Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Ustyurt mezoliti (mil. avv. VIIIVI ming yilliklar). Ustyurtda 
mezolit davriga oid 20 dan ortiq yodgorlik o‘rganilgan. Ular asosan 
Aydabolquduq va Jayronquduqlarining atrofida guruh-guruh holda 
joylashgan ochiq turdagi doimiy, muddatli va mavsumiy makonlardan 
iborat. Ustyurt makonlarida madaniy qatlam uchramaydi. Xo‘jaligi 
va ijtimoiy munosabatlari to‘g‘risida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. 
Hududning tabiiy sharoiti va mazkur davr xususiyatiga ko‘ra 
ustyurtlik aholi ovchilik va termachilik bilan kun kechirgan. 
Ustyurtning mezolit davri yodgorliklari tosh qurollari. 
Zarafshon mezoliti. Qoratepa tog‘ining shimoliy tomonidagi 
adirliklarda joylashgan Sazag‘on I, Zamichatosh, Ohalik makonlari 
mezolit davri tarixga doir qimmatli ma’lumotlar berdi. Samarqand 
shahridan 27 km janubi-g‘arbda, Qoratovning tog‘ oldi hududida Saza- 
g‘on qishlog‘iga yaqinida joylashgan Sazag‘on I makoni so‘nggi mezolit 
davriga (mil. avv. VII ming yillik) oid madaniy qatlamli muhim yodgorlik 


53 
hisoblanadi. Makondan mikrolit, qirg‘ich sifatida ishlatilgan kichik tosh 
quroli, o‘q-yoy paykoni, qalamsifat va prizma shaklli nukleuslar, har xil 
uchrindilar, ushatgich, teshgich va kesuvchi qurollar topib o‘rganilgan. 
Bu yerning aholisi yarim yerto‘la uylar va chaylasimon kapalarda 
yashagan bo‘lsa kerak. Makonda o‘choq izlari ham saqlanib qolgan. 
Makondan tog‘ echkisi, qo‘y, jayra, bo‘ri, tulki va parranda suyaklari 
topilgan. Zarafshon tog‘ tizmasi yon bag‘irlarida mezolit davrining 
oxiriga oid Zamichatosh makoni va Qorakamar g‘or-makon o‘rganilgan. 
Qizilqum cho‘lida Chorbaqti vohasining (Gazli shahri yaqinida) 
mezolit, neolit davri jamoalariga oid 60 dan ortiq makonlar topilgan. 
Ulardan Chorbaqti 11, 23, 27, 41 makonlari mezolit davriga oid. Bu 
makonlardan topilgan tosh qurollari paraqali uchrindidan iborat plas- 
tinkasimon texnikaga asoslangan. Zarafshon vohasida yashagan aholining 
tirikchilik manbayining asosini ovchilik tashkil etgan. Termachilik xo‘jaligi 
qo‘shimcha oziqa manbayi hisoblangan. Mazkur hududlarda tarqalgan 
yodgorliklar alohida madaniyat sifatida ajratilmagan. Ular moddiy 
madaniyati, xususan, tosh qurollarining yasalish usuliga va xo‘jalik yuritish 
xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farq qilgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling