Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sarazm I
Sarazm madaniyati. Sarazm Zarafshon daryosining yuqori
oqimida eneolit va bronza davrlarida faoliyat yuritgan madaniyat. Sarazm Samarqand shahridan 30 km sharqda Panjikent shahri yaqinida joylashgan o‘nta kichik tepaliklardan iborat manzilgoh. Manzilgohning quyidagi eneolit (Sarazm I, II) va bronza (Sarazm III, IV) davrlariga oid quyidagi to‘rta bosqichi ajralib turadi: Sarazm I mil. avv. 3500 – 3300-yillar. Sarazm II mil. avv. 3200 – 2900-yillar. Sarazm III mil. avv. 2900 – 2700-yillar. Sarazm IV mil. avv. 2700 – 2000-yillar. 88 Qadimgi dehqonlarning zimmasida dehqonchilik xo‘jaligini yuritishdan tashqari kundalik hayot ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan metall zaxirasini izlab topish vazifasi turgan. Turkiston tog‘ tizmasidagi metall konlari geoksurlik dehqonlarning Zarafshonning yuqori oqimiga ko‘chib kelib joylashishiga sabab bo‘lgan. Sarazm manzilgohining pastgi qismidagi madaniy qatlamidan guvala va paxsadan barpo qilingan ikki va uch xonali uy-joylarning o‘rni aniqlangan. Atrofi yupqa devor bilan o‘rab olingan alohida hovlilarda yashash xonasi, oshxona va xo‘jalik xonalari o‘rin olgan. Yashash xonalarining ichkarisida o‘choqlar mavjud. Shunga o‘xshash o‘choqlar Geoksur vohasidagi Anov II bosqichiga oid yodgorliklarda ham uchraydi. Sarazm mazilgohining quyi qatlamda uy-joy imoratlari bilan birgalikda atrofi tosh aylantirib terilgan (diametri 10 m) o‘ziga xos dafn inshooti aniqlangan. Undagi mayitlar gujanak holda yotqizib ko‘milgan. Bunday dafn inshooti O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik madaniyatlarida kuzatilmaydi, bu odat nisbatan keyingi davrga oid Afanasyev madaniyati aholisi orasida tarqalgan. Qabr atrofiga aylantirib tosh terish odati qadimgi xalqlar dunyoqarashida quyosh kultini aks ettirgan. Olov qadimgi xalqlar e’tiqodi-da quyoshning farzandi yoki uning yerdagi timsoli hisoblangan. Qadimgi Sharqning ilk sivilizatsiyasi markazlari ibodatxonasida olovning ahamiyati yoki quyosh bilan bog‘liq unsurlar yuqori o‘rin egallagan. Qabr inshooti (eneolit) 89 Zarafshonning yuqori oqimidagi yerlarga qadimgi davrdan janubdan o‘troq dehqon jamoasi va shimoldan ko‘chmanchi chorvador aholi a’zolari kelib joylasha boshlagan. Sarazmning ikkinchi (Sarazm II) bosqichida manzilgohida qo‘shimcha uy-joy imoratlari qurilib, uning maydoni ancha kengayadi. Bu davriga oid madaniy qatlamidan 8 ta mahalla aniqlanib, ulardan 36 ta uy-joy imoratining o‘rni ochilgan. Mahallalar o‘zaro ko‘chalar bilan ajralib turgan. Alohida oilalarga tegishli hovlilar yashash va xo‘jalik qismlaridan tashkil topgan. Ayrim hovlidagi xonada aylana o‘choq joylashgan bo‘lib, ulardan ibodat maqsadlarida foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Imoratlarning qurilishida paxsa, guvala, ayrim hollarda to‘g‘ri to‘rtburchak xom g‘isht ishlatilgan. Devorlar somonli loy suvoq qilinib, sirtiga rang-tasvirlar chizilgan. Sarazm madaniyati xo‘jaligining asosini dehqonchilik, chorva- chilik, to‘qimachilik tashkil etgan. Dehqonchilikda arpa, bug‘doy ekilgan. Bog‘dorchilik ekinlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar uchramaydi. Chorvachilikda qo‘y va echki boqilgan. Manzilgohning ilk bosqichga oid madaniy qatlamidan misdan yasal- gan uzun sopli xanjar va qalin uchli uzun to‘g‘nagich topilgan. So‘nggi eneolit davrida misdan yasalgan buyumlarning soni va turi ko‘payadi. Misdan yasalgan ikki tig‘li xanjar, pichoq, qarmoq, bigizlar topilgan. Topilmalar orasida metall eritish qozoni – tigel bo‘laklari ham uchraydi. Sarazm madaniyatining ikkinchi bosqichida Sharqiy Turkiston tog‘idagi mis konlari asosida metall hunarmadchiligi rivojlanadi. Toshdan urchuqbosh, kelitosh, yorg‘uchoq va boshqa xo‘jalik buyumlari yasalgan. Sarazmning quyi qatlamidan topilgan (Sarazm I) sopol buyumlari qo‘lda yasalgan. Ularning sirtiga qizil va qora rangli bo‘yoqda geometrik naqsh chizilgan. Bunday sopollar namunasi Geoksur vohasining Anov II bosqichiga oid madaniy qatlamida ko‘p uchraydi. So‘nggi eneolit (Sarazm II) sopollari qo‘lda yasalib, ikki tomonlama silliqlangan. Sopollarning sirtiga naqsh chizish an’anasi davom etadi. Naqshlar sarg‘ish rangli tag ustidan qizil va qora bo‘yoqda chizilgan. Bu bosqichda nashsiz sopollar ham yasalgan. Shuningdek, Kaltaminor madaniyatiga xos dumaloq tagli sopollar ham topilgan. 90 Kulolchilik charxida yasalgan sopol parchasining kam sonli nusxalari uchraydi. Bunday sopollar ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra Belujistondan keltirilgan. Sarazmning so‘nggi eneolit davri madaniy qatlamidan topilgan urchuqbosh nusxalari to‘qimachilik hunaridan guvohlik beradi. Bu davrda mato jundan to‘qilgan. Urchuqboshlarda jun kalava egirilgan. Zarafshonning yuqori oqimida eneolit davrida yashagan aholi vakillari moddiy topilmalarning guvohlik berishiga qaraganda Geoksur vohasi, Kaltaminor, Afanasyev madaniyati aholisi va Belujuston madaniyatlari bilan o‘zaro madaniy aloqada yoki genetik yaqinlikka ega bo‘lgan. Bu davrda O‘rta Osiyoning qolgan joylarida bu neolit davri o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllariga ega bo‘lgan mahalliy madaniyatlar faoliyati yuritayotgan edi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling