Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Mochay g‘or-makoni. Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ hududida 
mezolit davrining so‘nggi bosqichiga oid Mochay g‘or-makoni 
joylashgan. G‘or-makon ikkita madaniy qatlamga ega. Ulardan ko‘p 
sonli tosh qurollari, hayvon va odam suyaklari topib o‘rganilgan. 
Suyaklarining ko‘pchiligi tog‘ echkisi, arxar, qo‘y va echkilarga tegishli. 
Qisman cho‘chqa, it va qora mol suyaklari ham mavjud. G‘or-makonning 
yuqoridagi ikkinchi madaniy qatlamidan topilgan suyaklarni 
tadqiqotchi olimlar xonaki qo‘y va echkilarga tegishli bo‘lib, aholi bu 
davrda xonaki chorvachilikga asos solgan edi, deb hisoblaydilar. G‘or- 
makon sharoiti chorvachilik xo‘jaligini yuritish imkoniyatini bermaydi. 
Shuningdek, bu yerda mazkur xo‘jalik turining keyingi taraqqiyoti 
kuzatilmaydi. Mochaylik ibtidoiy jamoa a’zolari yovvoyi hayvonlarni 
ov qilib, tog‘ o‘simliklar va ularning mevalarini terib kun kechirganlar. 
Makondan topilgan odam suyaklariga ko‘ra bu yerda yevropeoid 
irqining Sharqiy O‘rta yer dengizi guruhiga mansub dolixokran – 
boshi uzun, yuzi qisqa aholi vakillar yashagan. 


54 
Janubiy Tojikistonning mezolit davri madaniyatlari. Bu 
yerdagi Kofirnahr, Vaxsh, Panj vodiylari, hatto Pomir tog‘ining baland 
qismida mezolit davriga oid 30 ga yaqin yodgorliklar aniqlangan. 
Ko‘pchilik yodgorliklarning madaniy qatlami buzilib ketgan. 
Mezolit davriga oid Tutqovul III, Chilchorchashma, Darayi Sho‘r, 
Quyibulyon, Obikiyik, Oshxona, Alichur va boshqalar yodgorliklar 
yaxshi o‘rganilgan. Bu yerning mezolit davri madaniyatlari tekislik 
va tog‘oldi hududidan iborat ikki yo‘nalishda faoliyat yuritib, mil. 
avv. XIVII ming yilliklar bilan sanalanadi. Janubiy Tojikiston 
hududida joylashgan barcha yodgorliklarni V.A.Ranov turli davr va 
madaniyatdan iborat to‘rta arxeologik majmuaga ajratgan. 
Birinchi majmua shartli ravishda Tutqovul madaniyati (mil. avv. XI/ 
X-VIII ming yilliklar) nomi bilan yuritiladi. Bu madaniyatga Tutqovul 
3, Chilchorchashma va boshqa yodgorliklar oid. Ikkinchi majmua 
hisoblangan Vaxsh madaniyatiga (mil. avv. VIIIVII ming yilliklar) 
Darayi sho‘r, Tutqovulning ikkinchi madaniy qatlami taalluqli. Bu 
madaniyat neolit davri Hisor madaniyatining shakllanishida muhim 
o‘rin tutgan. Obikiyik nomi bilan yuritilgan uchinchi majmua (mil. avv. 
VIIIVII ming yilliklar) Quyi Bulyon va Obi Kiyik yodgorliklarida aks 
etgan. To‘rtinchi, Shugnov majmuasi (mil. avv. X ming yillik yoki XI 
ming yillik ham bo‘lishi mumkin) shu nomdagi makonining madaniy 
qatlami moddiy topilmalarida o‘z aksini topgan. 
Janubiy Tojikistonning mezolit davriga oid mazkur madaniyatlari 
(majmualari) xo‘jaligi va moddiy madaniyati, xususan, tosh 
qurollarining ishlanish usuliga ko‘ra umumiy va o‘ziga xos jihatiga 
egaligi bilan ajralib turadi. 
Bu madaniyat egalari ovchilik, baliqchilik va termachilik kabi 
o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli bilan kun kechirishgan. Asosiy ov 
quroli nayza va o‘q-yoy hisoblangan. Baliqchilikda ishlatilgan qurol 
namunalari topib o‘rganilmagan bo‘lsa-da, asosiy ov quroli garpun 
bo‘lganligini taxmin qilish mumkin. 
Janubiy Tojikistonning mezolit davri tosh qurollarining yasalish 
usuliga ko‘ra Shimoliy Afg‘oniston, Falastin, Suriya va Old Osiyoning 
ayrim joylaridan topilgan qurollar o‘xshash jihatlari mavjud bo‘lib, bu 
holatni tadqiqotchilar ushbu hududlar o‘rtasida genetik aloqadorlik 
bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. 


55 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling