Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Ibtidoiy davr tasviriy san’ati


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Ibtidoiy davr tasviriy san’ati. Tasviriy san’at insoniyat tafak- 
kurining mahsuli. U kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichida, 
ya’ni ongli odamlar paydo bo‘lgan davrda shakllangan. Aql-idrokli 
odamlar tafakkurining o‘sib borishi, insoniyat moddiy olamni va 
ongidan tashqaridagi hodisalarni tasvirlashga harakat qilgan. San’atning 
ilk namunasi qoya toshlarga chizilgan tasvirlar va haykalchalardir. 
1. Bizon. Altamir(Ispaniya) 2. Buqa. Altamir(ispaniya) 3. Bug‘u. Fon-de-Gom(Fransiya) 
4. Bizon. Fon-de-Gom(Fransiya) 5. Bo‘ri. Fon-de-Gom(Fransiya) 6. Ot. Nio (Fransiya) 
7. Bug‘u. Nio (Fransiya) 8. Mamontlar va otlar. Kapova g‘ori. Ural(Rossiya) 


44 
Paleolit davriga oid dastlabki qoya tosh tasvirlari XIX asrning oxirgi 
choragida (1879-yil) Ispaniyadagi Altamir g‘orida M.Sautol tomonidan 
aniqlagan. O‘tgan asrning boshida (1901) E.Kartalyak va A.Breyl Altamir 
g‘ori shifti va devorlariga chizilgan 150 ta hayvon tasvirlarini o‘rgangan. 
Fransiyadagi Le Kombarell g‘origa chizilgan mamont, bizon, bug‘u, 
ot va ayiqlarning 300 ta rasmlari paleolit davri tasviriy san’atining 
noyob namunasidir. Hayvonlar orasida qisman odamlarning tasviri 
ham uchraydi. Ularning aksariyati niqob kiygan holatda chizilgan. 
Zoolog olim A.V.Ryumin Ural tog‘idagi Kapova (Rossiya) g‘orida 1959- 
yili mamont, ot va karkidonlar chizilgan tasvirlarni o‘rgangan. Qattiq jinsli 
tosh sinig‘i bilan uyib chizilgan tasvirlar ustidan qizil rangli bo‘yoq berib 
ishlangan. Ularning dastlabki namunasi mil. avv. 30 ming yillikka oid. 
Paleolit davri san’atining boshqa bir turi haykalchalar hisoblanadi. 
Ularning antoropomof va zoomorf shaklida yasalgan nusxasi mavjud. 
Haykalchalar kiyimsiz yoki qisman kiyim-boshi bilan tasvirlangan. 
Haykalchalarning o‘lchami 12-15 sm dan iborat bo‘lib, ohaktosh 
yoki mergel – ohakgil kabi yumshoq tosh navlari va qisman hayvon 
So‘nggi paleolit davri haykalchalari 


45 
suyagidan ishlangan. Ulardan “paleolit zuhrosi” nomi bilan mashhur 
bo‘lgan ayol shaklli haykalchalar keng tarqalgan. Bunday haykal- 
chalarning namunalari Avdeevo, Verteshselesh, Kostenki, Villendorf, 
Malta, Gagarino kabi yodgorliklardan topib o‘rganilgan. 
Haykalchalarning eng qadimgi namunalari so‘nggi paleolit 
davrining ilk bosqichiga, ko‘pchilik qismi esa o‘rtalariga oid. Ayol 
tasviri mujassam etgan haykalchalar tana a’zosining ayrim qismlari 
nisbatan kattalashtirib ishlangan. Mutaxassis olimlarning fikriga 
qaraganda, bunday haykalchalar ayol kultini aks ettirgan. 
Hayvonlarning suyagidan yasalgan turli xil bezaklar, xususan, ularning 
tishidan yasalgan taqinchoqlar so‘nggi paleolit davri amaliy san’atining 
muhim namunasi hisoblanadi. So‘nggi paleolit davri tasviriy san’atida 
qadimgi odamlarning ijtimoiy hayoti va xo‘jalik faoliyati aks etib, ularning 
ongidan tashqaridagi dunyoqarash tushunchalari namoyon bo‘ladi. 
So‘nggi paleolit davrida odamlari ongida shakllangan tabiat sirlarini 
ilohiylashtirish, jon va ruh tushunchalari, ularning in’ikosi sifatida 
animizm, totemizm, fetishizm va magiya kabi dastlabki ibtidoiy diniy 
qarashlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. 
So‘nggi paleolit davrda jamiyatning dastlabki ijtimoiy tashkiloti 
– urug‘chilik tuzimi shakllanadi. Urug‘chilik tuzimining ilk bosqichi 
ona urug‘iga asoslangan edi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling