Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Xarappa madaniyati. Qadimgi Hindiston hududida mil. avv. III
ming yillikning ikkinchi yarmida mahalliy o‘troq dehqonchilik asosida Xarappa madaniyati (mil. avv. 2400–1750-yillar) shakllangan. Bu madaniyatga oid 1000 dan ortiq turli manzilgohlar aniqlangan. Ular shaharlar, katta va kichik dehqonchilik qishloqlaridan iborat. Moxenjadaro, Xarappa, Kalibangan va Kotji yodgorliklari ilk shahar manzilgohini tashkil etadi. Manzilgohlar orasida eng yirigi Moxenjodaro hisoblanadi. Umumiy maydoni 260 ga dan iborat paralellogramma shaklli ilk shahar ark va aholi yashaydigan qismlaridan tashkil topgan. Arki manzilgohning baland joyida joylashgan bo‘lib, atrofi muhofaza devori bilan o‘rab olgan. Xom g‘ishtdan ko‘tarilgan devorning sirti pishgan g‘isht bilan qoplangan. Arkda majlislar zali, bilim yurti, hammom va omborxona aniqlangan. Bu yerdan keyingi davrga oid ibodatxonaning o‘rni ham ochilgan. Ilk shaharning mahallalarini ko‘chalar o‘zaro ajratib turgan. Markaziy ko‘chaning kengligi 10 m, kichiklari 2,7–5,5 m, muyulishlar esa 1,2 m. Mahalliy hududning seryog‘in iqlimli sharoitidan kelib chiqib, sanitariya qoidalariga amal qilish maqsadida ko‘chalarning tagidan sopol quvurlar orqali kanalizatsiya o‘tkazilgan. Sopol quvurlarning tepa qismi pishgan g‘ishtlar bilan qoplangan. Tadqiqotchi olimlarning taxminiga qaraganda shaharda taxminan 35–41 ming kishi yashagan. Xarappa manzilgohi Hind vodiysida hozirgi Panjob viloyati hududida Moxenjadarodan 650 km shimoli-sharqda joylashgan ikkinchi yirik ilk shahar markazi. Manzilgoh ikki qisman iborat bo‘lib, uning g‘arbida ark joylashgan. Arkning atrofi xom g‘ishdan qalinligi 101 12 m mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Mudofaa devorining sirti pishgan g‘ishtlar bilan qoplangan. Umumiy maydoni 67 ga dan iborat ilk shaharning ichkarisida hunarmandlar mahallasi, shahar aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan ombor joylashgan. Xarappa madaniyati egalari daryo vohalarida yashab, sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligi asosida hayot kechirganlar. Arpa, bug‘doy va sholi asosiy ekin hisoblangan. Texnik ekinlar, xususan, paxta ham ekilgan. Chorvachilik xo‘jaligining ikkinchi tarmog‘i bo‘lgan. Chorvachlikda asosan qoramol boqilgan. Ixtisoslashgan hunarmandchilik yuksak darajada rivojlangan. Qo‘shni hududlar bilan quruqlik va suv yo‘li orqali savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Eron, O‘rta Osiyo hududi bilan quruqlik orqali Fors ko‘rfasi va Arab yarim oroli hududi bilan esa suv yo‘li orqali savdo aloqalari olib borilgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling