Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
SALTANATNI TIKLASH YO‘LIDAGI TO‘QQIZINCHI KENGASHIM
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
SALTANATNI TIKLASH YO‘LIDAGI TO‘QQIZINCHI KENGASHIM
Jeta lashkari amirlari ustidan g‘alaba qozonganimdan keyin, saltanat da’vosi bilan xuruj etganligim haqida Turonzaminda xabar tarqaldi. Shunda men adolat bilan hukmronlik qilishga azmu jazm etdim. Saltanatimni 57 Daragez (Darayigez)–Balxning janubiy tarafida, undan taxminan to‘rt farsah masofada, Balxob daryosi bo‘ylab joylashgan tog‘ darasi. 58 Amir Muso asli Toyjivut qabilasidan bo‘lgan. (–A. А.)
Hirovul – lashkarning ilg‘or qismi ketidan boruvchi bo‘linma lashkarning markaz, qanotlari oldida turuvchi old qo‘shinlar. 60 Shiqovul(shshovul)–lashkar qanotlarini qo‘rikdab turuvchi maxsus bo‘linma. (–A. А.) 61 Chopovul–harbiy yurishlar paytida va qamal janglari vaq-tida tevarak-atrofdagi qishlokdarga to‘satdan bosqin uyushtiruvchi harbiy qism. (–A. А.)
62 Javong‘or–lashkarning so‘l qanoti. 63 Barong‘or–lashkarning o‘ng qanoti. mustahkamlash uchun, to‘plagan xazinamdagi naqd pullar va (qimmatbaho) buyumlarni sipohga taqsimlab berishga va dastavval qahlaqa qal’asini 64 olishga qaror qildim. Lashkarga ozuqa berib, so‘ng ularni safga tizdim va Jayhun daryosi bo‘yiga kelib tushdim. Termiz kechuvidan o‘tib, qahlaqa qal’asi tarafiga qorovullar jo‘natdim. O‘zim Jayhun bo‘yida bir necha kun turdim va qorovullar olib keladigan xabarni sabrsizlik bilan kutdim. Mening kelganim haqidagi xabar Ilyos Xojaga yetgach, Bekkichikning inisi Alachun Bahodirni katta qo‘shin bilan ustimga yubordi. qorovullarim g‘aflat uyqusida qolgan ekanlar, ularning yonidan o‘tib, bildirmay, tun qorong‘usida to‘satdan ustimga hujum qilib keldilar. Qarorgohim uch tomoni suv bilan o‘ralgan yarim orolda joylashgandi. Yarim orol tashqarisida qurilgan bir necha chodir Jeta lashkari tomonidan talon-toroj qilindi. Omon qolgan askarlar yarim orolga ko‘chib o‘tdilar. Men bo‘lsam jangga shaylanib, tezlik bilan yarim orolning kirish qismiga bordim. Dushman mendan qo‘rqqani sababli urushga botinib kirolmadi. O‘n kungacha shu yarim orolda turdim. So‘ng u yerdan chiqib, suv bo‘ylarida olachuqlar 65 tiktirib, Jeta lashkarining qarshisida bir oy davomida kuzatib turdim. Oxiri g‘animni qo‘rquv bosib, orqasiga qaytib ketdi. Men suvdan o‘tib, ularning manziliga tushdim va dushman orqasidan ta’qib kdlish uchun bir favj askar jo‘natdim.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling