II. ATTESTATSIYA SINOVI SHAKLI VA MUDDATI
6. 2021/2022 o’quv yilida 5111600 – “Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining Attestatsiya sinovi – yozma shaklda o’tkaziladi.
7. Dastur Universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan sanadan boshlab, o’quv yili yakuniga qadar Attestatsiya sinovi shaklini o’zgartirish mumkin emas.
8. Attestatsiya sinovi universitet o’quv jarayoni grafigiga asosan, o’quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan muddatlarda o’tkaziladi va kamida bir oy oldin talabalarga etkaziladi.
III. ATTESTATSIYA SINOVI SAVOLNOMASI
9. Attestatsiya sinovi savolnomasi ta’lim yo’nalishi Malaka talablarining
- bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga;
- kasbiy faoliyatga;
- umumkasbiy va ixtisoslik fanlariga qo’yilgan talablarni qamrab oladi.
10. Attestatsiya sinovi savolnomasi ta’lim yo’nalishi O’quv rejasida keltirilgan quyidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlar dasturlari asosida shakllantirildi:
1. Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarni o’qitish metodikasi fanidan savollar
Milliy g’ova, ma’naviyat asoslarini o’qitish metodikasi kursining dolzarbligi.
Milliy g`oya fanini o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi aloqalar.
Milliy g`oya fanini o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Milliy g’oya darslarida qo’llaniladigan metodlarining uyg’unligi.
Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fanini o’qitish metodlari.
Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fani darslarida ko’rsatmali o’qitishning roli va hususiyatlari.
O’qituvchi va o’quvchilarning milliy g’oya bo’yicha turli ko’rsatmali qurollar bilan ishlash usullari.
Milliy g’oya fani o’qituvchisiga qo’yiladigan zamonaviy talablar.
Milliy g’oya darslarida o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini, tekshirish hamda baholash.
MiIliy g’oya va ma’naviyat asoslari darslarida pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish.
Milliy g’oyani o’rganishda masofali o’qitishning o’rni.
Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fani bo’yicha sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar.
Huquq o’qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalar.
Huquq fani darslarida manbalar va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash.
Huquq fanlarini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish yo’llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |