Vedalar dini miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston aholisi ko’pchiligi e’tiqod qilgan din bo’lib, unda dastlab tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan. Vedalar dinida ularning xudolari ilk bor tabiat kuchlari va hodisalari inson qiyofasiga o’xshatib tasavvur etilgan: Agni-olov xudosi, Indra-atmosfera, yomg’ir va momoqaldiroq xudosi, Sur’ya-quyosh, Varuna(D’yaus) - osmon, Soma - oy hamda kayf qildiradigan ichimliklar xudosi, Britra-qurg’oqchilik xudosi. Bulardan tashqari ularning Mitra, Adita, Vishnu, Krishna va h.k. kabi xudolari bor. - Vedalar dini miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston aholisi ko’pchiligi e’tiqod qilgan din bo’lib, unda dastlab tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan. Vedalar dinida ularning xudolari ilk bor tabiat kuchlari va hodisalari inson qiyofasiga o’xshatib tasavvur etilgan: Agni-olov xudosi, Indra-atmosfera, yomg’ir va momoqaldiroq xudosi, Sur’ya-quyosh, Varuna(D’yaus) - osmon, Soma - oy hamda kayf qildiradigan ichimliklar xudosi, Britra-qurg’oqchilik xudosi. Bulardan tashqari ularning Mitra, Adita, Vishnu, Krishna va h.k. kabi xudolari bor.
- Ijtimoiy tengsizliklar kuchayganidan keyin, xudolarning vazifasi va ahamiyatlari ham o’zgardi, chunonchi: Indra urush xudosiga, Varuna oliy hakam va adolat posboniga aylandi. Keyinchalik Indra xudolar podshohiga va Yerdagi xudolar homiysiga aylangan.
- Bu dinda xudolarga qurbonlik qilish, sig’inish asosiy ibodat hisoblanib, xudolarga ovqat, hayvonlar, maxsus ichimliklar (soma) ehson qilish va boshqa rasm-rusmlarni bajarishdan iborat bo’lgan.
- Dastlab alohida ruhoniylar va ibodatxonalar bo’lmagan. Keyinchalik kohinlar, ularning yuqori tabaqalari-brahmanlar kelib chiqdi. Ruh, narigi dunyo ruhlari, xudolari orasidan joy oldi va ular bilan birga Yerdagi insonlardan qurbonliklar qabul qiladigan bo’ldi. Gunohkorning ruhi esa duzahga(naraka)ga tushadi, ularga Yama xudosi jazo belgilaydi.
- Bu dinda ijtimoiy adolatsizlik Xudo tomonidan abadiy o’rnatilgan tartibdir deb e’tirof etiladi.
- Vedalar dinidan keyinchalik brahmanlik dini kelib chiqdi.
- Vedalar (Sanskritcha) “muqaddas bilim” degan ma’noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |