Eramizdan taxmiman bir yarim, ikki ming yillar avval Hindistonga bizga noma’lum sabablarga ko’ra Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari bilan farq qiluvchi xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Yevropa tillariga o’xshash bo’lgan sanskrit tilida so’zlashar, o’zlarini oriylar, ya’ni aslzodalar deb atar edilar. Ular o’zlari bilan birga muqaddas bitiklari-yozuvlarini ham olib keldilar. U bitiklar sanskrit tilida “muqaddas bilim”, “muqaddas bashorat” degan ma’noni bildiruvchi “Vedalar” deb atalar edi. Bu so’z ayni mahalda “muqaddas kitob”, “oliy donishmandlik” degan ma’nolarga ham ega bo’lgan. - Eramizdan taxmiman bir yarim, ikki ming yillar avval Hindistonga bizga noma’lum sabablarga ko’ra Shimoldan yerlik aholidan tillari va ranglari bilan farq qiluvchi xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Yevropa tillariga o’xshash bo’lgan sanskrit tilida so’zlashar, o’zlarini oriylar, ya’ni aslzodalar deb atar edilar. Ular o’zlari bilan birga muqaddas bitiklari-yozuvlarini ham olib keldilar. U bitiklar sanskrit tilida “muqaddas bilim”, “muqaddas bashorat” degan ma’noni bildiruvchi “Vedalar” deb atalar edi. Bu so’z ayni mahalda “muqaddas kitob”, “oliy donishmandlik” degan ma’nolarga ham ega bo’lgan.
- Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir qancha kitoblar kirgan bo’lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy axborotlarni o’z ichiga olgan. Vedalarning boshqa muqaddas kitoblardan farqli tomoni shunda bo’lganki, ular nihoyasiga yetkazilmagan va oxiri ochiq-tamomlanmagan holda qolgan. Unga keyinchalik ruhoniylar tomonidan ham qo’shimchalar qo’shish imkoni bo’lgan. Shuning uchun keyinchalik bu yozuv-bitiklar juda ham kengayib ketdi. Ammo bu muqaddas bitiklarning asosiylari to’rtta-“Rig” veda, “Yajur” veda, “Sama” veda va “Atxarba” veda bo’lgan.
Upanishad (sanskritcha) ustozning yonida haqiqatni bilish uchun o’tirmoq degan ma’noga ega bo’lib, Vedalarga yozilgan diniy-falsafiy izohlardir. Upanishadlar miloddan avvalgi VII-III asrlardan boshlab, milodiy XIV-XV asrlargacha tuzib borilgan, 250 ga yaqin asarlar kiritilgan. Upanishadlar nasriy va she’riy uslubda yozilgan dastlabki va so’nggi izohlarga bo’linadi. - Upanishad (sanskritcha) ustozning yonida haqiqatni bilish uchun o’tirmoq degan ma’noga ega bo’lib, Vedalarga yozilgan diniy-falsafiy izohlardir. Upanishadlar miloddan avvalgi VII-III asrlardan boshlab, milodiy XIV-XV asrlargacha tuzib borilgan, 250 ga yaqin asarlar kiritilgan. Upanishadlar nasriy va she’riy uslubda yozilgan dastlabki va so’nggi izohlarga bo’linadi.
- Upanishadlarning asosiy vazifasi brahmanlik va buddaviylikka asos bo’lgan bir qancha g’oyalar, xususan, insonlarga yomonlikni ravo ko’rmaslik, chunki hayotning o’zi azoblardan iborat ekanligi haqidagi ta’limotni asoslab berishdir. Bunda inson umrining o’zi qurbonlikdir degan tasavvur olg’a suriladi. Yakka jon va ilohiy jonning qo’shilishi to’g’risidagi ta’limot, yakka tug’ilishlar zanjiridan xalos bo’lish aqidasini vujudga keltiradi.
- Upanishadlarda Brahma oliy ibtido, jism va hodisalar asosi va sababi, barcha borliqning boshi va oxiri deb talqin qilinadi (Brahma-qiyofasiz xudo, mutlaq kuch). Barcha narsalar o’shandan paydo bo’lgan, o’sha bilan yashaydi va o’lgach, yana o’shanga qaytadi. Barcha narsalar Brahmadir, Brahma esa Atmandir deyiladi (Atman-nafas, ruh, jon, umumiy-ilohiy jon). Shunday ekan, aytishimiz mumkinki, barcha narsalar xudodir, xudo esa nafas, ruh, jon, umumiy jondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |