Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

XURUJ VAQTIDA QILGAN 

OLTINCHI KENGASHIM 

 

U  shundan  iboratki,  Garmsir  tasarrufimga  o‘tib,  yaralarim  tuzalgach,  Balx



50

  sarhadidagi  tog‘larda  turib,  o‘sha 

yerda qo‘shin to‘plab, Movarounnahr mulkini zabt etish uchun yurish qilmoqchi bo‘ldim. Kengash shunga to‘xtagach, 

bu yerdan  otlanib  chiqib (qarasam),  men  bilan faqat qirq  otliq  kishigina  qolgan  ekan.  Lekin  ularning  barisi  aslzoda, 

amirzoda,  nasli  pok  yigitlar  edi.  Shundayin  azamatlar  bu  og‘ir  kunlarda  nima  uchundir  mendek  oltinu  molsiz,  oziq-

ovqatsiz  bir  kishiga  hamroh  bo‘lib,  itoat  qilib  yurganlari  uchun  Tangri  taologa  shukrlar  aytdim.  O‘zimcha: «Olloh 

taoloning  men  bilan  qilarlik  ulug‘  ishlari  ko‘p  bo‘lsa  kerakkim,  o‘zim  kabi  yigitlarni  menga  bo‘ysundirmish»,–deb 

o‘yladim. 

(So‘ng)  Balx  tog‘lariga  qarab  yo‘lga  tushdim.  Ketayotganimizda  Yildirim  Krrachor  no‘yon  avlodidan  bo‘lmish 

Siddiq Barlosga duch keldim. Meni izlab sargardon bo‘lib yurgan ekan, o‘n besh otlig‘i bilan kelib menga qo‘shildi. 

Uning kelganini yaxshilikka yo‘ydim. O‘sha kunlari ov go‘shtlari bilan kun kechirmokda edik. 

Shu  zaylda  ilgarilab  borarkanmiz,  yirokdan tepa  ustida  bir  to‘p  kishining  qorasi  ko‘rindi.  Oldinga  yurganimiz 

sari  soatma-soat  ularning  soni  ham  ortib  bordi.  To‘xtadim. «Bular  kim  bo‘ldi  ekan?»–deb  ularning  oldiga 

qorovullar

51

  yubordim.  Ular  borib: «Amir  (Temur)ning  sobiq  navkari  qozonchi  bahodir  ekan  va  Jeta  lashkaridan 



yuz otliq bilan ajralib chiqib, shundan beri amirni izlab, sargardon bo‘lib yurgan emish»,–degan xabar olib keldilar. 

(Buni eshitib) yerga bosh qo‘yib Tangri taologa shukr qildim. Darhol qozonchini huzurimga olib kelish uchun odam 

45

 Hirmand–hozirgi Afg‘onistonning janubidagi hilmand daryosi. 

46

 Yurt–bu yerda qarorgoh ma’nosida. 



47

 Garmsir (forscha–issiq o‘lka)–Seyiston va Balujistonning tutash yerlari. (–A.

А.) 

48

 Seyiston–hozirgi Eronning janubi-sharqida va Afg‘onistonning janubi-g‘arbida joylashgan o‘lka. 1872 yili Eron va Afg‘oniston orasida 



bo‘lingan. Hilmand daryosigacha bo‘lgan qismi Eronga, undan sharqi Afg‘onistonga o‘tgan. 

49

 Bu jang 1362 yilda bo‘lgan. Unda Amir Temur o‘ng qo‘lining tirsagidan va o‘ng oyog‘idan kamon o‘qi bilan yaralangan. Keyinchalik 



buning natijasida oqsokdanadigan bo‘lib qolgan. 

50

 Balx – hozirgi shimoliy Afg‘onistonda, Mazori Sharif shahrining g‘arbidagi ko‘qna shahar. 



51

  Qorovul–xon o‘rdasini qo‘rikdovchi harbiy bo‘linma. Qo‘shinning markazi, qanotlari, ilg‘or va (o‘g‘ruqni) qo‘rikdab boruvchi yoki 

qo‘shinning oldida boruvchi xabarchi maxsus harbiy guruh. 

                                                 




yubordim.  U  kelgach,  tiz  urib  oyoqlarimni  o‘pdi.  Men  ham  uning  ko‘nglini  olib,  mandilimni  boshiga  qo‘ydim. 

So‘ng bu yerdan yurib Darayi Arsaf

52

 degan joyga kelib tushdim. 



Ertasiga  otlanib,  darani  aylana  boshladim.  Uning  o‘rtasida  bag‘oyat  xushhavo  bir  tepalik  bor  ekan,  o‘sha 

balandlikka  chiqdim.  Lashkarlar  ul  tepalikni  qurshab  joylashdilar.  O‘sha  kecha  juma  tuni  edi,  tong  otguncha 

(xudodan madad so‘rab)  uxlamay chiqdim. Tong otgach,  bomdod namozini o‘tadim,  so‘ng qo‘limni duoga ogan 

edim,  ko‘zlarim  yoshlanib,  yuragim  bo‘shashdi,  Tangri  taologa  yolvorib,  meni  bu  sarsonlikdan  qutqarishini 

tiladim.  Duo  tamom  bo‘lganicha  ham  yo‘q  ediki,  uzoqdan  bir  to‘p  odam  ko‘rindi.  Ular  tepalikni  yonlab  o‘tib 

ketmokda  edilar.  Otlanib,  ularning  kimligini  bilish  maqsadida  orqalaridan  bordim. (qarasam)  hammasi  bo‘lib 

yetmish otliq ekan. Ulardan so‘radim: 

–Bahodirlar, kim bo‘lasizlar? Ular javob qildilar: 

–Amir Temurning navkarlarimiz. Uni izlab topolmay, kezib yuribmiz. 

Men dedim: 

–Men ham amirning navkarlaridan biridurmen. Yuringiz, sizlarni uning oldiga boshlab borayin. 

Ulardan  biri  otini  choptirib  borib  gapimni  o‘z  sardorlariga yetkazibdi, «Biz  Amir  Temurning  huzuriga  olib 

boradigan yo‘lboshlovchini topdik», debdi. 

Ular  otlarining  jilovini  burib,  meni  darhol  huzurlariga  keltirishni  buyurdilar.  Ular  uch  favj  ekanlar.  Birinchi 

favjning  sardori–Tug‘luq  Xoja  Barlos,  ikkinchisiniki–amir  Sayfiddin,  uchinchisiniki–Tutak  bahodir  ekan.  Meni 

tanigan zahotlari o‘zlaridan ketayozib, otdan tushdilar. Tiz urib, uzangimni o‘pdilar. Men ham otdan tushib, har biri 

bilan  quchoqlashib  ko‘rishdim.  Mandilimni  Tug‘luq  Xojaning  boshiga  qo‘ydim.  Juda  nozik  ishlangan,  oltin  bilan 

ziynatlangan kamarimni esa amir Sayfiddinning beliga bog‘ladim. Choponimni Tutak bahodirga kiydirdim. Ularning 

ko‘ngli  yumshab,  bag‘oyat  ta’sirlandilar.  Men  ham  qattiq  ta’sirlandim.  Paytida  jamoat  bilan  namozni  ado  etdik. 

So‘ngra  otlanib,  qarorgohga  borib tushdik,  majlis  qurib,  to‘y  berdik.  Ertasi  kuni  Sher  Bahrom

53

  ham  keldi. U  ilgari 



yoshlik  qilib,  mendan  ajrab,  Hindiston  zaminini  havas  qilib  ketib  qolgan  edi.  O‘z  qilmishidan  pushaymon 

bo‘lib,  mendan  kechirim  so‘radi.  Men  uni  quchog‘imga  oldim  va  uzrini  qabul  etdim.  Shu  qadar  unga  mehribonlik 

ko‘rsatdimki, u xijolatdan butunlay forig‘ bo‘ldi. 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling