«Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi» kafedrasi «Ma`naviyat asoslari»
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Mavzu 4. Islom dinida manaviyat va shaxs manaviy kiefasining talkisi. Amir Temur va temuriylar davridagi manaviyat Reja
Takrorlash uchun savollar: Urta Osiyo xalqlarining qanday afsona, rivoyat va dostonlarini bilasiz? ulardagi Ma`naviy jihatlarni izohlang. Urta Osiyo xalqlarining vatanparvarlik mavzuidagi qanday xalq og`zaki ijodi namunalarini bilasiz? «Avesto»da inson axloqi, odobi, Ma`naviyatini ifodalovchi tayanch g`oyalarni izohlang. «Avesto»da tabiatga, hayvonlarga munosabat qanday bayon qilingan? «Avesto» da sog`lom avlod masalalari qanday kurib chiqilgan? Moniy va Mazdak ta`limotlaridagi Ma`naviyat masalalarini izohlang.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuq. T., Sharq, 1998 y. Karimov I.A. «Alpomish» dostonining yaratilganligining 1000 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda suzlagan nutqi. Xalq suzi, 1999 yil, 9 noyabr`. И .А.Каримов Юксак манавият енгилмас куч. Т., 2008 Руўхыйлық тийкарлары Н., 2009 Wzbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan.T., uzbekiston,1995 y. Avesto. - San``at, Q 3,11, 1993 y. urmonov M. Muqaddas «Avesto». Xalq suzi, 1998 yil, 4 dekabr`.
Mavzu 4. Islom dinida manaviyat va shaxs manaviy kiefasining talkisi. Amir Temur va temuriylar davridagi manaviyat Reja: 1. Quroni Karim va hadisi shariflarda inson Ma`naviyati va Ma`rifati masalalari. 2. Tasavvuf va uning Ma`naviy jihatlari. 3. Mustaqillik, Islom dini va Islomiy qadriyatlarning tiklanishi. 4. Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak Ma`naviyat sohibi. 5. Temuriylar sulolasi davrida Ma`naviyat va Ma`rifat rivoji. 6. Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida yaratilgan Ma`naviy merosning uzbek xalqining Ma`naviy tiklanishida tutgan urni. Islom dini kup xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e`tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib a` milliard n`00 million kishini tashkil etadi. «Islom» suzi arabcha bulib «xudoga uzini topshirish», «Itoat», «Buysunish» ma`nosini beradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar -»Muslim» deb ataladi. uning kupchilik shakli «Muslimun» bulib, uzbeklarda «Musulmon», qirg`iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi. Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. uning asoschisi payg`ambar Muhammad (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub bulgan Xoshimiylar xonadonida tug`ilgan. u 609-610 yillarda Makkada yakka xudoga e`tiqod qilish tug`risida targ`ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622 yilda uz tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga kuchadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi. 630 yilga kelib, Makka ham musulmonlar quliga utadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vafotidan keyin bu davlatni uning urinbosarlari, ya`ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. urta Osiyo erlari - Movarounnahr (daryo ortidagi erlar) VIII asr boshlaridan VIII asr urtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, Ma`naviyati va Ma`rifati uziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi. Islom diniy ta`limotining asoslari - Quron va hadis tuplamlarida, shuningdek, VIII-XII asrlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida uz ifodasini topgan. Quroni Karim ilohiy kitob bulib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammadga nozil etilgan. Bu muqaddas kitob er yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahkomlar manbaidir. Quroni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash xalifa Abu Bakr davrida boshlanib xalifa hazrati usmon davrida yakunlangan va turt nusxada kuchirilgan. Ana shu kuchirilgan dastlabki nusxalardan biri Movarounnahr musulmonlari diniy idorasida saqlab kelingan, hozirda esa buyuk bobokalonimiz nomi bilan bog`liq Toshkentdagi Temuriylar davri muzeyida saqlanmoqda. Bunday muqaddas kitobning yurtimizda bulishi Ollohning bizning yurtimizga bulgan inoyati deb bilmoq lozim. Quroni Karimda 114 sura, 6236 ta oyat bor. Mustaqillik sharofati bilan turli marosimlarimiz Quroni Karim qiroatlaridan boshlanmoqda. Bu utmishda bir orzu edi, xolos. Ilohiyotda Islom dini uch elementdan - iymon, Islom, ehsondan iborat deb e`tirof etilgan. Iymon talablari o`ta aqidani - ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg`ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va ulgandan keyin tirilishga ishonish talablarini uz ichiga oladi. Islom talablariga, ya`ni din asoslari - arkon ad-din deb nom olgan u ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular - kalima keltirish, namoz uqish, ruza tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa Haj qilish talablari. Ehson aqidalarga sidqidildan ishonish va marosimlarni ado etishdir. Islomning kishilar ongi va turmush tarziga ta`sir etishi, ular hayotidan mustahkam urin olishini ta`minlovchi diniy marosimchilik -xatna, ruza hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, movlid, ashuro va boshqalar ham shakllangan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda islomgacha mavjud bulgan urf-odatlar, jumladan kinna soldirish, fol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga, avliyolarga sig`inish kabi odatlar ham islom marosimlariga moslashib ketgan. Hadislar Islom dinida Qurondan keyingi muqaddas manba. Hadislar tuplami sunnat deb ataladi. Hadisi shariflarda Muhammad alayhissalomning suzlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari bayon ettirilgan. Hadisi shariflarni yig`ib kitob shakliga keltirish, asosan payg`ambarimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Bu sharafli ish hijratning uchinchi asriga kelib keng quloch yozdi va u hadisshunoslikning oltin davri deb ataladi. Islom olamining usha davrdagi madaniy markazlaridan sanalgan Bog`dod, Kufa, Basra, Damashq, Buxoro, Samarqand, urgench, Termiz kabi shaharlarda hadis ilmi bilan shug`ullanuvchi muhaddislar kup bulgan. ular ichida eng ishonchli manba sanalganlari oltita bulib, bularni imom Buxoriy, imom Muslim, imom Abu Davud, imom At-Termiziy, imom An-Nasoiy va imom ibn Mojja tuzishgan. Bu buyuk muhaddislarning turt nafari turonzaminlik bulgani bizning faxrimizdir. 1998 yilda Imom Al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi butun musulmon dunyosi, shu jumladan yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqil uzbekistonda bu munosabat bilan xalqaro anjuman utkazildi. Muhaddislik shu qadar sharafli va sermashaqqat ish bulganki u muhaddisdan aql-zakovatni, kuch-quvvat, fidoyilik, yuksak iqtidor va hofizani talab qiladi. Masalan, imom Buxoriy jami 600 ming hadis tuplab, shulardan 100 ming «Sahih» va 200 ming «g`ayri sahih» hadislarini yod bilganliklari aytiladi. Islomda axloqiy-xuquqiy qonun-qoidalar majmui shariat XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Shariat qonun-qoidalari Quron va sunnat asosida ishlab chiqilgan. unda musulmonlarning ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, huquqiy va axloqiy hayotini tartibga soluvchi qonun-qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib-qoidalar «Hidoyat», «Viqoya», «Muxtasari hidoya», «Muxtasari viqoya» nomli kitoblarda jamlangan. Shariatda qonunlar muqaddas hisoblanib, unga har bir mumin-musulmon ijtimoiy holatidan qat`iy nazar Ollohning bandasi sifatida birday amal qilishi talab etilgan. Yuqorida Islom, uning muqaddas ilohiy kitobi qur`oni Karim, hadislar va shariat haqida ba`zi ma`lumotlarni keltirdik. Endi umuman islom dinida, xususan qur`oni Karim, hadislar va shariatda axloq-odob, Ma`rifat haqidagi qarashlarning ba`zi jihatlari tug`risida fikr yuritamiz. Quroni karim, hadislar va shariat kursatmalari inson Ma`naviy-ma`rifiy kamolotining asosi bulgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini uz ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar Ma`naviy-axloqiy tarbiyaga oid bulgan fikrlarning mukammmal tuplamidir. Quroni karim, hadislarni, shariat kursatmalarini urganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, iymon va vijdon bilan bog`liq bulgan birorta ham muhim masala e`tibordan chetda qolmaganini kuramiz. Ayniqsa islom harom va halol masalasiga musulmonlar e`tiborini qaratadi. Shariatda Olloh tomonidan qilinishiga ruxsat etilgan amallar, ishlar halol deyiladi. Harom esa aksincha, qilinishiga ruxsat etilmagan ishlar va amallardir. Odatda, xalqimiz halol va haromni eyiladigan va ichiladigan narsalarga ishlatib kelgan. Shariatda ijozat etilgan hamma narsalar, eyiladigan oziq-ovqatlar, qilinadigan ishlar halol deb hisoblangan. Ijozat etilmagan narsalar, ishlar va amallar esa haromdir. Olloh harom etilgan ishlarni qiluvchilarga bu dunyoda yoki qiyomat kunida jazosini albatta berishi aytilgan. Halol qilingan narsalar va ishlar kupchilikka ma`lum, u haqda kup eshitganmiz. Harom qilingan ishlarni eslatib utish va eslatib turish joizdir. Bulardan ayrimlarga quyidagilaru` sog` bula turib ishsiz yurish, zinokorlik, ota-onaga oq bulish, savdo-sotiqda g`irromlik qilish, birovning xaqqiga, omonatiga xiyonat qilish, qasamxurlik, sudxurlik, ug`irlik, qaroqchilik, mayxurlik, g`iybat, tuhmat, buhton, josuslik, qotillik, poraxurlik va boshqalar kiradi. Xullas, harom inson va jamiyatga zarar keltiradigan ish va amallardan iborat. Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g`amxurlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e`tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qul urish, insofli-diyonatli, vijdonli bulish, mehr-shafqatlilik, tug`rilik, rostguylik, sofdil bulish, birodarga yordam berish, kamtarlikka chaqirish g`oyalari ilgari surilgan.
Yuqoridagi inson Ma`naviyati xususiyatlari kabi masalalarni mazkur kursning uchinchi bobida alohida mavzularda kurib chiqish nazarda tutilgani sababli ular haqida ushbu ma`ruza davomida batafsil tuxtab utishni lozim topmadik. Hadislarda axloqiy kamolot masalalarida aytilgan ba`zi fikrlardan namuna keltirish bilangina cheklandik xolos. Islomda ilm-fanni egallash, Ma`rifatli bulish juda katta savobli ish ekani qayta-qayta ta`kidlanadi. Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishining uzi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Hadislardagi «Sadaqaning afzali mumin kishi ilm urganib, sung boshqa muminlarga ham urgatishdir», «Ilm ibodatdan afzaldir» kabi fikrlar ham tahlilga muhtoj emas. Quroni karimda «Ilm» suzi asosida «Alima» - bilmoq fe`l negiziga tayangan kalimalar o`u0 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomga ilk nozil bulgan oyat ham «Iqra...» «uqi» suzidan boshlanadi. ushbu oyat shunday: «uqil Sening uta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan ta`lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni urgatadi» deb nozil qilingan. Kurinadiki, islom e`tiqodi avval boshdanoq insonni uqib- urganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab etishiga targ`ib etadi. Islom Ma`naviyatida insonning er yuzida xalifa qilib belgilanishi uning yana bir muhim jihati hisoblanadi. Quroni karimning juda kup oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga er va osmondagi barcha narsalar buysundirib quyilganligi alohida uqtirib utiladi. Inson Ollohning xalifasi sifatida bilim egasi, yorug` dunyoning barcha bilimlariga uning idroki etadi. Faqat kibrga berilib ketmasa, uzini hammadan ortiq quya boshlamasa bas. Parvardigor bizni inson qilib yaratgan ekan, aql-xush, ilmu-amal bergan ekan, demak, biz inson sifatida tafakkur qilib, dunyoviy ilmlarni - dunyoni urganib, dunyo orqali Ollohning zotini, ilmlarini kashf etib yashashimiz kerak. Din - ruhiyatimiz tarbiyachisi, ilm-dunyoni va oxiratni bilish quroli, inson unisini ham, bunisini ham egallamog`i kerak. Bizning bobolarimizning yuli ana shunday bulgan. Bir misol keltiramiz. Rivoyat qilishlaricha, Abu Ali Ibn Sino bilan mashhur shayx Abusaid Abulxayr uchrashibdilar. ular bir kecha bir-birlariga hech narsa demay «suhbatlashib» chiqibdilar. Ertalab Shayxning shogirdlari undan Ibn Sino haqida nima deysiz, deb suraganlarida, Abusaid Abulxayr: «Men nimaiki vajd (intuitsiya) bilan bilgan bulsam, u aql bilan bilib olgan», debdi. Ibn Sino esa uz shogirdlariga: «Men nimaiki aql bilan bilgan bulsam, u kungnil bilan idrok etadi», deb aytgan ekan. Kurinadiki, Ibn Sino dunyoviy ilmlar olimi, Abusaid Abulxayr esa - tasavvuf shayxi, ilohiyot olimi. Ammo ular bir-birini tushungan va har ikki ilm ham kerakligini anglaganlar. YOki olaylik, Mirzo ulug`bek bilan Xuja Ahror Valiyni. ular zamondosh, bir shaharda yashaganlar. ulug`bek - munajjim va shoh, uning shogirdlari aniq fanlar vakillari. Xuja Ahror esa mu`tabar din arbobi, ruhoniy zot. Ammo ular bir-birlariga xalaqit bergan emaslar, aksincha, biri ilmiy Ma`rifatni, ikkinchisi bulsa ruhoniy Ma`rifatni rivojlantirib, bir-biriga kumak berganlar. Al-Xorazmiy, Al-Farg`oniy, Al-Beruniy, Al-Buxoriy, «azzoliy, Hamadoniy, «ijduvoniy va boshqa ulug` zotlarning hayot tarzi, ilm uchun fidoyiligi, e`tiqod-iymonining pokligi bilan bizlarga ibratdir. Bularning hammasi kursatadiki, dindorlik ham Ma`rifatni, yuksak Ma`naviyatni talab qiladi. Kishi qancha chuqur ilm egasi bulsa, olam va odam mohiyatini anglasa, uning Ollohni anglashi, iymoni ham shuncha mustahkam buladi. Gap hoh diniy, hoh dunyoviy Ma`rifatni tug`ri va chuqur anglashda, har ikkovini ham egallamay nodon, johil bulib qolmaslikdadir. Har ikki ilmni egallagan kishi ikki dunyosini obod qiladi. Islom bu faqat aqida emas, avvalo, Ma`rifat, ilmdir. Islom tarixiga nazar tashlasak, Muhammad payg`ambarimizgacha bulgan davr arablarda «johiliya» davri deb ataladi. «Johiliya» nodonlik davri degani. Islom ana shu nodonlik davri urniga keng ma`noda Ma`rifat, madaniyat vujudga keltirdi, ilm-fan, falsafa, adabiyot va san`atni rivojlantirdi, uziga xos Ma`naviyat va Ma`rifatni yaratdi. Bizning ulug` bobolarimiz islom Ma`naviyati va Ma`rifati taraqqiyotiga ulkan hissa qushib, kalom ilmi, fiqh, tasavvuf ta`limotini rivojlantirdilar. Yaqin utmishning yomon asoratlaridan biri shuki, sobiq shuro tuzumida dunyoviy ilm va diniy-falsafiy ta`limot bir-biriga qarama-qarshi quyildi. ular bir-birini inkor etadigan hodisalar tarzida talqin etildi. Diniy tafakkur dunyoviy ilm rivojiga monelik kursatadigan chirkin bid`at sifatida qoralandi. Biz bugun bunday qarashlarning tubdan zararli va tarixan asossiz ekanligini ochiq aytishimiz mumkin. Dunyoviy va diniy ilm yuqorida kursatganimizdek, utmish asrlarda doimo hamkor va hamnafas bulib kelganligini tarixning uzi tasdiqlaydi. Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy tuplagan hadislar, Naqshbandiy ta`limoti, Termiziy ugitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega buldik. Quroni Karim va payg`ambarimiz hadislarining eng muhim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilganligidir. ulardagi ota-onaga, ilmga munosabat, sabr-bardosh, shukronalikka da`vat, uzaro mehr, mehmondustlik, etimparvarlik, vafo va sadoqat, halol luqmani sharaflash, kamtarlik, kamsuqumlilik, samimiyat, rostguylik va boshqa chin insoniylik xislatlarining birinchi uringa quyilishi barcha insoniyat uchun bebaho umuminsoniy Ma`naviy boylik tizimini tashkil etadi. Jismoniy va Ma`naviy poklikka intilish islom ahloqining, Rasululloh hadislarining yana bir muhim mavzu yunalishidir. Tahorat, g`usl masalalari tashqi ozodalik talablari bulsa, haromdan, yolg`on suz, g`iybat, tuhmat, zinokorlik, uzga haqiga xiyonat, nohaqlik va zulmga yul quymaslik, ulardan qat`iy saqlanish ichki, Ma`naviy poklikka oid talablardir. Bularning hammasi qur`oni Karim hamda Rasululloh xadislarida va ularga asoslangan shariatda juda qat`iy qilib quyilgan. Xullas, islom barcha muminlarni tug`ri yulga chorlovchi, insonparvar din ekanligini anglab etishimiz zarur. Shundagina dindan Ma`naviy va ma`rifiy tarbiyada foydalanish zaruratiga tug`ri yondoshamiz. Sharq xalqlari tafakkurini asrlar davomida nurafshon etib, Ma`naviyatimiz va Ma`rifatimizga chuqur ta`sir utkazgan tasavvuf (sufizm) ta`limoti VIII asr urtalarida paydo bulgan. Dastlab u zohidlik (tarkidunyochilik - bu dunyo hoyu-havasidan voz kechish) harakati kurinishida bulib Bag`dod, Basra, Kufa, Damashq shaharlarida keng yoyilgan. Asli tasavvuf suzi «Sufiy» suzidan, «Sufiy» suzi esa arabcha «Suf» suzidan yasalgan. Suf deb arablar jundan bulgan matoni aytadilar. Dastlabki davrlarda sufiylik yulini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun jundan tikilgan chakmon (u hirqa deb ham aytilgan) yoki pustin kiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni jun chakmon kiyib yuruvchilar, ya`ni sufiylar deb ataganlar. Sufiy boshqa odamlardan uzini pok va g`aribona turmush kechirishi, doimiy toat-ibodatda bulishi va faqat ilohiy ruhga qushilishni maqsad qilib quyishi bilan tubdan farq qiladi. Sufiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta`ma bulmasligi kerak. Yagona istak bu Ollohning diydoriga etishishdan iborat. Faqirlik tuyg`usiga ega inson na birovga banda-yu, na birovga xoja, u yolg`iz Ollohga banda, u yolg`iz Ollohga ehtiyoj sezadi. Hamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda uzlikdan kechish – sufiylik ta`limotining ma`nisi mana shu. Buyuk sufiy Boyazid Bistomiy aytadilarkiu` uzingdan utding, Ollohga etding. Hazrat xoja Bahouddin aytadilarkiu` Bizning hech narsamiz yuq, lekin hech narsadan kamimiz yuq. usha «hech»... narsa ketidan yugurib g`am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda, orqamizda guriston, agar ulsak hech bir motam kerak emas. Tasavvuf - sufiylik insonni urganar ekan, avvalo, kishining kungliga, diliga tayanadi, kungilni, qalbni tarbiyalashga, kungil kishisini voyaga etkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi. Tasavvufda insondagi jamiki xudbinlklar, illatlar, razolat dunyosiga hirs quyish jism ehtiyoji va nafs ta`masidan kelib chiqadi, deb urgatiladi. Komil inson bulish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta`masini engish kerak. Dunyoga, boylikka mehr quyish kishini nafsiga qul qilib quyadi. Darvesh, sufiy nafsni rad etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi, insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni falokat botqog`idan, tubanlik jaridan qutqarib, uni poklashning birdan-bir yuli nafsning ehtiyojini engishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Olloh muhabbatiga kungil bog`lash darkor. Sufiylikda buni dunyo mohiyatini va uzligini, insoniylikni anglash yuli deb qaralgan. uzligini anglagan kishi esa dunyo va uning boyliklari
utkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilaru` «uz nafsining yomonligini tanish uzligini tanishdir». Demak, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. u inson qalbiga sayqal berish ilmi. Biz bu ilmdan o`0 yil davomida bexabar edik. Inchunun, biz necha zamonlar insondan bexabar qoldik va ne zamonlar qalbimizdan fayz ketdi. utmishdagi Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandiylar yurtimiz va xalqimizning fayzi kamoli edilar. Istiqlol tufayli shu nur, shu fayz bizga qaytdi. Shuni iftixor bilan qayd etishimiz lozimki, tasavvuf ta`limoti taraqqiyotida Turkiston farzandlarining xizmati beqiyos bulgan. Xoja hakim at-Termiziy, Shayx Abu Mansur al- Maturidiy as-Samarqandiy, Xoja Abduxoliq g`ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg`oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Ali Romitaniy, Abu Ali al-Farmadiy, Yusuf Hamadoniy, Bahouddin Naqshband kabi siymolar ilohiy Ma`rifat yulining rahnamolari buldilar. ular yaratgan ta`limot va ilgari surgan Ma`naviy-axloqiy g`oyalar hozirgi kunda ham uz ahamiyatini yuqotgan emas. Chunonchi, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli bulishga chaqirishda foydalanish urinli. Yassaviy inson hayotidagi katta kurash - nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. Nafsga mag`lub shoh - qul, nafsdan ustunlikka erishgan g`arib - shohdir, deb aytadi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni enggan, nafsga taslim bulmagan kishining g`ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb bilgan. uz hikmatlaridan birida shunday deydi: Nafs yuliga kirgan kishi rasvo bulur, Yuldan ozib, toyib, tuzib gumroh bulur. YOtsa - tursa shayton bilan hamroh bulur.... u nafs bandalariga qarata «Nafsni tebgil, nafsni tebgil ey badkirdor» deb murojaat etadi, va «Nafsim meni yuldan urib xor ayladi, Termultirib xaloyiqqa zor ayladi», - deb nafs bandalarini tanqid etadi. Nafs insondagi butunlikni, iymonni sindiradi, Ma`naviy jihatdan jarlikka qulatadi. Shu bois «Nafsni tanib mehnat etsa rohat», - deb xitob qiladi. Bu g`oyalar bizning hozirgi kunimiz, tarbiyamiz uchun g`oyat muhim. Movarounnahr tasavvuf ta`limotida Xoja Bahouddin Naqshband-ning urni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta`limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, Ma`naviy-ma`rifiy ma`no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega. Naqshbandiya Ma`naviy-axloqiy ta`limotida hur fikrlikka keng urin berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, uz mehnati evaziga halol yashash, noz-ne`matlarni kupchilik bilan baham kurish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo kurishni afzal bilganlar. Bahouddin Naqshband - aybsiz odam yuq, shuning uchun agar aybsiz dust axtarsak dustsiz qolamiz, - der edilar. Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta`kidlab, sham kabi bulgin va odamlarga yorug`lik ber, uzing esa qorong`uda bul, degan ekanlar. Xoja Bahouddinning «Kungil Ollohda bulsinu, quling esa ishda» hikmatlarining inson Ma`naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir. Tasavvuf tariqatlari haqida suzlaganda Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya haqida ham tuxtab utishni maslahat beramiz. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki uz vatanini, xalqini dildan sevgan ingsonni ham kuramiz. 1221 yilda bosqinchi mug`ul galalari qadami Xorazmga etib boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni, fuqaroni uz holiga tashlab qochadi. Shu qaltis damlarda urganchni himoya qilishga o`u` yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda qahramonlarcha shahid buladi. uning siymosi xalq qahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda. Najmiddin Kubro asos solgan Kubroviya tariqatining qoidalari unta bulib, ularda bu tariqat yulini tutgan sufiyning ichki Ma`naviy dunyosi qanday bulishi kursatilgan. Insonning sabr- toqatli bulishi, boylik va mol-mulkka mukkasidan ketmaslik, har qanday pastkashlik, riyo, makr va hiyla-nayrangga bormaslik, hayvoniy xususiyat - shahvoniy hirslarga berilmaslik g`oyalari ilgari suriladi. Xulosa qilib aytganda, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilmdir. Inson qalbiga sayqal berish ilmi. u inson odobini - ya`ni Ma`naviyatini yanada kuchaytirgan butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi. Shu tariqa tasavvuf komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi. Shunday qilib, uzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent Islom universitetini tashkil etish tug`risidagi farmoni va shu farmonga sharhda ta`kidlanganidek: «Islom ommalashuvi va rivoji sifatida vujudga kelgan tasavvuf ham urta Osiyo sharoitida Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya tariqatlarini vujudga keltirdiki, ular butun urta Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlarining asrlar davomida Ma`naviy, madaniy rivojlanishida muhim rol` uynadi» 38[38]
. ushbu masalaning bayonini, yaqin utmishda, Shurolar zamonida dinga va diniy qadriyatlarga, diniy kitoblarga, ulamolarga bulgan salbiy munosabatlardan boshlashni maslahat beramiz. Shunda talabalar mustaqillikning bizga bergan oliy ne`mati Ma`naviy va ma`rifiy merosimizni qaytarib berganligi ekanini tushunib etadilar. Yaqin utmishda namoz uqish, diniy marosimlarni utash taqiqlangan edi. Masjidlar, aziz-avliyolarning ziyoratgohlariga qulf urilgan edi. Odamlarning uylaridagi Quron, Hadis, turli diniy adabiyotlar, hatto arab yozuvidagi boshqa kitoblar terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Mana buni «johiliya», nodonlik desa buladi. Qanchadan-qancha odamlarimiz hozirgi emin-erkin kunlarni qumsab, ammo kurolmay, armon bilan utib ketdilar. Shu bois biz mustaqillik keltirgan ne`matlarga har qancha shukronalik aytsak arziydi. Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e`tiqodimiz uzimizga qaytdi. Bu savobli, ezgu ishlarga karvonboshi hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov ekanini har daqiqada eslab turishimiz lozim. Prezidentimiz Ma`naviyat va Ma`rifatga oid nutq, ma`ruza va asarlarida islomning Ma`naviy-axloqiy, ma`rifiy tarbiyadagi yuksak roli, urni, ahamiyatini muntazam uqtirib kelmoqdalar. Xususan, bu masalalarga Prezidentimiz Islom Karimovning «Istiqlol va Ma`naviyat» tuplami, «uzbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «uzbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yulida», «uzbekiston XXI asr busag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «Olloh qalbimizda, yuragimizda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz» kabi asar va risolalarda javob topishimiz mumkin. «Islom dini, - deb ta`kidlaydi Islom Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javobida, – hayotimizning tub zamiriga chuqur singib ketgan. Bu - inkor etib bulmaydigan haqiqat. Milliy qadriyatlarimizning zamonlar osha bezavol yashab kelishiga sabab - avvalo muqaddas dinimiz hisobidan» 39[39] . Bu holat xalqimizga, xususan yoshlarimizga milliy g`oyani singdirishda Islolm omilidan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Ana shularni hisobga olgan holda mustaqil mamlakatimizda islom dini omilidan, uning boy Ma`naviy va madaniy qadriyat sifatidagi katta imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Avvalo, masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi. Qarovsiz qolgan masjidlar ta`mirlandi, yangilari barpo etildi. Aziz- avliyolar yotgan, utmishda qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yuzaga keltirildi. Ramazon va qurbon hayitlari dam olish kuni deb e`lon qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning haj va umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu utmishda faqat xayoliy orzu va armon edi. ulug` allomalar - Iso Termiziy, hakim Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Zamahshariy, Abduxoliq g`ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Matrudiy, al-Marg`inoniy va boshqa ulug` zotlarning yubileylari bulib utdi, 1998 yilda esa Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi nishonlandi. Quroni Karim, Hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. utmishda birorta ham
38[38] Õàë3 ñ5çè ãàçåòàñè, qooo éèë, i àïðåëü. 39[39] Êàðèìîâ È.À. Ìèëëèé èñòè3ëîë ìàôêóðàñè-õàë3 ýúòè3îäè âà áóþê êåëàæàêêà èøîí÷äèð. wt-áåò. diniy ulamoning yubileyi utkazilmas edi, diniy kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida aytganimizdek, borlari ham yuq qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi. Islom va islomiy qadriyatlar Ma`naviy va ma`rifiy hayotimizning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Prezidentimiz Islom Karimov suzlari bilan aytganda: «Biz islom dini ota- bobolarimiz dini ekani, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham Ma`rifat ekanini doimo yuksak qadrlaymiz...Dinga hurmat va e`tiqod - biz uchun ulmas qadriyatdir» 40[40]
. Sunggi yillarda bizning diyorimizda ham taraqqiyotimiz, osoyishtaligimizni kurolmaydigan «vahobiylik» va «hizbut-tahrir» kabi oqimlarning guruh va tudalari paydo bulib qoldi. Bunday tudalar uzlaricha masjidlarda g`avg`o kutarib, utish davrining qiyinchiliklaridan foydalanib, ayrim yoshlarning ongini zaharlamoqdalar. Mustaqillikning bergan erkinligini suiiste`mol qilmoqdalar. Bu mutaassib dindorlar uzlarini «vahobiy» yoki «dinni tozalovchilar», «fundamentalistlar» deb yuritib, aslida esa birinchi navbatda islomning uziga zarba bermoqdalar. Vahobiylar bir yarim ming yillik ilm-fan, madaniyat tarixidan voz kechish, Imom Buxoriy, Imom g`azzoliy, Imom Abu Xanifa, Burxoniddin Marg`inoniy, Ahmad al-Farg`oniy, Navoiy, Jomiy, ulug`bek, Bahouddin Naqshband va boshqa unlab mutafakkirlar, sufiylar, olimlar merosidan voz kechish, ularning asarlarini yoqib yuborishni, maqbaralarini buzib tashlashni tavsiya qilmoqdalar. ular, umuman, inson aqli, inson qalbi bilan yaratilgan jamiki Ma`naviy boyliklarni uloqtirib tashlashga da`vat etmoqdalar. Axir bu vahshiylik, nodonlik, johillikning uziku. Ma`naviyatli va Ma`rifatli kishi, buni mutlaqo qabul qilmaydi. Vahobiylik bizni orqaga, jaholatga tortadigan, islomni, islom ahlini buzadigan xavfli oqim. «Dinni tozalash», «sof dinga qaytish» niqobi ostida tashviqotlar olib borib, odamlarni tahlikaga solish, qonli jinoyatlar qilish, otani bolaga, akani ukaga dushman qilib, jamiyatimizni xavf ostiga quyayotganlardan milliy qadriyatlarimizni avaylab - asrashimiz lozim. Diyorimizda din niqobi ostida ish kurayotgan ekstremistlar, aqidaparastlar mavjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi borib, hokimiyatni egallash va uzbekistonda Islom davlati qurish, xalqni qurquvga solib, hukumatga ishonchsizlik uyg`otish uchun turli jinoyatlar va terroristik harakatlar sodir etish yuli bilan el tinchligini buzishga urinmoqdalar. ularning asl maqsadi hukumatparastlik, ya`ni davlatni qulga olishdan iborat. Mustaqil yurtimizda ularga uz vaqtida zarba berildi va ularning payi qirqildi. Xalqimiz endi - erkinligini qulga kiritgan, uzligini angalb etgan bir zamonda allaqanday kimsalarga ergashib yana jaholat va qullik tuzog`iga qaytadimiO` Albatta yuq.Ammo hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda, ogoh va sergak bulishda. Ayniqsa yoshlarimizni ularning zararli ta`siridan asrab qolish hozirgi tarbiya ishimizning asosiy yunalishi bulib qolishi lozim. YOshlarimiz doimo va har on ogoh va yana ogoh, sergak bulishlari zamon talabi. Buning yoshlarimiz ongiga mustaqillik g`oyasini chuqur singdirishimiz lozim. Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bulib etishsin. Ana shunda johil aqidaparastning «da`vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g`oyalar ham ularga uz ta`sirini utkaza olmaydi. Muhtaram Prezidentimizning «Turkiston-press» axborot agentligi muxbirining savollariga javoblarida ta`kidlaganlaridek: «Biz uz dinimiz va e`tiqodimizdan hech qachon voz kechmaymiz. Shu bilan birga muqaddas dinimiz sha`niga dog` tushirmoqchi bulgan kimsalar bilan hech qachon murosa qilolmaymiz. Men uzbekiston rahbari sifatida qandaydir yovuz kuchlar islom dinimizni, ota-bobolarimiz e`tiqodini, musulmon fuqarolarimizni tahqirlashiga, jamiyatimizga xavf tug`dirishiga hech qachon yul quymayman» 41[41] .
mustaqil yurt har bir fuqarosining muqaddas burchi bulmog`i lozim. «.. muqaddas dinimiz
40[40] Êàðèìîâ È. Îçîä âà îáîä Âàòàí, ýðêèí âà ôàðîâîí µàéîò - ïèðîâàðä ìà3ñàäèìèç. Ò., %çáåêèñòîí, w000 é., wy-áåò. 41[41] Êàðèìîâ È. Îëëîµ 3àëáèìèçäà, þðàãèìèçäà. «Õàë3 ñ5çè» ãàçåòàñè, qooo éèë y ìàðò ñîíè. sha`niga dog tushirmoqchi bulgan, undan g`arazli siyosiy maqsadlarda foydalanishni istaydigan kimsalar va kuchlar bilan hech qachon murosa qilolmaymiz» 42[42] .
harakatlar, yozuv ishlar, avvalo, mafkuraviy bushliq tufayli sodir bulmoqda 43[43]
. Har bir fuqaro shuni anglab etishi kerakki, uzbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida uziga xos va mos yuli bulgani kabi madaniy-Ma`naviy rivojlanishida ham uz yuli bor. Bu uziga xoslikni dinga, diniy
qadriyatlarga munosabatimizda, ulardan Ma`naviy tarbiyada foydalanishimizda ham kurishimiz mumkin. Bu yul Prezidentimiz asarlarida bayon qilib berilgan. uning mohiyati, mu`tadil dindorlik, islom Ma`rifatini rivojlantirish, ichki-botiniy olamni poklab, Ollohni dilda saqlab, aqlu tafakkur, ilmu irfon bilan kamolot sari borish, uz merosiy qadriyatlarimiz va dunyo ilmini egallab, zamon bilan hamqadam olg`a borish. Xulosa shuki, mustaqillik bergan hidoyat yulini turli unsurlardan asrash, ularga berilmaslik lozim. Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi erga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me`mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. Amir Temurning tarixi kup jildlik kitoblar yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirish imkoniga ega emas edik. Chunki kommunistik g`oya bunga yul bermadi. Amir Temurning uzi tahqirlanib tuhmatu malomatlarga qoldi. Shukrlar bulsinki, mustaqillik tufayli kup ming yillik boy tariximizni, shu jumladan ulug` bobomiz Amir Temurni urganish imkoniga ega buldik. Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xuja Ilg`or qishlog`ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og`ir ijtimoiy-siyosiy buhron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. uzoq va mashaqqatli kurashlardan sung Amir Temur uz raqiblarini engib, hokimiyatni qulga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy uzgarishlar qildi. Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni uz tug`i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «ulug`bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug` suzlarni nafaqat uzbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, uzi bilibmi- bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bulishiga yordam berdi. Masalan, usha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va evropa xalqlariga ozodlik bag`ishladi; Oltin urda xoni Tuxtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mug`ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi. Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan uqisak, urgansak, uning kup yaxshi xislatlari: tug`rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va ugitlaridan ham uning kimligini bilib olsa buladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qushnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi ugitlardir.
42[42]
Êàðèìîâ È. Îçîä âà îáîä Âàòàí, ýðêèí âà ôàðîâîí µàéîò-ïèðîâàðä ìà3ñàäèìèç. wy-áåò. 43[43]
#fðàíã. Êàðèìîâ È.À. Ìèëëèé èñòè3ëîë ìàôêóðàñè-õàëê ýúòè3îäè âà áóþê êåëàæàêêà èøîí÷äèð. oáåò. Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa`yi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xanoqohlar, saroylar, bozorlar, qal`alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog`i yuq. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Guri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me`moriy mujizalari, Bog`i Chinor, Bog`i Dilkusho, Bog`i Behisht, Bog`i Baland singari unlab guzal saroy-bog`lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi. Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonlikka yaraydigan biror qarich erning ham zoe bulishini ravo kurmasdi». Tarix bu kuhna dunyoda juda kup jahongirlarni kurgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashg`ul bulgan. uning «qay bir joydan bir g`isht olsam, urniga un g`isht quydirdim, bir daraxt kestirsam, urniga unta kuchat ektirdim», degan suzlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig`idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bulsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avvalo, uz xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz. Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-Ma`rifatsiz tasavvur qilib bulmaydi. Buni teran anglagan sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo usha erlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi. Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me`morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mazkur fazilat sohibqironning nabirasi Mirzo ulug`bekka utgani shubhasiz. Mirzo ulug`bekning davlat arbobi bulish bilan birga buyuk olim darajasiga etishishida bobosi Amir Temurning xizmati benihoya katta bulgan. u ulug`bekdagi noyob qobiliyatni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan. Amir Temur Ma`naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr buyi amal qilgan «Kuch - adolatdaA`» degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan, desak yanglishmaymiz. Amir Temurning Ma`naviy va ma`rifiy qarashlari uning uz farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan ugitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, uz ishiga munosabati, aholi turli qatlami - raiyatning haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy Ma`naviy-axloqiy qonun-qoidalar uz ifodasini topgan. Sohibqironning «Temur tuzuklari»dan quyidagi satrlarni mamnuniyat bilan uqish mumkin: «Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir tug`ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin». «Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar etkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar urtasida muhokama qildim va bir gunohkorning urniga boshqasiga jabr-zulm utkazmadim». «Kimki birovning molini zurlik bilan tortib olgan bulsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish sindirsa, kuzini kur qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar». Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli xislatlari namoyon bulgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Kechirimli bulish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi: «Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir kutarib, ishimga kup ziyon etkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan uchirdim. Martabalarini oshirdim. ular bilan muomalada shunday yul tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu qurquv bulsa, unut bulardi». «Menga hasad qilib, uldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg`a-in`omlar berib, muruvvatu ehson kursatdimki, bu yaxshiliklarni kurib, xijolat teriga g`arq buldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan dustlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni uzimning
taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim». «Hech kimdan uch olish payida bulmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim...» «Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat kursat». Amir Temurning dustlik haqidagi pandu-nasihatlari ham hali-hanuz biz uchun ibratdir. «Sodiq va vafodor dust ulkim, uz dustidan ranjimaydi, dustining dushmanini uz dushmani deb biladi. Agar kerak bulsa, dusti uchun jonini ham ayamaydi». Amir Temurning umr buyi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat erganligi, kambag`alparvarligini uning quyidagi ugitlaridan ham bilish mumkin: «Kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa yo biror bog` kukartirsa, yoxud biror xarob bulib yotgan erni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig`sinlar». «Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar...». Amir Temurning quyidagi suzlari asrlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg`urishga chorlab keldi: «Millatning dardlariga darmon bulmoq vazifangizdir. Zaiflarni kuring, yuqsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bulsin». Bu jumlalarda Amir Temur Ma`naviyati jamul-jam bulgan bulsa ne ajab 44[44]
.
Temur va Temuriylar davri, umuman Sharq, xususan urta Osiyo ilm-fani, madaniyati, Ma`naviyati, adabiyot va san`ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, tub burilishdir. Bu davrdagi Ma`naviy-ma`rifiy hayotdagi kutarilish va yuksalishining manbai, boshlanishi IX-XII asrlarga borib taqaladi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi urta Osiyoning madaniy, Ma`naviy va ma`rifiy kamoloti IX-XII asr madaniyati, Ma`naviyati va Ma`rifatining davomidir. urta Osiyo xalqlari orasida etishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod etdi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh SamarqandiyYO olimlar - ulug`bek, Ali Qushchi, qozizoda Rumiy; faylasuf shoirlar - Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, AtoiyYO musavvirlar - Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak NaqqoshYO hattotlar - Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. ularning hammasi usha davr va uzlarigacha bulgan insoniyat Ma`naviyati, Ma`rifati va madaniyati yutug`ining barcha sohalarini mukammal bilib va uzlashtirib olgan, uzlari tanlagan sohalarning hali hech kim tomonidan zabt etilmagan chuqqilarini egallagan ulug` siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bulganlar. Shuning uchun ham ularning boy, serqirra ijodlari, tengi yuq va takrorlanmas ilmiy- falsafiy, badiiy, tarixiy asarlari asrlardan asrlarga, davrlardan davrlarga eson-omon utib, barcha alg`ov-dalg`ovlarga bardosh berib bizlargacha etib keldi. Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari ijodida yuksak bosqichga kutarilgan musavvirlik san`ati Sharq uyg`onish davrining yutuqlaridan biridir. Behzod uzining takrorlanmas ijodi, guzal miniatyura san`ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda ham uchmas iz qoldirgandir. «Ikkinchi Moniy», «Sharq Rafaeli» deb yuksak darajada e`zozlangan Behzod mashhur suz san`atkorlari - Jomiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon va boshqalarning siymolarini yaratgan yuksak Ma`naviyat egasidir. Temuriylar davri ilm-fan, madaniyat, Ma`rifat rivoji Mirzo ulug`bek (1394-1449) ning nomi bilan chambarchas bog`lanib ketgan. u davlat arbobi, fan, Ma`rifat homiysi, buyuk olim va munajjim.
44[44]
Þ3îðèäà êåëòèðèëãàí 5ãèòëàð «Àìèð Òåìóð 5ãèòëàðè» ò5ïëàìèäàí êåëòèðèëäè. «Íàâð5ç», Òîøêåíò, qoow. u uzi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-Ma`rifat markaziga turli sohalarda ish olib boruvchi 100 dan ortiq ilm ahllarini tuplab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, g`iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Havofiy, Abul Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi zamonaning zabardast olimlari bulgan. Mirzo ulug`bek shu asosda Samarqandda «Samarqand akademiyasi» -»ulug`bek akademiyasi»ga asos solgan edi. «Ziji jadidi Kuragoniy» («Kuragoniyning yangi astronomik jadvali») va «Turt ulus tarixi» nomli asarlarning muallifidir. Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha «ulug`bek geometriya borasida Evklidga, astronomiya sohasida Ptolomeyga uxshardi». Mirzo ulug`bek fan homiysi bulishi bilan birga, mamlakatda Ma`rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. u Movarounnahrda bir emas uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqandda (1417-1420); ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi «ijduvonda (1433) dir. Hatto, Buxorodagi madrasa peshtoqiga xadisdan; «Ilm olish har bir mumin va muslima uchun farzdir», - deb yozdirib quydi. ulug`bek kuproq buyuk olim, ilm-fan, Ma`rifat homiysi bulgani uchun ham yanada qadrlidir. u geometriya, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, mantiq, musiqa ilmlarini bilgan. Quron, xadis va fiqx ilmlaridan ham yaxshi xabardor bulgan allomadir. XV asrda aniq fanlarning, xususan astronomiyaning rivojida ulug`bekning xizmatlari beqiyosdir. uning dahosi bugun ham insoniyatga xizmat qilmoqda. Temuriylar davri Ma`naviyati va Ma`rifati rivoji uzlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san`at rivojiga bag`ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiy (1441-1501) larning nomi bilan chambarchas bog`liqdir. Abdurahmon Jomiy urta Osiyo xalqlari Ma`naviy olamida, badiiy tafakkur osmonida yorqin nur sochib, uchmas iz qoldirgan mutafakkirlardan biridir. Abdurahmon Jomiy temuriylar davri dunyoqarashi, mafkurasi bulmish naqshbandiychilikka ixlos quygan, uni qabul qilgan, uzi shu yuldan borgan va uning g`oyalarini targ`ib etgan. Naqshbandiychilik adolatni, uz mehnati asosida bunyod etilgan halol luqmani ma`qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, g`irrom yullar bilan mol-mulk tuplashni qoralagan. Bu ta`limot insonparvarlik, rostguylik, halollik, mehnatsevarlik, Ma`naviy poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insoniy fazilatlarni ulug`lagan. uning «Dil ba yoru, dast ba kor» - «Kungil Ollohdayu, qul mehnatda» shiori Jomiy va Navoiy kabi mutafakkirlarni uziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug` siymo, suz san`atkorlari naqshbandiychilik yulini qabul qilganlar va uz ijodlarida uning g`oyalarini tarannum etganlar. Abdurahmon Jomiy «Xiradnomai Iskandar» («Iskandar aqlnomasi») asarida el-ulus dardi bilan yashovchi, uning arzu-dodiga quloq tutuvchi hukmdor siymosini yaratadi. Hukmdor adolatli va odil bulishi lozim deb, odillik va adolatni nurga uxshatadi. uzbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, uzbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy urta Osiyoning Ma`naviy va ma`rifiy fikr taraqqiyotida alohida urin tutadi. u adabiyot, san`atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. «Chor devon», «Xamsa», «Mahbubul-qulub», «Muhokamatul-lug`atayn», «Majolisun-nafis», «Lisonut-tayr» va boshqalar shular jumlasidandir. Navoiy uz asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini quyadi. Odami ersang demagil odami, Oniki yuq xalq g`amidin g`ami, - bayti Navoiy Ma`naviyati va insonparvarligining markaziy nuqtasi desak, hech yanglishmaymiz. Navoiy butun umri buyicha insonparvarlikni, odamiylikni kuylab, uni ulug`lab utgan. Kishilar g`amida bulish, yaxshilik qilish, muruvvat kursatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bulgan. uning qabrida mana bu suzlar bitib quyilgan: «Shohi g`aribon», ya`ni g`ariblar, yolg`izlar, faqirlar shohi. Navoiy saxovat va muruvvatda benazir inson bulgan. uzining joylardagi er-suvlari, mol- mulklaridan kelgan daromadlarini tulaligicha xayriya ishlariga sarflagan. Birgina Hirot shahrida uzining jamg`armasi hisobidan qanchadan-qancha binolar, inshootlar barpo etgan. Injil kanalining janub tomonida katta tibbiyot uquv yurti va shifoxona barpo ettirgan, ularga taniqli tabib va dorishunoslarni jalb etgan. Ixlosiya madrasasi yonida katta saroy qurdirib, undagi mehmonxonada kambag`al beva-bechoralarni tekin ovqat bilan ta`minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming pustin va kiyim-kechak tarqatgan. Bundan tashqari kanal qazdirib, Mashhad shahriga suv keltirgan. Navoiyning bundan qariyb 550 yil avval ilgari surgan g`oyalari asrlar osha ahamiyatini, hayotiyligini yuqotgani yuq, Prezidentimiz Islom Karimovning insonparvarlik, xalqlar tinchligi uchun olib borayotgan kurashi bilan hamohang bulib yangramoqda. Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, Ma`rifat, Ma`naviyat va madaniyati jahon tsivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa bulib qushildi. Bunda ulug` bobomiz, davlat arbobi, sarkarda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazirdir. Buni hammamiz, ayniqsa Siz talaba yoshlar tug`ri anglamog`ingiz lozim, ul ulug` zot ila faxrlanishimiz barchamizning burchimiz. Milliy mustaqillik tufayli jahon Ma`naviyati va Ma`rifati sahnida uz urinlariga ega bulgan piru-komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy Ma`naviy-ma`rifiy merosni teran anglash, urganish va ulug`lash imkoniyati yuzaga keldi. Inchunun, ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, Ma`rifat homiysi, yuksak Ma`naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan, abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz, Siz kabi talaba yoshlarning ruhiy-Ma`naviy poklanishi va milliy uzligini anglashning bitmas-tuganmas chashmasidir. Biz bugun yashatayotgan Mustaqil uzbekiston davlatidagi tarixiy shaharlar, guzal makonlarning kupchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg`onish davri buldi. 150 yillik mustamlakachilik, o`0 yillik qaramlik va tobelik yillarida shunday buyuk zot, dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug` bunyodkor Amir Temur shaxsiyatining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkonidan mahrum bulib yashadik. Shuro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz tug`risida ikki og`iz iliq suz aytilgan barcha manbalar kuzdan yashirildi, taqiqlandi yoki soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora buyoq bilan uchirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g`urur tuyg`usini yuqotish, uni qaramlikka, tobe`likka kundirish edi». YOki Prezidentimizning yana quyidagi suzlarini eslayliku` «Shuro davrida bizga Amir Temurni bosqinchi, zolim, qonxur jallod, borib turgan johil, deb uqtirib kelishdi..... Amir Temur haqidagi bu uydirma - sof siyosiy maqsadlarni kuzlagan tuhmatdan iborat. Bilasizmi, bu ishlarning tagidagi maqsad bitta bulgan: ya`ni, bizning uzligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga quyar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga quygan bulamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. uzligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz». uzbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezidentimiz Islom Karimov boy Ma`naviy merosimiz, dinu-iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug` bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqdagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. uzbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrlidir. Xorijda siymosi yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, evropa tillarida u00 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, kupdan-kup suvratlari ishlangan, qisqasi, dunyoga mashhur bulgan ulug` zot Amir Temur yana xalqimiz qalbidan munosib urin oldi.
Istiqlolimiz endi kurtak otayotgan davrda Toshkentning qoq markazidagi xiyobonda sohibqironga urnatilgan muhtasham haykal mustaqillik poydevoriga quyilgan oltin g`isht buldi. Oradan sal utib, 1994 yilda Mirzo ulug`bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda esa sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar utkazildi. Parijdagi YuNeSKO qarorgohida utkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi. uzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga kura «Amir Temur» xayriya jamg`armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar utkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot - «Amir Temur» ordeni ta`sis etildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyinig barpo etilishi respublikamiz, xalqimiz hayotida muhim voqea buldi. Yubiley munosabati bilan kuplab tarixiy-ilmiy asarlar, risolalar, al`bomlar va boshqalar nashr etildi. Shu urinda Amir Temurning uzi yaratgan «Temur tuzuklari» risolasini, akademik Buriboy Ahmedovning «Amir Temur» tarixiy romanini, Erkin Azimovning «Amir Temur saltanati» risolasini, Abdulla Oripovning «Sohibqiron» she`riy dramasini Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiylarning «Zafarnoma» asarlarini, F. Ashrafiyning «Temuriylar davri miniatyurasi» kabi nashrlarni alohida qayd etish mumkin. Bularning hammasiga mustaqillik tufayli erishdik. Yuqorida aytganimizdek, uzoq yillar davomida mustamlaka va qaramlik iskanjasi ostida kun kechirgan xalqimiz Amir Temur kabi uz vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib uringa quyish imkonidan mahrum edi. Bunga intilgan va bu yulda tirnoq qonatgan olim, faylasuf, tadqiqotchiga millatchi, utmishni ideallashtiruvchi degan tamg`a bosilar edi. Ollohga shukurlar bulsinkim, Mustaqillik tufayli bularning hammasiga barham berildi. Mustaqillikning mana shu nurafshon kunlarida yurtimiz uzra Amir Temurning ruhi bizdan rozi bulib kezib yurgan bulsa ne ajabA` Bularning hammasi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik tufayli uzbek xalqining Ma`naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling