bilan birga turli xil buyumlar qo‘shib ko‘milgan. Ko‘pchilik qabrlardagi kuzatuv buyumlari bronza davridayoq tolon-taroj qilinib, hozirgi paytda saqlanib qolmagan. Shimoliy Baqtriyaning bronza davri arxeologiyasi dastlabki o‘rganilgan yodgorlik nomi bilan Sopolli madaniyati, deb yuritiladi. Bu madaniyat shartli ravishda sopolli, jarqo‘ton, ko‘zali, molali, bo‘ston kabi bosqichlarga ajratilgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling