Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
SALTANATIMGA RIVOJ BERISH UCHUN QILGAN O‘N BIRINCHI KENGASHIM
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
SALTANATIMGA RIVOJ BERISH UCHUN QILGAN O‘N BIRINCHI KENGASHIM
Badaxshon shohlari mening itoatimga kirgach, Xuttalonga 71 qarab yurdim. Bu mamlakatga kelsam, qaynog‘am amir Husaynning qo‘rsligidan Po‘lod Bug‘a va Sher Bahrom undan ajralib, o‘z ulusiga ketib qolishgan ekanlar. 64 Qaxushqa qal’asi (Darbandi Ohanin)–Boysundan (Surxon-daryo viloyati) g‘arbda Sarimas tizmasidagi tor dara, forscha «Dar-bandi Ohanin» (Temir darvoza), qadimgi turkiy tilda: «Temir qapug‘» («qapug‘»–darvoza), arabcha «Bob ul-hadid» (Temir darvoza), mo‘g‘ulcha «qahlaqa» deyilgan. 65 Olachuq–shu nomli sholcha turidan yasalgan kapa yoki chodir. 66 Xulm–Afg‘onistonning shimoliy qismidagi shahar; hozir shu nomdagi shaharcha, shimol-janub va sharq-g‘arb yo‘nalishidagi xalqaro savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan. 67 Amir qazag‘an (1346–1358)–Chig‘atoy ulusining qudratli amiri, 1346 yili qarshi yaqinida bo‘lgan jangda qazanxonni yengib, hokimiyatni qo‘lga olgan. 1358 yili fitna qurboni bo‘lib, ov pay-tida o‘ldirilgan. 68 Qunduz–Afg‘onistonning shimoliy qismida joylashgan qadimgi shahar (qadimgi nomi Valvolij), ma’muriy-siyosiy markaz. hozir shu nomdagi shaharcha. 69 Burulday–bu yerda jaloyir qabilasiga qarashli el haqida so‘z yuritilmoqda. 70 Talliqon (Tayxon)–hozirgi Afg‘onistonning shimolidagi qa-dimgi shahar. O‘tmishda Toxariston davlatining poytaxti. O‘rta asr-larda yana ikkita Talliqon mavjud bo‘lgan: ulardan biri–hirotdan g‘arbrokda, ikkinchisi–Kaspiydan janubi-g‘arbda joylashgan edi. 71 Xuttalon–Panj daryosining o‘ng sohilidagi viloyat, hozir Tojikistonning Xatlon viloyati. Nomi qadimgi arab va fors man-balarida Xuttal yoki Xuttalon shakllarida yozilgan.
Bu yerdan ko‘chib, Dashti ko‘lank 72 jilgasiga borib tushdim, (u yerdan) Jeta va Ilyos Xoja lashkarlari ahvolini bilib kelish uchun ayg‘oqchilar jo‘natdim. Ular o‘n kundan keyin xabar keltirdilarkim, Jeta amirlari: birinchisi–Kuch Temur Bekkichik o‘g‘li, ikkinchisi–Temur No‘bkon, uchinchisi Sariq bahodir, to‘rtinchisi–Shingum, beshinchisi– hojibekning inisi Tug‘luq Xoja yigirma ming otliq askar bilan Xalotiy 73 va Puli sangin 74 oralig‘ida turgan emishlar. Ular men turgan yer va lashkarim qay ahvolda ekanligini bilib kelish uchun oldimga elchi jo‘natdilar. (Elchini chalritish maqsadida) lashkarimni ikki marta qayta-qayta uning oldidan o‘tkaztirdim, so‘ng elchiga ruxsat berdim. (Keyin) kengashib, uning ortidan ketma-ket (qo‘shin tortib) borishga qaror qildim. Lekin lashkarim bu borada men bilan hamjihat bo‘lmadi. Lashkarimni atrofimga birlashtirmoq uchun ba’zilariga muruvvat, mehribonlik qildim; boshqalari bilan kelishishga intildim, yana bir guruhini esa molu dunyo bilan o‘zimga qaratib olmoqchi bo‘ldim. Yaxshi so‘z, ahdu paymon va va’dalar bilan qolganlarining ko‘ngliga tasalli berdim. Shu payt xabar keldikim, ilgari mening navkarlarim bo‘lgan Tug‘luq Sulduz va Kayxusrav Jetaning olti ming otliq askariga boshchilik qilib, mening ustimga kelmokda emishlar. Bu xabar lashkarim o‘rtasida tarqalgach, ularning ittifoqsizligi yanada kuchayib, sarosimaga tushib qoldilar. Lekin amir Jaku, Iygu Temur, amir Sulaymon va amir Jaloliddin mening yonimda qoldilar.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling