milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi
Download 206 Kb.
|
5111600-Milliy goya, manaviyat asoslari va huquq talimi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchilar
- I. UMUMIY QOIDALAR
- Malaka talablar
- Attestatsiya sinovi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 5111600 – MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI BITIRUVCHILARINING FANLARARO YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA SINOVI DASTURI 2021/2022 o’quv yili Tuzuvchilar: Talapov B. A. NamDU YUridik fakulteti dekani, t.f.n., dotsent Mamatov O. V. NamDU “Milliy g’oya va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri, f.f.n. Qozoqov. T. Q. NamDU “Milliy g’oya va huquq ta’limi” kafedrasi dotsenti, Taqrizchilar: Ismoilov M. I. Namangan Muxandislik qurilish instituti, ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, f.f.d. Ismoilov T. I. NamDU “Milliy g’oya va huquq ta’limi” kafedrasi dotsenti v.b., falsafa doktori (PhD) Akayeva M.A. NamDU “Davlat boshqaruvi va huquqi” kafedrasi dotsenti, yu.f.d. 5111600 – “Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi “Milliy g’oya va huquq ta’limi” kafedrasining 2021-yil «26» 11 dagi № 4-sonli majlisida muhokama qilingan hamda tasdiqqa tavsiya etilgan. Kafedra mudiri Mamatov O. V. 5111600 – “Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi Namangan davlat universiteti Kengashining 2021-yil «14» 12 dagi № 4-sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlangan. Kengash kotibi M. Asqarova I. UMUMIY QOIDALAR 1. 5111600 – “Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi (keyingi o’rinlarda – Dastur) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risida”gi Nizom, 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “5111600 – “Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat ta’lim yo’nalishining malaka talablari” (keyingi o’rinlarda – Malaka talablar) hamda № V5111600-18 tartib raqami bilan ro’yxatga olingan o’quv rejasining (keyingi o’rinlarda – O’quv rejasi) umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o’quv dasturlari asosida tuzildi. 2. Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi (keyingi o’rinlarda – Attestatsiya sinovi) O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibga ko’ra, bitiruvchilarning YAkuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan biri hisoblanib, unda ta’lim yo’nalishi xususiyati, iqtidori va xohishiga ko’ra bitiruv malakaviy ishi yozish istagini bildirmagan, o’quv rejasidagi ta’lim dasturlarini to’liq o’zlashtirgan bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishlari shart. 3. Attestatsiya sinovini topshirishga o’quv reja va fan dasturlarini to’liq tugatgan va o’quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan talabalarga ruxsat beriladi. 4. Attestatsiya sinovi O’quv rejasining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining barchasini qamrab oladi hamda sinov topshiriqlari ushbu fanlar o’quv dasturlari asosida tuziladi. 5. Attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo’yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining Malaka talablarida bitiruvchiga qo’yiladigan umumiy talablarga javob bera olish darajasini aniqlashga yo’naltiriladi. Download 206 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling