Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. Mezolit davri iqlim o‘zgarishlari kishilik jamiyatiga qanday 
ta’sir ko‘rsatgan? 
2. Old Osiyo xalqlari mezolit davrida qanday yutuqlarga erishgan? 
3. Mezolit davri moddiy madaniyatida qanday o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi? 
4. Sharqiy Kaspiybo‘yi hududi mezolit davri madaniyatlari 
xususiyatini ochib bering? 
5. Obishir madaniyati xususiyatini tavsiflab bering? 
6. Mochay g‘or-makonining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsating? 
7. Janubiy Tojikistonning mezolit davri mahalliy madaniyatlari 
qanday xususiyatga ega bo‘lgan? 
8. O‘rta Osiyoning mezolit davri tasviriy san’ati ahamiyatini yori- 
tib bering? 


58 
3-bob. Neolit 
 
Tayanch so‘zlar: Antropomorf, borrealoldi, garpun, Jarmo 
madaniyati, Ierixon madaniyati, zoomorf, lavlakon plyuviali, motiga, 
neolit inqilobi, palaxmon, shamot. 
Neolit davri tavsifi. Neolit (yun. neos yangi, lot. litos tosh, 
yangi tosh asri) – tosh davrining so‘nggi bosqichi. Arxeologiya faniga 
neolit atamasini 1865-yilda ingliz olimi Jon Lebbok kiritgan. Neolit 
davri sanasi mahalliy hududlarning tabiiy-geografik sharoiti, xo‘jalik 
va moddiy madaniyati xususiyatiga ko‘ra mil. VIIIIV ming yilliklar 
doirasida sanalanadi. Yer yuzining ayrim hududida neolit davri 
an’anlari mil. avv. III/II ming yilliklarda ham davom etadi. 
Neolit davrining iqlimi hozirgidan ancha farq qilgan. Uning 
dastlabki bosqichida namchil va issiq iqlimli sharoit hukmron 
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik atlantika bosqichida (taxminan mil. avv. 
VIIIV ming yilliklar) ob-havo isib, iqlim quruqlashib borgan. Ilgarigi 
namchil iqlimli o‘rmonzor hududlarda qurug‘oqchilik kuchaygan. 
Masalan, mezolit davrida sersuv va o‘rmonzor bo‘lgan Sahroyi Kabir 
qurg‘oqchilik tufayli cho‘lga aylanadi. 
Neolit davri ekologik o‘zgarishlar oqibatida Osiyoning tabiiy 
sharoiti qulay va issiq iqlimga ega bo‘lgan subtropik mintaqalarida 
mezolit davridagi ixtisoslashgan termachilik va ovchilik asosida 
ishlab chiqaruvchi xo‘jalik dehqonchilik va chorvachilik vujudga 
keladi. Xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakli o‘tish dastlab 
Yevrosiyoning issiq iqlimli janubiy o‘lkalarida sodir bo‘lgan. Yaqin 
Sharq, Mesopotamiya va Kichik Osiyo yerlari neolit davri ishlab 
chiqaruvchi xo‘jalik shakllarining vujudga kelishi uchun juda qulay 
bo‘lgan. “Serunum yarimoy hududini” tashkil etgan bu hududlarda 
mil. avv. IX/VIII ming yilliklardayoq o‘simliklarni madaniylashtirish 
va hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi. 
Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllari – dehqonchilik 
va chorvachilik vujudga kelgandan so‘ng oziq-ovqat zaxirasi nisbatan 
barqarorlashadi. Kishilik jamiyati iqtisodiy hayotida sodir bo‘lgan 
bunday ijobiy o‘zgarishlarni ingliz arxeolog olimi Gordon Chayld 


59 
neolit inqilobi”, deb atagan. Amerikalik boshqa bir olim R.Breydvud 
esa ijtimoiylashgan shaklda, ya’ni “oziq-ovqat yetishtirish inqilobi” 
nomi bilan yuritishni ma’qul ko‘rgan. 
Yaqin Sharq hududidagi Ierixon madaniyati (mil. avv. IX/VIII– 
VII ming yil) ishlab chiqaruvchi xo‘jalikga asoslangan eng qadimgi 
madaniyat hisoblanadi. Bu madaniyatga oid ilk o‘troq dehqonchilik 
qishlog‘ining o‘rni Tell as Sulton (Ierixon) manzilgohining quyi 
madaniy qatlamida aniqlangan. Ierixon madaniyatining dastlabki 
(Ierixon IA) bosqichda aholi yerto‘la uy-joylardan iborat qishloqlarda 
yashagan. Qishloq atrofi tosh devor bilan o‘rab olingan. Manzilgohdan 
motiga, o‘roq qadamasi kamon paykoni vazifasini bajargan ko‘p sonli 
mikrolitlar topilgan. Tirikchilik manbayi termachilikdan iborat bo‘lib, 
uning asosida dehqonchilikning ilk kurtaklari paydo bo‘la boshlaydi. 
Ikkinchi bosqichda (Ierixon IB) bu yerga shimoldan aholi ko‘chib 
kelib joylashadi. Moddiy madaniyat va xo‘jalik sohalarida ma’lum 
yutuqlarga erishiladi. Uy-joylari yer ustida, ilgaridan rejalashtirish 
asosida qurila boshlaydi. 
Mazkur bosqichida xo‘jalik sohasida ham muhim o‘zgarish sodir 
bo‘ladi. Terib-termachilik asosida ilk dehqonchilik shakllanadi. 
Soylarning etagida joylashgan tekis maydonlarga ekilgan boshoqli 
don ekinlari bahorgi yomg‘ir suvi bilan liman usulida ikki-uch marta 
sug‘orilgan. Dehqonchilikda arpa va bug‘doy ekilgan. Yerlarga motiga 
yordamida ishlov berilgan. Hosil yog‘ochga qotirilgan mikrolit tosh 
o‘roqda o‘rib olingan. 
Ovchilik asosida xonaki chorvachilik shakllangan. Topilgan 
suyaklarga ko‘ra faqat echki, ehtimol qo‘y ham xonakilashtirilgan. 
Don mahsulotlari zaxirasining ko‘payishi bilan mushuk ham 
xonakilashtiriladi. Ovchilik xo‘jaligi ahamiyatini saqlab qolgan. 


60 
Tosh qurollari kamon o‘qining uchi, o‘roq qadamalari, keli, don 
yanchgich, turli idishlar, tosh boltalardan iborat. Loydan antropomorf 
va zoomorf haykalchalar yasalgan. Ierixon madaniyatining oxirgi 
bosqichida sopol idishlar paydo bo‘ladi. Dastlabki sopol idishlar 
qo‘lda yasalib, olovda pishirilmagan. 
Marhumlar uylarining ichida, g‘ujanak holda kuzatuv buyumlari 
bilan birga ko‘milgan. Makondan topilgan odamlarning maxsus 
saqlangan bosh suyagiga qaraganda ierixonliklar diniy e’tiqodida 
ajdotlar ruhiga sig‘inish odatiga amal qilingan. 
Ilk ishlab chiqarishning ikkinchi markazi Kichik Osiyoda 
hisoblanadi. Bu yerda muqum o‘troqlashgan aholining muntazam 
qishloqlari shakllanadi. Hojilar, Cheyniyutepa, Chatal Huyuk, 
Ashikli Huyuk, Jon Hasan yodgorliklarida neolit davri o‘troq dehqon 
jamoasining uy-joy imoratlari aniqlangan. Hojilar manzilgohining 
quyi qatlamida neolit davrining ilk bosqichiga oid xom g‘ishtdan 
qurilgan uylarning o‘rni aniqlangan. 
Koniya vodiysidagi Chatal Huyuk (maydoni 13 ga) manzilgohida 
neolit davri o‘troq dehqonchilik madaniyatining yanada taraqqiy 
etgan shakli namoyon bo‘ladi. Manzilgohdan (mil. avv. VII ming yillik 
ikkinchi yarmi VI ming yillik birinchi yarmi) yirik o‘lchamli xom 
g‘ishtdan barpo qilingan uylarning o‘rni ochib o‘rganilgan. Ba’zi bir 
imoratlarning devoriga mazmunan boy rang-tasvirlar chizilgan va 
bo‘rtma naqshlar, xususan, buqa va qo‘yning boshi yopishtirilgan. 
Bunday imoratlar o‘troq aholining ibodatxonasi hisoblangan. 
Gebeklitepa, Nevali Chori yodgorliklari neolit davri ibodatxonasi 
aniqlangan. Ulardan Turkiyaning janubi-sharqiy qismida Antoliya- 
ning tog‘ oldi adirliklarida Gebeklitepa yodgorligi toshdan aylana 
qilib qurilgan bir nechta ibodatxonalarning xarobasi o‘rganilgan. 
Ibodatxona tomi T shaklli tosh ustunlar bilan yopilgan. Tosh 
ustunlarning sirtiga turli xildagi zoomorf bo‘rtma shakllar tushiril- 
gan. Nemis mutaxassisi K.Shmitdning fikriga qaraganda, ibodatxona 
ilk neolit davri chorvador aholisiga tegishli bo‘lgan. 
Neolit davrining ilk bosqichida termachilik negizida o‘troq 
dehqonchilik xo‘jaligiga o‘tgan. Dehqonchilikda ikki qatorli arpa 


61 
ekishgan. Neolit davrining rivojlangan bosqichida ishlab chiqaruvchi 
xo‘jalikning ahamiyati yanada oshadi. Chatal Huyuk manzilgohidan 14 
xil madaniylashtirilgan o‘simlik turi aniqlangan. Dehqonchilikda bir va 
ikki qator arpa hamda bug‘doy ekilgan. Neolit davrining ilk bosqichida 
qo‘y, echki va rivojlangan bosqichida esa qoramol xonakilashtirilgan. 
Ovchilik yordamchi xo‘jalik sifatida ahamiyatini saqlab qolgan. 
Mehnat qurollari chaqmoqtosh, obsidian va suyakdan yasalgan. 
Arxeologik topilmalarning guvohlik berishiga qaraganda, Kichik Osiyo 
aholisi yer yuzidagi boshqa xalqlarga nisbatan misdan buyumlar yasashni 
erta boshlaganlar. Neolit davrining ilk bosqichiga oid Chaynyutepesi 
yodgorligidagi tosh imoratlar xarobalaridan yuzlab mis bo‘laklari va bir 
necha malaxit bo‘laklarini aniqlaydi. Ularning ayrimlari minchoq vazifasini 
bajargan. Markaziy Anatoliya hududidagi mil. avv. VIII ming yilliklarga 
oid Ashikli Huyuk yodgorligidan ham misdan ishlangan bir necha o‘nlab 
nusxadagi taqinchoqlar aniqlangan. 
Ilk neolit davri qatlamlarida sopol buyumlar uchramaydi. Keyingi 
bosqichdan sopol buyumlar paydo bo‘ladi. Sopol buyumlarining sirtiga qizil 
rang bo‘yoqda naqshlar chizilgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling