Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
O‘Z SALTANATIMNI TUZISH YO‘LIDA
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
O‘Z SALTANATIMNI TUZISH YO‘LIDA
QILGAN UCHINCHI KENGASHIM
O‘sha vaqtda davlatimni tuzish yo‘lidagi urinishlarim qattiq qarshilikka uchrab, saltanatimning asosi kuchsizlana boshladi. Chunonchi, (shu payt) menga ergashgan yo‘ldoshlarim o‘n nafardan ortiq emas edi. Ulardan yettitasi otliq, uch kishi esa piyoda edilar. Boshqa men bilan hech kim qolmagandi. Muhtarama jufti halolim bo‘lmish amir Xusaynning 37
singlisini 38 o‘zimning otimga mindirib olgan edim. Shu alpozda Xorazm cho‘llarida bir necha kun sargardon bo‘lib yurdim. Kunlarning birida kech tushgach, qandaydir quduq boshiga kelib yetdim. O‘sha kechasi piyoda yurgan uch nafar xurosonlik bevafolik qilib, otlarimizni minib qochdilar. yetti kishi to‘rt ot bilan qoldik. Ahvolim juda og‘irlashdi. Lekin ko‘ngil to‘q edi. Bu ishni chakki qilgan ekanman deb hech o‘kinmas edim. So‘ngra bu yerdan ham ko‘chdim. Shu vaqt Alibek Joniqurboniy 39 yopirilib tepamga keldi. Meni hibsga olib, burgasi ko‘p bir qorong‘u uyga qamab qo‘ydi. Bir necha kishini meni qo‘riqlash uchun qoldirdi. Oltmish ikki kun tutqunlikda saqladi. Undan qutulish chorasini izlab, o‘z-o‘zim bilan kengashdim va Tangrining inoyati yetib bahodirligim tutdi. Bilaklarim kuchi bilan soqchilardan birining qo‘lidan qilichini tortib oldimda, ularga hamla qilgan edim, hammalari qochib qoldilar. So‘ngra to‘g‘ri Alibekning ustiga bostirib kirdim. Meni ko‘rgach, nomaqbul ishidan pushaymon bo‘lib, uzr so‘radi. Otlarimni, jabduqlarim va yaroqlarimni hozirlatib, menga bir oriq ot bilan bir qari tuya tortiq qilgan bo‘ldi. Og‘asi Muhammadbek menga atab yuborgan bir qancha sovg‘a-salomlarni esa ochko‘zlik qilib o‘ziga olib qoldi. So‘ng ketishimga ruxsat berdi. 33 Badaxshon–tog‘li o‘lka, Panj daryosining ikkala qirg‘og‘i, Amudaryoning boshlanish qismi, Ko‘kcha daryosi va uning irmokdari havzasini egallagan. Hindistonga dengiz yo‘li ochilguncha, Badaxshon tranzit markazi sifatida muhim edi, chunki uning hududida Xitoydan Hindiston, Eron va Yevropaga boradigan karvon yo‘llari kesishardi. hozir Badaxshon ikkiga bo‘lingan: shimoliy qismi Tojikiston hududida, markazi Xorog; janubiy qismi Afg‘onistonda. (–A. А.)
34 Bu yerda Shamsiddin Kulol nazarda tutilgan. 35 Xiroj–er solig‘i va umuman daromad solig‘i uchun qo‘llanilgan atama; ayrim hollarda daromadning uchdan bir yoki uchdan ikki qismini tashkil etgan; «mol» deb ham atalgan. 36 Xivaq–hozirgi Xiva shahri. 37 Amir Husayn ibn Musallo ibn amir Qazag‘an–Kobul, Balx, hisori Shodmon va Badaxshon viloyatlarining hukmdori. Avvaliga Amir Temurning qaynog‘asi va safdoshi, 1365 yildan keyin asosiy raqibi bo‘lgan. 1370 yil aprelida Amir Temur Balxni egallaganidan keyin o‘ldirilgan. (–A. А.) 38
Temurning qizi Sulton Baxt begim tug‘ilgan. 39 Alibek Joniqurboniy–Shimoliy Xurosonning nufuzli turkman beklaridan. Tavsiflanayotgan bu voqea 1362 yili yuz bergan. (–A.A.) Xorazm cho‘li tomon ravona bo‘ldim. O‘n ikki otliq atrofimga to‘plandi. Ikki kundan so‘ng bir manzilga yetib, qandaydir uyga tushdik. Shu orada bir guruh o‘sha yerlik turkmanlar paydo bo‘lib, «O‘g‘ri!»–deyishib bizga hujum qilmoqchi bo‘ldilar. Amir Husaynning singlisini bir uyga yashirib qo‘yib, o‘sha jamoaga qarshi otlandim, turkmanlar ichida hoji Muhammad degan odam meni tanib qoldi, «hoy, to‘xtanglar, bu Amir Temurku!» deb, ularni urushdan qaytardi. O‘zi esa tiz urib oldimga keldi. Men ham uning ko‘nglini ovlab, boshiga mandilimni 40 qo‘ydim. So‘ngra bu kishi o‘z og‘a-inilari bilan menga mulozim bo‘ldi.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling