Milliy axborot resurslari bilan ishlash
Bibliografik ko‘rsatkichlar
Download 32.29 Kb.
|
Milliy axborot resurslari bilan ishlash-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografik ro‘yxat
Bibliografik ko‘rsatkichlar — murakkab tuzilishga va ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng, atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag‘ishlangan hujjatlarni, boshqa materiallar haqidagi ma’lumotni aks ettiradi. Ko‘rsatkichlar bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bo‘limlardagi bibliografik yozuvlar ma’lumi bir tartibda joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar o‘ziga xos ma’lumot-qidiruv apparatiga ega: kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar. Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar, nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari, bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari, biobibliografik ko‘rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element xarakterlidir: biografik ma’lumot, muallif asarlarining va asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ro‘yxati. Ko‘rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy asarlar sarlavhalarining ko‘rsatkichlari.
Bibliografik ro‘yxat — oddiy tuzilishga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanma. U qoidaga ko‘ra tor mavzu yoki muammoga oid, hajmiga ko‘ra uncha katta bo‘lmagan, tuzilishiga ko‘ra soddaroq materiallarning bibliografik yozuvlariga, ya’ni ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lmagan qo‘llanma. Ulardan ko‘p qo‘llaniladigani kitobxonlarga eslatmalar, kitob ichi, jurnal ichi, maqolaga berilgan, gazeta ichida berilgan ro‘yxatlar. Kitob ichi bibliografik ro‘yxatlar bir mavzuga oid ilova qilingan mustaqil ro‘yxat. Masalan, ilmiy asarlarda muallifning asarlari ro‘yxati, o‘quv va ishlab chiqarishga oid adabiyotlarda shu mavzuga oid boshqa mualliflarning asarlari ro‘yxati, kitoblarda mavzuga oid foydalanilgan, fikrlar olingan, esga olingan adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Matn ichida adabiyotlarga yo‘llanma (ssilka) ham beriladi, bular sahifaning pastida asosiy matndan so‘ng yoki bo‘lim va boblar oxirida ham beriladi. Jurnal ichi bibliografik ro‘yxatlari mustaqil material sifatida jurnalda nashr etiladi. Ko‘pgina jurnallarda alohida maxsus sahifalarda yangi adabiyotlar, taqrizlar, yil davomida jurnal sahifalarida nashr qilingan maqolalar ro‘yxati nashr etiladi. Masalan, „Sharq yulduzi“, „Tafakkur“, „O‘zbek tili va adabiyoti“, „O‘zbekiston matbuoti“ jurnallari oxirgi sonida yil davomida nashr qilingan maqolalar yo‘nalishiga ko‘ra yoki xronologik tartibda beriladi. „Adabiy meros“ to‘plami esa 10 yil davomida to‘plamda nashr qilingan maqolalarning muammo yoki masalalarga sistemalashtirgan holda ro‘yxatini berib boradi. „Biblioteka“, „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“, „Ìèð áèáëèîãðàôèè“ jurnallarida ham maxsus sohaga oid yangi adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi. Ilmiy va ilmiyommabop jurnallarda, ilmiy to‘plamlarda nashr etilgan maqolalar so‘ngida mavzu bo‘yicha foydalanilgan, eslatib o‘tilgan yoki bosmadan chiqqan yangi nashrlar haqida ro‘yxat ilova qilinadi. Bular maqolaga berilgan ro‘yxatlar deb yuritiladi. Gazeta ichi ro‘yxatlari gazetadagi mustaqil adabiyotlar ro‘yxatidir. Respublika, viloyat gazetalarida „Yangi kitoblar“, „Kitoblar orasida“, „Kitoblar olamida“, „Kitob tokchasi yonida“ kabi sarlavhalar ostida adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi. Download 32.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling