Qadimgi Xitoyda Lao-Szi falsafiy ta’limoti bilan deyarli bir davrda Kun-Szi (Konfutsiy-miloddan avvalgi 551-479)ning falsafiy ta’limoti ham paydo bo’ldi. Konfutsiy-Qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi, Konfutsiychilikning asoschisi. Konfutsiy, garchi, samoni oliy ruhiy qudrat, ajdodlarga qurbonlik keltirishni ularni e’zozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham, o’z ta’limotida osmon sirlari muammolarini deyarli tilga olmagan hamda ruhlar va narigi dunyo kabi tushunchalarga kam e’tibor bergan. Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g’oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o’rni, vazifasi muammolari turadi. - Qadimgi Xitoyda Lao-Szi falsafiy ta’limoti bilan deyarli bir davrda Kun-Szi (Konfutsiy-miloddan avvalgi 551-479)ning falsafiy ta’limoti ham paydo bo’ldi. Konfutsiy-Qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi, Konfutsiychilikning asoschisi. Konfutsiy, garchi, samoni oliy ruhiy qudrat, ajdodlarga qurbonlik keltirishni ularni e’zozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham, o’z ta’limotida osmon sirlari muammolarini deyarli tilga olmagan hamda ruhlar va narigi dunyo kabi tushunchalarga kam e’tibor bergan. Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g’oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o’rni, vazifasi muammolari turadi.
- Konfutsiy fikricha olamdagi barcha mavjudot singari insonning taqdiri ham samoviy qudratga bog’liq. Shuning uchun odamlarning oliyjanobligi yoki tubanligi, oily yoki past tabaqaga mansubligini o’zgartirib bo’lmaydi.
- Binobarin, podshoh-podshohligicha, fuqaro-fuqaroligicha, ota-otaligicha, farzand-farzandligicha qolishi kerak. Bu g’oya, ko’ramizki, mavjud tuzumni saqlab qolishni nazarda tutar edi. Shu bilan birga, Konfutsiy ideal, oily inson, asl, mard kishi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu konsepsiyaga ko’ra, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatgo’ylik, haqgo’ylik, samimiyat, farzandlik izzat-hurmati kabi yuksak ma’naviy fazilatlarga erishish tufayli yuksak kamolotga yetishuvi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |