Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar


Download 0.58 Mb.
bet4/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g‘oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o‘lmas g‘oyalar xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlab, ularni o‘z erki uchun kurashga sag‘arbar etib kelgan.

Ozodlik g‘oyasi – mazlumlarnio‘z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik va qaramlikning har qanday ko‘rinishini inkor etadigan g‘oyadir.

Mustaqillik g‘oyasi – engulug‘ va ezgu g‘oya. Har bir xalq istiqlol tufayli o‘ziga yot va begona tuzumdan, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy tazyiqlardan xalos bo‘ladi, o‘z salohiyatini to‘la-to‘kis ishga solish, o‘zi istagan va o‘zi tanlagan yo‘ldan borish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Adolat va haqqoniyat g‘oyalari – insonningtabiati va ijtimoiy tuzumning mohiyatini belgilaydigan, qudratli kuchga ega bo‘lgan g‘oyalardir. Odamlar asrlar mobaynida odil jamiyatni orzu qilib, haqiqat tantanasi uchun kurashib kelgan. Adolat buzilgan erda umidsizlik va tushkunlik hukm suradi. Adolat tantana qilgan jamiyat yuksaklikka ko‘tariladi.

Milliy g‘oyalar – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oyalar shakli.
Milliy g‘oya O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etadi.
Millat g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan, strategik maqsadlarni o‘zida ifoda etadi.
Milliy g‘oya tushunchasi tom ma’no-mazmunini ozodlik, tinchlik, insoniylik, mehribonlik, sadoqat, fidoiylik, o‘zaro mehr-oqibat, muruvvat, do‘stlik, birodarlik, bag‘rikenglik kabi eng oliy qadriyatlar tashkil qiladi.
Milliy g‘oya o‘zining mohiyati bo‘yicha millatning manfaatlarini umumlashtiradigan, uni o‘z oldiga qo‘ygan yagona oliy maqsadlari sari birlashtiradigan va sag‘arbar etadigan g‘oyadir. Unda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi g‘oyalar umummilliy g‘oyalar qatoriga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning fikricha: «Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz»1.
O‘z milliy g‘oyasini, o‘zligini anglagan va uni hayotining ma’no-mazmuniga aylantirgan millat ozod va obod Vatanda yashashi, aks holda esa, u vaqt o‘tishi bilan millat sifatida yo‘q bo‘lib ketishi ham mumkin. Milliy g‘oya har bir millat va u bilan yonma-yon yashayotgan barcha boshqa etnos vakillari hayotida ham naqadar muhim o‘rin tutishi, insoniyat taraqqiyotibosqichlarining yana bir qonuniyati desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi2
Har bir millatning milliy g‘oyasi, avvalambor shu millat a’zolarining ongi va qalbida, millatning tarixiy xotirasi orqali avloddan avlodga o‘tib, yangi-yangi g‘oyalar bilan boyib, sayqal topib boradi. Bu g‘oyalar millatning urf-odatlari, udumlari, to‘y-marosimlari, og‘zaki ijodiyoti, uning falsafiy, diniy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, badiiy, go‘zallikka oid qarashlari va mentalitetida mujassamlanib o‘z ifodasini topib boradi. Xususan, donishmand xalqimizning milliy g‘oyalari minglab u yaratgan dostonlarda, maqol va matallarda, rivoyat va ertaklarda, «Avesto» va boshqa qadimiy yozma yodgorliklarda, buyuk ajdodlarimizning asarlarida, sohibqiron Amir Temur o‘gitlarida, ulug‘ mutafakkir bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy hazratlarining she’rlari va boshqa mashhur fozilu-fuzalolarimizning qarashlarida uchraydi. Masalan, «O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil», «Qora ko‘ngil - yara ko‘ngil», «Qing‘ir ishning qirq yildan keyin ham qiyig‘i chiqar», «Qarg‘a bo‘lma - qayrilasan, issiq joydan ayrilasan», «YAxshilik to‘rga eltar, yomonlik - go‘rga», «Esing borida etagingni yop», «Ona yurting - oltin beshiging» va boshqa ko‘plab xalq maqollari milliy g‘oyamizning ayrim ko‘rinishlaridir.
Mashhur adibimiz Sultonmurod Olim aytganidek, Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning «O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat» - degan g‘oyasi milliy g‘oyamizning ustuni desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi1. Bundan tashqari, Islom Karimov tomonidan bildirilgan: «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «YAngi uy qurmay turib, eskisini buzma», «Biz dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaymiz», «Bizning uyimiz yagona Turkiston», «SHuaziz Vatan - barchamizniki», «Vatan - bittadir», «Savob ishni har kim qilishi kerak va har kun qilishi kerak», «Kuch - bilim va tafakkurda» va boshqa g‘oyalar xalqimizning hozirgi vaqtdagi dolzarb milliy g‘oyalari desak ham bo‘ladi.
Mustaqil taraqqiyot yo‘lida aniq marralarni ko‘zlab yashashimizda, pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g‘oya, milliy mafkura2.
Milliy g‘oya – mazmun-mohiyati, maqsad va vaziflari Islom Karimov asarlarida asoslangan ta’limot. Uning mazmuni quyidagilardan iborat: 

  • tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish va o‘zlikni anglash mezoni bo‘lish;


  • xalqimizni tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy bayroq vazifasini o‘tash;


  • inson qalbi va ongiga ijrbiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular, go‘zal va hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam etish;


  • har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan eng maqbul yo‘lni ko‘rsata olish.


  • O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqli bo‘lish;


  • Mamlakatimiz aholisi ongi va qalbida «O‘zbekiston-yagona Vatan» degan tuyg‘uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish;


  • turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‘lish;


  • biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo‘lida siyosiy qurolga aylantirmaslik;


  • har qanday ilg‘or g‘oyani o‘ziga singdirish va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob bera olish;


  • sub’ektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan holi va jamoatchilikning xolis fikriga tayanuvchi ob’ektiv mafkura bo‘lish;


  • so‘zbilanishni, nazariyabilanhayotnibirlashtiraolish;


  • davro‘zgarishlarigaqarab, o‘ziifodalaydigang‘oya, manfaat, maqsad-muddaolarniamalgaoshirishningyangi-yangivositalarinitavsiya eta olish, ya’niyangichavaziyatga tez moslashadiganhozirjavobvaijodiybo‘lish.




Mafkura(arab. – fikrlar majmui) – muayyanijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi.

Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tuzilishidir.
Har qanday mafkura muayyan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo‘lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Ma’lumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo‘ladi:

  • odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish;


  • shu g‘oyani atrofida uyushtirish;


  • kishilarni ma’naviy – ruxiy jihatdan rag‘batlantirish;


  • g‘oyaviy tarbiyalash;


  • g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;


  • harakat dasturi bo‘lish.


Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g‘oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan kutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag‘ishlaydi. Milliy mafkuramizning oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g‘oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O‘zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga sag‘arbar etishdir.


Milliy mafkuramizning Bosh g‘oyasi : Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish;
Milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalari:
  1. Vatan ravnaqi


  2. YUrt tinchligi


  3. Xalq farovonligi


  4. Komil inson


  5. Ijtimoiy hamkorlik


  6. Millatlararo totuvlik


  7. Dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik)


Hozirgi paytda kimning g‘oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo‘lsa – o‘sha g‘alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir.


Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o‘z aksini topadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml ma’suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. SHu bilan birga men milliy istiqlol g‘oyasi bugungi tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan tahlikali dunyoda o‘zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o‘sib kelayotgan avlodga etkazishga xizmat qilmog‘i zarur, deb bilaman”1
Jamiyatda ezgu g‘oyalar barcha davrlarda insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo‘lida e’tiqod bilan kurashishga o‘rgatadi.
Islom Karimov o‘zining “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida quyidagicha e’tirof etadi:“Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi. Avvalambor, shuni aytish joizki, olis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo‘ri mahsuli bo‘lmish bu noyob yodgorlikning zamon to‘fonlaridan, qanchadan-qancha og‘ir sinovlardan o‘tib, bizning davrimizgacha etib kelganining o‘zida katta ma’no mujassam. Bunday o‘lmas osori atiqalar bu ko‘hna o‘lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo‘lganidan guvohlik beradi”2.
Islom falsafasida va hadisalarda tabiatni asrash, ilm olish, odamiylik, vatanparvarlik, hallolik, ruhiy poklik, rahm-shafqatli, mehr-oqibatli va adolatli bo‘lish, ota-onani va ayolni ulug‘lash to‘g‘risidagi ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Hadislardagi «Ilmga nisbatan go‘yo cho‘pon kabi posbon bo‘linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo‘lmanglar», «Ilm o‘rganish har bir mo‘min uchun farzdir», «Ilmu hunarni Xitoydan borib bo‘lsa ham o‘rganinglar», «YOshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqsh kabidir», «Bir-birlaringizga hayr-ehsonli, mehr-oqibatli bo‘lib, qo‘l berib so‘rashib yuringlar, shunda dillaringizdagi g‘amu-g‘ashlik ketadi», «Vatanni sevish imondandir», «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «Bir-birlaringizga ehson qilinglar, chunki ehson dildagi muhabbatni oshiradi», «Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, «Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so‘ng otangga yaxshilik qil», «Sizlarning yaxshilaringiz ahloqi yoqimli bo‘lganlaringizdir», «Ekmak niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda behosdan qiyomat qoyim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham ulgursangiz uni ekib qo‘yavering»,1 degan da’vatlarda ezgulik va insonparvarlik g‘oyalari mujassamlashgan. SHarqda, ya’ni Turon zaminida esa jamiyat rivoji va bunyodkorlik g‘oyalari xususida Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy qarashlari o‘ziga xos o‘rin tutadi. «Al-muallim as-Soniy» («Ikkinchi muallim»), SHarq Aristoteli deb nom olgan Abu Nasr Forobiy (873-990 y.y) o‘zining «Fozil odamlar shahri», «Fuqarolik siyosati», «Baxt saodatga erishuv haqida» kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tuzum haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilib, o‘z davri uchun izchil ta’limot yaratdi. U har tomonlama etuk, barcha aholini baxt-saodatga, ilm-ma’rifatga olib boruvchi yuksak axloqqa ega ideal jamoa haqidagi g‘oyalarni olg‘a surdi.
Abu Nasr Forobiy: «Insonning mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirib, bu yo‘lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi»2 deb alohida ta’kidlagan. O‘sha davrning buyuk mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning bu boradagi qarashlari ham o‘ziga xosdir.
Ular har bir narsani kuzatish va tajriba asosida o‘rganishga, keyin xulosa chiqarishga intilganlar, barcha bunyodkorlik insonning mehnatiga bog‘liqligini ta’kidlaganlar. Buyuk o‘zbek shoiri, mutaffakkiri va davlat arbobi Alisher Navoiy esa o‘z asarlari bilan jamiyat taraqqiyotining zamonasiga xos fazilatlarni yoritishga harakat qilgan. U she’rlari va dostonlarida razolatga, beqarorlikka, urushu janjallarga, ma’rifatsizlik, jaholatga qarshi kurash g‘oyalarini ulug‘laydi. Insonlarni mehnatga, yaratuvchanlikka, adolatga chaqiradi. Ma’rifatga asoslangan jamiyat yaratishni orzu qiladi. Uning bu orzulari «Farhod va SHirin», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarida o‘z ifodasini topgan. SHoirning bevosita o‘zi ham bunyodkorlik ishlariga bosh-qosh bo‘lgan.
Buyuk mutasavvuflar: Xoja YUsuf Xamadoniy, Ahmad YAssaviy, Abdulholiq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro; muhaddislar: Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotlarida aks etgan komil inson g‘oyalari, adolat haqidagi qarashlari jamiyatning sog‘lom ma’naviy-ahloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qildi. Bu g‘oyalar Vatan va xalq manfaati yo‘lida fidoyilik va insonparvarlikni ulug‘ladi.
Ezgu g‘oyalar Mahmud Qoshg‘ariy, YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Mirzo Abdulqodir Bedillar ijodida chuqur o‘rin egalladi va o‘zbek davlatchiligining rivojlanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Bilim va aql-idrok orqali ezgu ishlar qilish to‘g‘risida YUsuf Xos Hojibning quyidagi fikrlari e’tiborga molik. «Tabiat kimga zakovat, aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo‘l uradi», - deb yozgan edi Qutadg‘u bilig (XI) nomli asarida. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomulmulkning «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari surildi. Bu g‘oyalar Temuriylar davlati g‘oyaviy tamoyillarining ustuvor yo‘nalishi edi. Amir Temurning bunyodkorlik g‘oyalari va amaliy faoliyatikatta ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy maqsadi bunyodkorlik va yaratuvchilik edi. Jumladan, u «Temur tuzuklari»da: «Agar fuqarodan birining uy imorati buzilib, tuzatishga qurbi etmasa kerakli uskunalarni etkazib berib, unga yordam berilsin», deb ko‘rsatma beradi. SHu o‘rinda, YUrtboshimizning Amir Temur o‘z davlatini aql zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan desak adolatdan bo‘ladi, degan fikrlari nihoyatda o‘rinlidir. Zero, Sohibqiron o‘z bunyodkorlik maqsadiga erishish uchun sobitqadamlik bilan harakat qilgan. Jumladan, bu haqda «Temur tuzuklari»da yozganidek, «Biror ishni bajarishni o‘ylasam butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim»2, - degan so‘zlari bugun ham ibratlidir.
Movarounnahr, Xuroson va boshqa joylarda bunyod etgan inshootlari, uning o‘zi va Temuriylar sulolasi davridagi madaniyat, fan va adabiyot sohasidagi yutuqlar bunga misol bo‘la oladi. Barcha davrlarda va turli xalqlar tarixida milliy g‘oya va mafkura o‘zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyati va imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishda beqiyos omil bo‘ladi.
Hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi (1869-1948) o‘z ma’naviyati, g‘oyalari va ilg‘or qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan biriga aylandi. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindlar bilan musulmonlarning o‘zaro do‘stligini mustahkamlashga intildi. Gandi din bilan siyosatni bir-biriga bog‘lashga harakat qildi. Fidoyilik va vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatdi. Men uyim to‘rt tomondan devor bilan o‘ralib, derazalarim zich bekitib qo‘yilishini istamayman. Barcha mamlakatlar madaniyati uyimga erkin kirib kelishini xoxlaymanu, lekin uning oyog‘imdan qoqib yiqitishini ham istamayman degan edi. Darhaqiqat, Mahatma Gandi Hind xalqining fidoyi vatanparvari bo‘lib, u boshqa xalqlar ma’naviyati ta’sirida o‘z xalqi madaniyati va taraqqiyotining yanada rivojlanishini istar edi.Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. YApon milliy mafkurasi «milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «fuqarolik burchi», «yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizatsiya» kabi g‘oya va tushunchalariga asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarga poydevor bo‘ldi.
Insoniyat tarixining muayyan davrlarida ba’zi mafkuralar davlat ideologiyasi darajasiga ko‘tarilgan. Zamonlar o‘tishi bilan ularning ayrimlari o‘z mavqeini yo‘qotgan, lekin millat ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida saqlanib qolgan. Xalq ulardan quvvat olgan, ma’naviy oziqlangan, ular orqali o‘z qadriyatlarini saqlagan.
Insoniyat tarixida o‘z talab-ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirish istagi talonchilik va bosqinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor millatchilik, fashizm va ekstremizm kabi mafkuralarni yuzaga keltirgan. Bunday g‘oyalar xalqlar boshiga ko‘p kulfat va musibatlar solgan.
O‘z tarixini asosan XIX asrdan boshlagan ana shunday mafkuralardan biri – sinfiyantogonizm g‘oyalarini mutlaqlashtirgan va hokimiyatni qurol kuchi bilan egallab olgan sobiq kommunistik tuzum mafkurasi edi. Sinfiy kurash g‘oyasi asosiga qurilgan va millionlab kishilar taqdirida mash’um iz qoldirgan bu mafkura jamiyatni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga ajratib yubordi. Sinfiy kurash chizig‘i nafaqat ijtimoiy guruh va qatlamlar orqali, hatto oilalar va insonlar ruhiyati orqali ham o‘tdi. Oqibatda grajdanlar urushiga nazariy poydevor qo‘yildi. Inson tabiatiga, uning mohiyati va ruhiyatiga zid bo‘lgan birodarkushlik holati vujudga keldi. O‘g‘il otaga, uka akaga, do‘st o‘z birodariga qo‘l ko‘tarishi yoqlab chiqildi, rag‘batlantirildi. Bular mardlik va sinfiy onglilik namunasi deb talqin etildi. Natijada, milliy qadriyatlar toptaldi, millionlab kishilar halok bo‘ldi, butun boshli xalqlar o‘z vatanidan badarg‘a qilindi. Bu o‘rinda o‘tgan asrning 30-yillari boshida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish jarayonidagi quloq qilish, undan keyingi siyosiy-mafkuraviy qatli omlar, Ikkinchi jahon urushida “dushmanga sotqinlik”da ayblanib o‘nlab xalqlarning o‘z ona diyorlaridan badarg‘a qilinishi singari jinoyatlarni eslash kifoya.
Zo‘rlik asosiga qurilgan va ziddiyatli tizimga asos bo‘lgan bu mafkura dunyoning oltidan bir qismini egallagan ulkan saltanat va sotsialistik lager hududida etmish yil hukm surdi. Oxir-oqibat o‘zining g‘ayriinsoniy va g‘ayrimilliy mohiyati, mustabid tabiati tufayli tanazzulga yuz tutdi. O‘zi tayanch bo‘lgan davlat boshqaruvini ham o‘zi bilan birga olib ketdi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling