Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Maykop madaniyati. Shimoliy Kavkazda Kuro-Araks madaniyati 
bilan bir davrda Maykop madaniyati ham rivojlangan. Bu madaniyat 
Taman yarim oroli va Kuban bo‘yi hududidan Chechniya va 
Ingushetiyagacha bo‘lgan yerlarga tarqagan. Bu madaniyatning nomi 
Maykop shahri yaqinida o‘rganilgan qabr-qo‘rg‘ondan olingan. 
Maykop madaniyati yodgorliklari qisman manzilgohlar va ko‘proq 
qabr-qo‘rg‘onlardan iborat. Maykop madaniyatning oid qabr-qo‘rg‘on 
1897-yilda arxeolog N.I.Veselovskiy tomonidan Kuban daryosining 
irmog‘i Beloy daryosi bo‘yidan topib o‘rganilgan. Balandligi 11
tuproq uyumi tagida joylashgan o‘lchami 5,3x3,73 m, chuqurligi 1,4 
bo‘lgan yirik qabr-qo‘rg‘on yog‘och devor bilan uchta xonaga ajratilgan. 
Janubdagi katta xonada erkak, qolgan xonalarda ayollar dafn qilingan. 
Marhumlar g’ujanak holatda yotqizilgan va ustidan oxra sepilgan. 
Erkak qabrida oltin, kumush, serdolik, feruza va lazuritdan 
yasalgan turli xil buyumlar topilgan. Ulardan oltindan yasalgan sher, 
buqa shakli, munchoq, halqa ajralib turadi. Oltin va kumushdan 
idishlar ham yasalgan. Ikkita kumish idishning sirtiga naqshlar 
chizilgan. Ulardan birida tog‘, daryo, o‘simlik, hayvonlar va boshqa 
birida bir guruh hayvonlar tushirilgan. Birinchi idish mahalliy ustalar 
tomonidan yasalgan, ikkinchisi esa Mesopotamiyaning Jamdat Nasr 
torevtikasi bilan aloqadan darak beradi. Shuningdek, qabrdan 
bronza va loydan yasalgan idishlar, bronzadan yasalgan mehnat 
qurollari va qurol yarog‘lar topib o‘rganilgan. Qabr-qo‘rg‘on Maykop 
madaniyatining ilk bosqichiga oid sardorga tegishli bo‘lgan. 
Maykop madaniyatining so‘nggi bosqichiga oid qabr-qo‘rg‘onlar 
Kuban orti hududida tarqalgan. Ular kuzatuv buyumlariga juda boy. 
Ularda silliqlangan tosh boltalar, o‘roq qadamalari, kamon o‘qi 


103 
uchlari, kumushdan yasalgan to‘g‘nag‘ich va munchoqlar, oltin uzuk, 
bronzadan yasalgan buyumlar va sopol buyumlar topilgan. 
Qabrlarning biridan bronzadan yasalgan uzunligi 63 sm qilich 
nusxasining topilishi muhim ahamiyatga ega. Qilich bu yerda 
yashagan aholi o‘rtasida ziddiyatning kuchayganligini ko‘rsatadi. Bu 
davrda dolmenlar ham paydo bo‘ladi. Dolmen tik turgan to‘rtta yirik 
toshning ustidan beshinchi tosh yotqizib qurilgan dafn inshooti. 
Maykop madaniyati egalari motiga dehqonchiligi va uy 
chorvachiligi bilan shug‘ullangan. Sopol idishlari qo‘lda va qisman 
kulolchilik charxida yasalgan. Qabrlardan turli xil kuzatuv buyumlari 
topilgan. Kuzatuv buyumlarining miqdori va sifati marhumning 
hayot davridagi ijtimoiy holatiga ko‘ra qo‘yilgan. 
Maykop madanitining ilk bosqichiga oid topilmalar Janubi 
Mesopotamiya buyumlariga o‘xshaydi. Bu madaniyatga Shumerdan 
ko‘chib kelgan aholi tomonidan asos solingan. 
O‘rta Osiyo hududida bronza davri jamiyati mahalliy eneolit davri 
madaniyatlari davomida rivojlanadi. Mintaqaning janubiy hududida 
o‘troq dehqonchilik madaniyati zaminida ilk sivilizatsiya shakllangan 
bo‘lsa, shimoliy, shimoli-sharqiy yerlarida ishlab chiqaruvchi 
xo‘jalik shakllariga o‘tish jarayoni kechayotgan edi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling