Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


O‘rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

O‘rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari. Hozirgi paytda 
O‘rta Osiyo hududida mezolit davriga oid ikki yuzdan ortiq yodgorlik 
aniqlangan. Ular madaniy qatlamli va terma moddiy ashyolariga 
ega bo‘lgan g‘or-makon, ochiq joy-makon va mavsumiy makondan 
iborat. Mezolit davri yodgorliklari ma’lum madaniyat va arxeologik 
majmualardan tashkil topgan. 
Mezolit davri madaniyatlaridan Sharqiy Kaspiybo‘yi hududi yodgor- 
liklari muhim o‘rin egallaydi. Bu yerda mil. avv. XIVIII ming yilliklarga 
oid Jabel, Kaylu va Damdamchashma I, II g‘or-makonlari va 30 dan ortiq 
ochiq joy makonlar joylashgan. Ulardan topib o‘rganilgan tosh buyum- 
lari mikrolit alomatiga ega bo‘lgan plastinkasimon shaklli qurollardir. 
Sharqiy Kaspiy bo‘yi hududida yashagan aholi ovchilik, baliqchilik 
va termachilik bilan kun kechirgan. Makonlardan yovvoyi qo‘y, echki, 
qulon va baliq (Damdamchashma II), qoramol, jayron, mushuk (Jebel 
g‘or-makonining quyi qatlami) suyaklari topilgan. Damdamchashma 
II g‘or-makonning mil. avv. VIIIVII ming yilliklarga oid IV madaniy 
qatlamidan topilgan suyaklarni tadqiqotchilar uy hayvonlarga 
(qo‘y va echki) tegishli, deb hisoblaydilar. Bu yerda yashagan aholi 
ovchilik, termachilik va baliqchilik shakllari bilan kun kechirishgan. 
Ibtidoiy ovchilar mezolit davrining oxirida yovvoyi hayvonlarni 
qo‘lga o‘rgatib, xonaki chorvachilikka asos soladi. 


50 
Sharqiy Kaspiy Bo‘yi (Jebel va DamdamChashma). 
Terilarga ishlov berish va ulardan kiyim bosh tikish, suyak va yog‘och- 
dan zaruriy anjomlar yasash, chig‘anoq va toshdan taqinchoq yasash kabi 
ishlar odamlarning kundalik yordamchi mashg‘uloti hisoblangan. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida mezolit davriga oid bir 
nechta madaniyatlar faoliyat yuritgan. Toshkent vohasi, Farg‘ona 
vodiysi, Zarafshon vohasi, Surxon vohasi, Ustyurt va boshqa 
joylardan yuzdan ortiq mezolit davriga oid yodgorliklar o‘rganilgan. 
Mazkur hudularning yodgorliklari alohida madaniyatlarni tashkil 
etadi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling