Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Shulaveri-Shomutepa madaniyati


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Shulaveri-Shomutepa madaniyati (mil. avv. V ming – IV ming 
yillikning birinchi yarmi) Kavkaz hududida Kura daryosi o‘rta oqimi 
yerlarida shimoliy varianti (Gruziyadagi Shulaverisgora, Xramis 
Didigora, Aruxlo, Ozarbayjondagi Shomutepa) va Araks daryosi 
vodiysida joylashgan janubiy varianti (Naxichavan Kultepasi, 
Alikemektepasi va boshqalar) faoliyat yuritgan. 
Kavkazning eneolit davri aholisi paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan 
uylardan tashkil topgan qishloqlarda yashab, dehqonchilik xo‘jaligini 
yuritgan. Dehqonchilikda bug‘doyning barcha turlari, arpa, suli, no‘xat, 
chechevitsa, uzum yetishtirilgan. Qurg‘oqchil hududlarda yashovchi 
aholi sun’iy sug‘orish tizimidan foydalangan. Chorvachilikda qo‘y, 
echki, qora mol, cho‘chqa boqilgan. Chorva mollari yoz mavsumida 
tog‘ va tog‘oldi yaylovlarida boqilgan. 
Marhumlar uylarning o‘rtasida va yashash xonalarning ichida 
joylashgan qabrlarda dafn qilingan. Marhumlar yon tomoni bilan 
g’ujanak va chalqancha yotqizilgan holatda, ma’lum kuzatuv buyumlari 
bilan qo‘shib ko‘milgan. Marhumlarning ayrimining ustiga oxra sepilgan. 
Chaqmoqtosh va obsidiandan pichoq, to‘g‘nag‘ich, teshgich, 
o‘roq qadamasi va boshqa qurollar yasalgan. Metaldan faqat eneolit 
davrning oxirgi bosqichida foydalanish boshlangan. Undan munchoq, 
bigiz va qisman pichoq yasalgan. 


91 
Sopol buyumlari qo‘lda yasalgan. Ular bankasimon idishlar va 
kichik kosalardan iborat. Sopollarning sirtiga polixrom naqshlar 
chizilgan. Loydan haykalchalar, suyakdan turli anjomlar yasalgan. 
Qadimgi dunyo jamiyati taraqqiyotida G‘arbiy Osiyoga yaqin 
bo‘lgan Yevropa hududi muhim o‘rin tutadi. Yevropaning sharqiy 
hududining eneolit davri jamiyati xo‘jalik yuritish xususiyati jihatdan 
G‘arbiy Osiyodan farq qilgan. G‘arbiy Osiyoda jamiyat sug‘orma 
dehqonchilik xo‘jaligi negizida rivojlangan bo‘lsa, Sharqiy Yevropa 
jamiyati taraqqiyotida Bolqon-Karpat hududi metall zaxirasi asosiy 
o‘rin egallaydi. Bu yerda eneolit davri jamiyati neolit davri mahalliy 
madaniyatlari va qadimgi sharq ta’sirida shakllangan Karanovo 
madaniyatlari zaminida vujudga kelgan Gumelnitsa, Kukuteni- 
Tripoli va boshqa madaniyatlarda o‘z aksini topgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling