MENGA HAR TURLI YOMONLIKLAR
QILIB CHO‘CHIB YURGAN VA QILMISHLARI
UCHUN «MENI O‘LDIRADI» DEB VAHIMADA
YURGANLARNI O‘ZIMGA EL QILIB
OLISH BOBIDAGI KENGASHIM
Amir Husayn menga asir tushgandan keyin, uning navkarlari va amirlari «Endi bizni o‘ldiradi», deb gumon qilgan
edilar. Avvaliga niyatim shundoq edi, keyinroq, «Axir bular askarlar-ku?» deb barchalarini afv etdim va yana
askarlikka tayinladim.
Badaxshonda hokim bo‘lib turgan ularning bosh amiri ko‘p martaba jangda men bilan yuzma-yuz kelib, kdlich
chopishgan kishi edi. Amir Husayn qatl etilganini
98
eshitgach, mening qahrimdan qo‘rqib, o‘zini sergak tutdi va
bordiyu uni tutish uchun qo‘shin yuborsam, to‘g‘ri ish qilmagan bo‘lur edim. (Shuning uchun) o‘zimni uni unutgan
kishidek tutdim va (uning borasida) ushbu tadbirni qo‘lladim: majlislarda, yig‘in-o‘tirishlarda uni yaxshi so‘zlar bilan
yod etib, mardligi va bahodirligini maqtadim, toki do‘stlari: «Amir (Temur) senga nisbatan marhamat va inoyat
maqomida turibdi», deb unga xat yozdilar. U zorlanib menga maktub yubordi va inoyatu marhamatimdan umidvor
bo‘lib, panohimga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |