Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


QIRQ MING OTLIQDAN IBORAT


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

QIRQ MING OTLIQDAN IBORAT 

O‘N TO‘RTTA ZAFARLI SIPOH FAVJLARINI 

SAFGA TIZISH TUZUKI 

 

Amr  etdimki,  agar  g‘anim  lashkari  o‘n  ikki  ming  otlikdan  ortiq  bo‘lsayu,  lekin  qirq  mingga yetmasa, 



(lashkarimga) baxtiyor o‘g‘illarimdan biri sardor bo‘lsin. Ikki beglarbegi qo‘shunot, tumanot va ulusot amirlari hamda 

qirq  ming  otlikdan  kam  bo‘lmagan  sipoh  bilan  uning  xizmatida  hozir  tursinlar.  Zafarli  sipoh  favjlari,  tadbirkorlik, 

mardlik va mardonalikni qo‘ldan bermasliklari uchun, meni doim maydonda hozir deb bilsinlar. 

Amr etdimki, mening zafaru baxt keltiruvchi chodirimni (lashkar) boshiga olib chiqishgach, o‘n ikkita sipohiy favj 

tayinlasinlar, ularning har biriga ulusot amirlaridan biri favj amiri etib belgilansin. U men tuzgan saf tizish, (g‘anim) 

294


 Matnda «orizi lashkar». 

295


 Matnda «turktoz» atamasi qo‘llangan. 

296


 Yasol–qo‘shin safi. Yasol tuzish–qo‘shinni yurish, ko‘rik yoki jang oldidan safga tizish. 

 

                                                 




sipohi favjlari safini buzish, jang maydoniga kirish va chiqish yo‘llari haqidagi o‘n ikki tuzukni doim nazarda tutishi 

lozim. 


Sardor  ulkim,  g‘anim  sipohi  sarkardalarining  sonini  hisoblab,  ularga  teng  keladigan  lashkar  boshliqlarini 

tayinlaydi. U g‘anim sipohining jangda ko‘proq o‘qchilarnimi, qilich chopuvchilarnimi yoki nayzadorlarni maydonga 

tushirishini  nazarda  tutsin.  G‘anim  sipohining  raftorini  ko‘rsinkim,  sipoh  favjlarini  uzluksiz,  ohista-ohista  jang 

maydoniga  yuboradilarmi  yoki  hammasini  birdaniga  hujumga  tashlaydilarmi  (buni  yaxshi  bilsin).  Jang  maydoniga 

kirish  va  chiqish  yo‘llarini  ham  mulohaza  qilib  ko‘rsin.  Dushman  qay  tarzda  jang  qilishini  anglab  olsin.  Gohida 

g‘anim o‘zini kamsonli yoki qochayotgandek qilib ko‘rsatadi. Shunday paytda, ularning makr-hiylalariga uchmasin va 

o‘zini qochayotgandek qilib ko‘rsatishiga aldanib qolmasin. 

Jang  ko‘rgan,  tajribali  sardor  ulkim,  u  urushning  barcha  jumboqlaridan  xabardor,  qaysi  sipoh  favjini  jangga 

tashlab, qaysi chigalni qanday chora-tadbir bilan tuzatish va qay usulda jang qilish kerakligini bilishi lozim. Tajribali 

sardor  g‘animning  niyati  va  rejalarini,  uning  qay  usulni  qo‘llab jangga  kirmoqchiligini  seza  bilishi  va  dushmanning 

o‘sha tadbirni qo‘llashiga to‘sqinlik qila olishi kerak. 

Chin  sardor  ulkim,  qirq  ming  otliq  sipohdan  ushbu  tartibda  o‘n  to‘rtta  sipohiy  favj  tuza  oladi.  Avval  o‘ziga 

qarashli  saflarni  tuzib,  uni  qo‘l  deb  nomlasin.  So‘ngra  barong‘orning  uch  favjini  tuzib,  ulardan  birini  barong‘or 

hirovuli  deb  atasin.  Yana  javong‘orning  uch  sipohiy  favjini  tuzib,  ulardan  biriga  javong‘or  hirovuli  deb  ot  qo‘ysin. 

Shu tarzda barong‘or favjlarining oldiga yana uch sipohiy favj qo‘yib, ularni chopovul deb nomlasin. Shu uch favjdan 

birini esa chopovul hirovuli deb atasin. Shu tartibda yana uch sipohiy favj tuzib, ularni javong‘or favjlarining oldiga 

qo‘yib, uni shiqovul deb nomlasin. Bu uch favjdan birini esa shiqovulning hirovuli etib tayinlasin. Shundan so‘ng qo‘l 

qarshisida  sinalgan,  taj-ribali  o‘qchilar,  qilichbozlar,  nayzadorlar  va  bahodirlardan  iborat  katta  hirovul  tuzsinlar. 

Chunki hirovulning aynan shu favjlari qattiq suron solib yovni sindiradi. 

Haqiqiy  sardor  ulkim,  g‘anim  lashkarining  raftorini  kuzatib  boradi  va  amirlardan  qay  biri  buyruqsiz  yurish 

boshlab,  boshqalardan  ilgarilab  ketsa,  unga  tanbehini  beradi.  Chin  sardor  dushmanning  qay  tarzda  jangga  kirishi  va 

chiqishini  nazaridan  qochirmasin,  toki  g‘animning  o‘zi  urush  boshlamaguncha  jangga  kirishga  oshiqmasin.  YOv 

jangga kirganidan so‘ng, sardor ularning jang qilish usulini ko‘rib o‘rgansin, jang maydoniga qay tartibda kiradilar va 

chiqadilar, unga nisbatan qanday hujum etadilar, hamla qilgach, ortlariga qaytadilarmi yoki vaqti bilan qochib, (keyin 

yana)  fursat  poylab  qaytadan  jangga  kiradilarmi, (bularni  kuzatib  tursin).  Yana  sardorga  lozimdirki, (qattiq  zarba 

yemay  turib)  yengilgandek  qocha  boshlagan  yov  ketidan  quvmasin,  chunki  ularning  ortlarida  kuchli  yordamchi 

qo‘shinlar turgan bo‘ladi. Sardor shuni ham bilsinki, g‘anim lashkari bor kuchi bilan bir katta to‘pdek bo‘lib hujum 

qiladimi  yoki  o‘ngu  so‘l  qanotini  yozib,  urush  olib  boradimi?!  Sardor  avval  ularga  qarshi  katta  hirovul  favjlarini 

ro‘baro‘ qilishi va jangga tashlashi kerak. Uning ortidan katta hirovulga madad tariqasida ketma-ket chopovul hirovuli 

va  shiqovul  hirovulini  jangga  kirgizishi  kerak.  Ularning  orqasidan  esa  chopovulning  birinchi  favji  va  shiqovulning 

ikkinchi  favjini  jangga  tashlasin.  Ularning  ketidan  esa  chopovulning  ikkinchi  favji  va  shiqovulning  birinchi  favjini 

jangga  tashlasin.  Agar  g‘animga yetkazilgan  ushbu yetti  zarbadan  keyin  ham  g‘alabaga  erishilmasa,  u  vaqtda 

barong‘or  va  javong‘orning  hirovullarini  jangga  kiritsin, (bu  bilan)  g‘animga  to‘qqiz  zarba  beriladi.  Agar  to‘qqiz 

zarbadan  keyin  ham  fathu  zafar  muyassar  bo‘lmasa,  barong‘orning  birinchi  favji  va  javong‘orning  ikkinchi  favjini 

urushga  solsin.  Agar  shu  o‘n  bir  zarbadan  keyin  ham  g‘alabaning  daragi  kelmasa,  barong‘orning  ikkinchi  favji  va 

javong‘orning birinchi favjini jangga tashlasin. Shu o‘n uch zarbadan keyin yov yengilib, g‘alaba qo‘lga kiritiladi, deb 

umid qilsin. Mabodo bu o‘n uch zarba bilan ham fathu zafar hosil bo‘lmasa, u holda, qo‘l sipohiy favjlarini urushga 

shaylab,  o‘zi  ham  ular  bilan  jangga  kirsin  va  dushman  ko‘ziga  o‘zini  tog‘dek  ko‘rsatib  asta-sekin,  uyushgan  holda 

harakat qilsin. Urush bahodirlariga buyursinkim, qilichlarini yalang‘ochlab hujumga otilsinlar. O‘qchilar esa vizillatib 

yoylardan qalin o‘q yog‘dirsinlar. Shunda ham fathu zafarga erishilmasa, sardorning o‘zi jang maydoniga tushsin va 

mening (madad kuchlarim) va buyruqlarimni kutsin.

 

 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling