94
1365 yilda amir Husayn Samarqandda Amir Temurga yaqin bir necha beklarni isyon ko‘tarishda ayblab, ularga katta jarima soladi. Amir
Temur bisotidagi bor oltin va javohirlarni, shuningdek, xotini Uljay Turkon oqaning qimmatbaho taqinchoqlarini ham qo‘shib, tovonga to‘laydi.
95
1366–1370 yillar davomida Amir Temur va amir Husayn o‘rtasida muttasil ravishda o‘zaro urushlar bo‘lib turgan.
96
Bu yerda so‘z amir Husayn tiklagan Balxdagi hinduvon hisori haqida borayotir.
97
Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylar o‘z «Zafarnoma»larida amir Husaynning ochiq jangdan qochib ichkari qal’aga
yashiringani, 1370 yil aprelda qo‘lga olingani va o‘ldirilgani voqea-sini batafsil bayon etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |