Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

So‘nggi bosqichi (IV ming yillikning oxiri – III ming yillikning birinchi 
yarmi) Lavlakon namgarchiligi davrining oxiri bosqichiga to‘g‘ri keladi. 
Bu davrda iqlim quriqlashib, suv manbayining tortilib borishi oqibatida, 
tabiiy oziqa zaxirasi kamayib ketadi. Natijada ibtidoiy jamoa a’zolarning 
yashash sharoiti qiyinlashib boradi. Bunday iqlim o‘zgarishlari 
Kaltaminor madaniyati jamoasi yashash hududining qisqarib ketishiga 
olib kelgan. Aholining ma’lum yerda yashashi mahalliy hududning tabiiy 
oziq-ovqat zaxirasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Kaltaminor madaniyatining 
oxirgi bosqichida hozirgi Qizilqum hududida yashagan aholi oziq-ovqat 
izlab, yashash joylarini doimiy o‘zgartirib turishga majbur bo‘lgan. 


70 
Sariqamish havzasidagi Tumek Kichijik qabristonida Kaltaminor 
madaniyatining o‘rta bosqichiga oid 30 yaqin qabrlar o‘rganilgan. 
Marhumlar oddiy chuqur qabrlarda, oyoq-qo‘llari cho‘zilgan holda 
chalqancha yotqizilib, ma’lum kuzatuv buyumlari bilan qo‘shib ko‘mil- 
gan. Marhumlarning ustidan oxra sepilgan. Kuzatuv buyumlari asosan 
ayol qabrlarida aniqlanib, ular hayvonlarning tishi va chig‘anoqdan 
yasalgan taqinchoqlardan iborat. Bu yerda yashagan aholi vakillari 
yevropeiod irqining “Sharqiy o‘rta yer” guruhiga mansub bo‘lgan. 
Kaltaminor madaniyati aholisi to‘qay va cho‘l hayvonlarini 
ov qilish, baliqchilik va terib termachilik bilan kun kechirgan. Bu 
madaniyatining ikkinchi bosqichida qoramol va ehtimol echki, qo‘y 
xonakilashtirilgan. Oxirgi bosqichida tuya qo‘lga o‘rgatilgan. 
Baliqchilik o‘zlashtiruvchi xo‘jalikning ikkinchi tarmog‘i 
hisoblangan. Cho‘rtan, laqqa va zo‘gora baliqlarining suyaklari 
Oqchadaryo o‘zanida joylashgan makonlarda ham, Zarafshonning 
quyi oqimidagi makonlarida ham ko‘plab uchraydi. Baliqlar suyak 
garpunda ovlangan. Ehtimol mikrolit garpun ham ishlatilgan bo‘lishi 
mumkin. 
Lavlakon namgarchiligi davrida Kaltiminor madaniyati egalari 
yashagan hududlarda keng yaproqli o‘rmonzor va to‘qayzorni tashkil 
etib, mevali daraxtlarga boy bo‘lgan. Daraxt mevalari aholini yoz-kuz 
mavsumida oziqa bilan ta’minlagan. 
Kaltaminor madaniyatining tosh qurollari chaqmoqtoshdan 
yasalgan turli anjomlardan iborat. Sopol buyumlari qo‘lda yasalgan. Ular 
soz tuproq loyiga shamot, kam hollarda xashak, maydalangan chig‘anoq 
yoki qum qo‘shib yasalgan. Dastlabki ikki bosqichi sopollarining tagi 
tuxumsimon shaklida yasalgan, keyingi bosqichida yassi tagli sopol 
buyumlari paydo bo‘ladi. Sopollarning sirtiga to‘lqinsimon, to‘g‘ri chiziqli 
va egri chiziqli naqshlar solinib, olovda pishirilgan. 
Kaltaminor madaniyati mil. avv. III ming yillikning ikkinchi 
yarmida inqirozi uchraydi. Bu madaniyat tarqalgan keng hududda 
yashagan aholi tili, xo‘jaligi, moddiy madaniyati va diniy qarashlari 
yaqin bo‘lgan umumiy jamoani tashkil etgan. Ular o‘rtasida ma’lum 
genetik yaqinlik bo‘lgan. 


71 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling