Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Kura-Araks madaniyati. (mil. avv. XXIX–XXIII ming yilliklar) 
Janubiy va Markaziy Kavkaz, Dog‘iston, Chechniya, Ingushetiya, 
Shimoliy Osetiyaning bir qismi, Shimoliy Anatoliya, Shimoli-g‘arbiy 
Eron hududini egallagan madaniyat. Bu madaniyat pasttekistlikda
tog‘oldi hududlarida, hatto baland tog‘ tizmalarida ham tarqalgan. 
Uylari aylana shaklda, tomi konussimon shaklda yopilgan
ustidan shag‘al tosh to‘shalgan. Uylarning o‘rtasida aylana o‘choq 
joylashgan. Uylar juda tig‘is joylashgan. Yerevan yaqinidagi Shengavit 
manzilgohining atrofi toshdan qurilgan aylana devor va xandaq bilan 
muhofaza qilingan. 
Kura-Araks madaniyati sohiblari marhumlarni manzilgohlarning 
yaqinidagi qabr va qabr-qo‘rg‘onlarda dafn qilgan. Qabrlarning shakli 
turlicha (to‘rtburchak, g‘isht va tosh terilgan) bo‘lgan. 
Xo‘jalikning asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. 
Dehqonchilikda bug‘doy, arpa, tariq yetishtirilgan. Texnik ekinlardan 
kanop ekilgan. Dengiz sathidan 2500 baland bo‘lgan tog‘ hududida 
ham dehqonchilik qilingan. Tog‘larida sug‘orishning murakkab 
tizimi, terrasa usulidan foydalanilgan. Yerlar hayvonga tortilgan 
omoch yordamida shudgor qilingan. Hayvon shoxidan yasalgan 
omoch nusxalari topilgan. 


103 
Chorvachilik yarim ko‘chmanchi shaklida bo‘lib, asosan kichik tuyoqli 
hayvonlar boqilgan. Qisman ot boqilgan. Shimoliy Kavkazga xonaki ot 
shimolda yashaydigan dasht xalqlaridan kirib kelgan bo‘lsa kerak. 
Kura-Araks madaniyati egalari mishyakli bronzadan foydalangan. 
Metallar Kavkazning o‘zidan qazib olingan. Manzilgohlardan bolta
tesha, o‘roq, pichoq, nayzaning uchi, taqinchoq va boshqa buyumlar 
topilgan. Tuxumsimon shaklda yasalgan sopollarning sirti silliqlanib, 
ko‘kimtir, qora va qizil rangda angob surtilgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling