Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

LASHKARIMNI ITGIFOQQA 

KELTIRISH UCHUN QILGAN O‘N IKKINCHI 

KENGASHIM 

 

Amir  Jaku,  Iygu  Temur,  amir  Sulaymon,  amir  Jaloliddinlarni  xilvatroq yerga  chorladim  va  ular  bilan  kelishib, 



o‘zimga yanada yaqin tutdim, «Davlatimga sherik bo‘lasizlar», dedim. Bu bilan (ularning dilida) o‘zlariga ishonch va 

menga  xizmat  qilish  uchun  qat’iyat  tuyg‘ularini  uyg‘otdim.  Shunga  o‘xshash,  men  bilan  ittifoqi  buzilgan  toifadagi 

boshqa amirlarni ham birma-bir xoli joyga chorlab, har qaysisi bilan alohida gaplashdim. Bulardan mol-dunyoga hirs 

qo‘ygan  ochko‘z  va  tamagirlariga  mol-ashyo  va’da  qildim,  mansab-martabaga,  mamlakatlarni  boshqarishga  ko‘z 

tikkan amalparastlarga qo‘lga kiritgan mamlakatlar, viloyatlardan birining hokimligini berdim. 

Ularning  hammasini  umid  va  qo‘rqinch  orasida  saqladim.  Har  biriga  bittadan  noib  va  kutvol

75

  tayinladim. 



Qolgan sipohiylarni ham yemak-ichmak, kiyim-kechak umidi, shirin so‘z, ochiq yuz bilan o‘zimga rom etdim. Bir 

xizmatini o‘n barobar qilib taqdirlab, dillarini xushnud ayladim. Natijada meni qo‘llab-quvvatlaganlar ham, teskari 

bo‘lgan  munofikdar  ham  barchasi  atrofimda  birlashdi.  Har  ishda  birlik-ittifoqliqni  mahkam  tutishga,  amrimdan 

chiqmaslikka va’da berib, men uchun mol-jonlarini ayamay, maydonda jonbozlik ko‘rsatishga ahd qildilar. 

Lashkardan ko‘nglim tinchigach, Ilyos Xojaga qarshi jangga hozirlik ko‘ra boshladim. Uni daf etish va (u bilan) 

qay yo‘sinda urush olib borishim haqida kengashdim, g‘animlar xabar topib ulgurmasdan, chapdastlik bilan ularning 

ustiga qo‘qqisdan bosqin qilishga qaror berdim. Bu xususda Kur’oni majiddan fol ochib qarasam, ushbu oyati karima 

chiqdi: «qanchadan-qancha kichkina guruhlar Ollohning izni bilan katta guruhlar ustidan g‘alaba qozongan»

76



Ushbu bashoratni topganimdan keyin lashkarimni tartibga keltirdim. Uni yetti favjga bo‘lib, yo‘lga tushdim. Tong 



yorisha boshlaganda (Ilyos Xojaning) hirovuli bo‘lmish Tug‘luq Sulduz va Kayxusravga yetishdim. Ikki hamla bilan 

ularni yengdim va (ularni) Ilyos Xoja joylashgan Puli sangingacha quvib bordim. Oqshom tushgach, yetgan yerimizda 

to‘xtadik.  Jang  maydoni  sovib  qolmasdan,  qizig‘ida  Ilyos  Xojaning  qariyb  o‘ttiz  minglik  lashkari  ustiga  to‘satdan 

bosqin  qilishga  qaror  qildim.  Bordiyu  (yurishni)  to‘xtatsam  va  biron  korhol  yuz  bersa,  uning  ilojini  topish  uchun 

(o‘zgalarning) ko‘magiga muhtoj bo‘lib qolishim mumkinligi to‘g‘risida o‘y surdim. Orqadan amir Xusayn (lashkari 

bilan)  meni  qo‘llab-quvvatlab  kelayotgan  edi,  biroq  men  o‘zimni  uning  yordamiga  muhtoj  bo‘lib  qolish  darajasiga 

yetkazmadim. To‘g‘ri chorayu tadbir ishlatib, Ilyos Xoja lashkarini yengdim. 

 

 

72

 Dashti ko‘lank–Xuttalon yaqinidagi mavze. 



73

 Xalotiy–aslida hul’atu bo‘lsa kerak. hisor viloyatiga qarashli mavze. 

74

 Puli sangin–lug‘aviy ma’nosi «tosh ko‘prik», hisor vodiysida Surxob daryosining irmog‘i Obi hingou daryosida qurilgan. 



75

 Kutvol–qal’a boshlig‘i. 

76

 Qur’oni karim, Baqara surasi, 249-oyat. 



                                                 



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling