Milliy gimnastika tizimining yaratilishi


Download 88.75 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi88.75 Kb.
#1555138
1   2   3   4
Bog'liq
GIMNASTIKA

Yangi davr gimnastikasi
Ya.A.Kamenskiyning asarlari va uning didaktik prinsiplari tizimi XVIII asr pedagogika klassiklari Jan-Jak Russo (1712-1778) va ayniqsa Pestalossi ( 1746-1827) dunyokarashlarining taraqqiyotiga yordam berdi. Bularning jismoniy tarbiya soxasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdilar. Russo jismoniy mashqlar inson tanasining mustaxkamlaydi va tapoaydi, kuch va xarakat imkoniyatlarining rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, yashash uchun tayyorlaydi, aqliy komol topishga xamda salomatligini mustaxkamlashga yordam beradi deb xisoblagan Russo, Pestalossi va boshqa o'ta zamon pedagogikasi arboblarining pedagogik g'oyalari
G'arbiy Yevropa mamlakatlarining burjua ziyolilari tomonidan qo'lab-kuvvatlar edi. XVIII asrning 70 yillarida ayrim shaxarlarda yangi tipdagi maktablar - filantropinlar tuzila boshlandi, bu maktablarda nemis milliy gimnastikasi yuzaga kela boshladi.
Fit ( 1763-1836) va Guts-Mutslar ( 1759-1839 yillar) filantropinlardagi gimnastikaning eng mashxur raxbarlari edilar. Fit "uch tomlik asarida gimnastika xaqidagi" nazariy va amaliy ma'lumotlarni bayon qilib bergan. U mashg'ulotlardan maqsad salomatlikni mustaxkamlash kuch va xarakat tezligini rivojlantirish, komatining chiroyli bo'lishiga erishish, aqliy rivojlanish va psixik faoliyatiga ko'mak berishdir deb xisoblar edi. Fit o'z asarida bir qancha qimmatli metodik ko'rsatmalar berdiki, ular xanuzchaga axamiyatini yo'qotmagan. XVIII asr oxirlariga kelib yangi zamon gimnastikasining nazariy asoslari ko'zga tashlana boshladi.
O‘zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi
Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O‘zbekistonda gimnastikaning davolash, sog‘lomlashtirish, amaliy jismoniy tarbiyaning yo‘nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy negizlarga ega. Qadim zamonlardan aholi turli xil jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlarni katta bayram va to'ylarda tashkillashtirishgan. Navro‘z, Hosil bayrami va boshqa tantanalarda otda poyga, yugurish bo‘yicha musobaqalar, olomon-poygalar, chovgon o ‘yinlari, dorbozlar chiqishlari kabi ko‘ngilochar tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib turilgan.
Abu Ali ibn Sino «Tib qonunIari»da jismoniy tarbiyaga katta e ’tibor bergan. O‘z kitobida salomatlikni muhofaza qilish qoidalarini ko‘rib chiqar ekan, buyuk mutafakkir jismoniy mashqlarni sog‘lomlashtirish va davolash amaliyotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida mukammal tarzda so‘z yuritadi. Ibn Sino olimlar orasida birinchi bo‘lib, jismoniy mashqlarni odam organizmiga ijobiy ta’sirini «Uzluksiz chuqur nafas olish jarayonini keltirib chiqaruvchi erkin harakat jismoniy mashq deyiladi», deb ta’riflagan .

Download 88.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling