Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Drevneyamnaya (qadimgi chuqur) madaniyat
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afanasyev madaniyati
Drevneyamnaya (qadimgi chuqur) madaniyat. Bu madaniyatga
(mil. avv. III ming yillikning boshidan oxirgi choragigacha) oid yodgorliklar Janubiy Ural bo‘yidan Moldovagacha bo‘lgan yerlarda tarqalgan. Bu madaniyatga oid yodgorliklar asosan qabr- qo‘rg‘onlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning o‘n minga yaqini o‘rganilgan. Tuproq-qo‘rg‘on tagida joylashgan chuqur qabrda mayit o‘rin olgan. Mayit chalqancha yotqizilib, ustidan oxra sepilgan. Ayrim tuproq-qo‘rg‘onlar tagida bir nechta qabrlar bo‘lgan. Kuzatuv buyumlari kam sonli tosh qurollar, sopol idishlar va qisman metall buyumlaridan iborat. Sopollarning tagi dumaloq, tuxumsimon shaklda, sirtiga uyib naqshlar chizilgan. Drevneyamniy madaniyatiga oid qabrlardan aravaning yog‘ochdan yasalgan g‘ildiragi topilgan. Aravalar tuzilishiga ko‘ra ikki xilda bo‘lgan. Bir xili ikki va to‘rt g‘ildirakli, ikkinchisi to‘rt g‘ildirakli, usti chodir bilan yopilgan. Ikkinchisi ko‘chib yurish jarayonida odamlar yashaydigan kulba vazifasini bajargan. Aravaning kashf etilishi ko‘chmanchi chorvador 95 aholi xo‘jaligining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Drevneyamniy madaniyati egalarining asosan chorvachilik xo‘jaligini yuritib, qo‘y, echki qora mol va yilqi boqishgan. Ovchilik ahamiyatini yo‘qotmagan. Afanasyev madaniyati (mil. avv. III–II ming yillikning boshlari) Yenesey daryosining yuqori oqimi va Oltoy dashtlarida eneolit va bronza davrlarida faoliyat yuritgan madaniyat. Xakasiyadagi Afanasyev tog‘i nomidan olingan. Bu madaniyatga oid qabrlar dastlab 1920 yilda o‘rganilgan. Tog‘li Oltoy, Xakasiya, Minusiy botig‘i, Sharqiy Qozog‘iston, G‘arbiy Mongoliya va Sinsizyan hududida tarqalgan. Afanasyev madaniyati tadqiqotchilarning taxminiga qaraganda Sharqiy Yevropaning Drevneyamniy madaniyati aholisining ko‘chib kelishi natijasida shakllangan. Yodgorliklari qabr-qo‘rg‘onlar va kam sonli manzilgohlardan iborat. Aholi yashaydigan manzilgohlar qisman o‘rganilgan. Ulardan Balituyul, Yelo, Qora Tenish, Tenga, Katta Tolgoek, Aragol, Kurota va boshqa yodgorliklar yaxshi o‘rganilgan. Manzilgohlardan yerto‘la uy-joylarning o‘rni ochilgan. Ayrim uylarining ichki tomonidan yog‘och terib chiqilgan. Mozor-qo‘rg‘onlar pastqam tuproq uyumidan iborat bo‘lib, ayrimlarining atrofiga aylantirib tosh terilgan. Qabrlarning pastida bir-ikki yoki bir nechta chuqurdan iborat mayitxonalari joylashgan. Ularning ichki tomoniga yog‘och terilib, tepasi ham yog‘och bilan yopilgan. Marhumlar g’ujanak holatda yotqizib ko‘milgan. Erkaklar bir va bir necha ayol bilan birga dafn etilgan. Ular turmush o‘rtog‘i va turmush o‘rtoqlari yoki kanizaklari bo‘lgan. Marhumlarning bosh va oyoq tomoniga sopol buyumlar, mehnat qurollari va hayvon go‘shti qo‘yilgan. Marhumni dafn etish marosimida, uning xotirasiga bag‘ishlab olov yoqilgan va qurbonlik keltirilgan. Mehnat qurollari asosan toshdan yasalgan. Misdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari, igna, bigiz, kichik pichoq kabi uy-ro‘zg‘or anjomlarining nusxasi topilgan. Kumush va oltindan yasalgan buyumlar ham mavjud. Mis buyumlari urib ishlash usulida yasalgan. Rangli metallarga ishlov berish hunari yetakchi o‘rinni egallagan. Bu davrda mahalliy mis konlarini qazib olish jadallashadi. Afanasyev tog‘ida joylashgan qabrlarning biridan meteorit temirdan yasalgan bilakuzuk nusxasi topilgan. 96 Sopol buyumlari mato qolipda, tagi tuxumsimon yoki dumaloq shaklida yasalgan. Ular turli xil o‘lchamli uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik buyumlaridan iborat. Bo‘yi baland sapol buyumlar ko‘pchillikni tashkil etadi. Sopollarning sirtiga o‘yib geometrik va archa bargi shaklli naqshlar chizilgan. Afanasyev madaniyati egalari xo‘jaligining asosini chorvachilik tashkil etgan. Qo‘y, qora mol va yilqi boqilgan. Yozgi mavsumda chorva otarilarini baland tog‘ yaylovlarida boqish an’anasi vujudga keladi. Bu bevosita chovador, ya’ni nomadlar qabilasi shakllanayotganidan darak berar edi. Ovchilik ahamiyatini saqlab qolgan. Eneolit davrida misdan foydalanishning boshlanishi kishilik jamiyati taraqqiyotida tub burilish davrini boshlab beradi. Bu davrda Yer yuzining sug‘orma dehqonchilik yuritish uchun qulay bo‘lgan janubiy hududlarida xo‘jalikning ilg‘or shakliga o‘tilishi jamiyatning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim o‘zgarishlar sabab bo‘lgan. Bu jarayon ilk sivilizatsiyaning shakllanishiga olib keladi. Yevrosiyoning shimoliy dasht hududida o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish jarayoni kechadi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling