Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
TURONZAMINNI MO‘G‘ULLAR TOIFASI
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
TURONZAMINNI MO‘G‘ULLAR TOIFASI
QOLDIQLARIDAN TOZALASH UCHUN QILGAN KENGASHIM
Jeta va Ilyos Xoja lashkarini Movarounnahrdan quvib, Xo‘jand daryosining narigi qirg‘og‘iga o‘tkazib yuborgan bo‘lsam ham, mo‘g‘ullarning ba’zi favjlari Movarounnahr qal’alarida mustahkam joylashib olgan edilar. Avvaliga ularni bostirish uchun lashkarim qismlarini yubormoqchi bo‘ldim, biroq mabodo bu ish cho‘zilib ketsachi, degan fikr meni tashvishga soldi. Shu orada menga mo‘g‘ullar qal’alarga yashirinib olganlari haqida xabar keltirdilar. Lashkar qismlarini u yerga yuborish to‘g‘ri bo‘lmas, deb (boshqa) chora izlay boshladim. So‘ngra Ilyos Xoja nomidan qal’adagilarga qarata yorlig‘ yozib, urushsiz topshirishlarini buyurdim. Yorliqni bir mo‘g‘ul qo‘liga tutqazib, unga hamroh qilib lashkarimning bir qismini jo‘natdim. Askarlarimga chang-to‘zon ko‘tarib, o‘zlarini g‘animga ko‘pday qilib ko‘rsatishni buyurdim. Ilyos Xojaning talabi yozilgan yorlig‘ g‘animlar qo‘liga tegib, lashkarlarim ko‘targan chang- to‘zonni ko‘rishgach, tun qorong‘usida qal’alarni tashlab qochdilar. Xullas, Movarounnahr tuprog‘i meni o‘ldirishga qasd qilgan o‘sha zolimlardan tozalandi va mamlakat tamoman mening qo‘limga o‘tdi. Qarindoshlik hurmati uchun Balx bilan hisori Shodmon viloyatlarini amir Xusaynga tortiq etdim. U esa bu ehsonu muruvvatimni nazariga ilmay, meni mahv etishga qasd qildi. Men ham o‘z-o‘zim bilan kengashib, amir Xusaynni o‘rtadan ko‘tarishga qaror berdim. Amir Husayn men qo‘lga kiritgan g‘alaba va yutuqlarimni ko‘rolmay, hasad ichini kemirib, menga va haramimdagi o‘z singlisiga ko‘p ozor berdi 94 . U Movarounnahrni mendan tortib olishga, meni (esa) o‘ldirib, taxtga o‘zi o‘tirishga bel bog‘lagan edi. O‘rtamizda necha bor urushlar bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, barchasida yengildi
95 . Uning adolatsizligi, insof-sizligi haddidan oshgan, meni yengish va o‘ldirishiga oz qolgan vaqtlar ham bo‘ldi. Aynan shu vaqtda qo‘rsligi, yomon yo‘l tutishi tufayli amirlari undan yuz o‘girdilar. Xuttalon hokimi amir Kayxusravning inisini sababsiz qatl ettirdi. Oqibatda, amir Kayxusrav ham Xuttalonda unga dushman bo‘lib qoldi. Amirlari (anchadan beri) undan norozi bo‘lib, adovat sakdar edilar, u esa ularni o‘z tarafdori deb bilardi. Shu sababli yana meni tor-mor keltirib, mahv etish qasdida qarorgohini Balx chekkasidagi bir joyga ko‘chirdi 96 . Bu xabarni eshitishim bilan amir Husayn harakatga kelmasdan burun, ustiga bostirib borishga qaror qildim. Bor lashkarim bilan Balx sari yuzlandim. Yo‘lda har yokdan zafarli lashkar favjlari kelib menga qo‘shildilar va Balx atrofiga borib tushdim. Amir Husayn qarshi chiqib, men bilan jang qildi. Oxiri qochib qal’aga kirib oldi. So‘ngra boshiga nima kelgan bo‘lsa, o‘z qilmishi tufayli ko‘rgiligini ko‘rdi 97 .
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling