Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet7/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Elektron manbalar:
  1. www. tdpu.uz


  2. www. ziyonet.uz


  3. www. edu.uz


  4. www. manaviyat.uz


  5. www. google.uz




2-MAVZU: MILLIY G‘OYANING NAZARIY KONSEPTUAL ASOSLARI
REJA:
1. Milliy g‘oya O‘zbekiston jamiyati rivojlantirishning g‘oyaviy konseptual asosi
2. Milliy g‘oyani shakllantirishda ilmiy, ma’naviy merosning o‘rni
3. Milliy g‘oyani mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishi, xavfsizlik va barqarorlini ta’minlashning muhim omili

Tayanch tushuncha va iboralar:
G‘oyaviy konseptual asos, g‘oyaviy-mafkuraviy asoslar, xalqimizning ilmiymerosi, ma’naviymeros, tarixiymeros, falsafiy meros, milliy g‘oya zarurati,jamiyat taraqqiyoti, mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichi, ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlik, strategik maqsad, erkin demokratik jamiyat, barqarorlik, ma’naviy barkamollik, milliy g‘oyaning strategik va taktik vazifalari,fuqarolik jamiyati, kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari, partiya, huquqiy demokratik davlat, SHarqona demokratiya va hk.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston jamiyati oldida turgan eng katta vazifa - barpo etilishi lozim bo‘lgan davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy qiyofasini hamda O‘zbekiston jamiyati rivojlanishining g‘oyaviy konseptual asosini aniqlab olish edi. Pirovard natijada bunday qiyofaning chizgilari yuzaga keldi. “Bizning bosh strategik maqsadimiz – deb yozgan edi, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov, 2000 yili nashr etilgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasiga yozilgan so‘zboshida, – bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. YUrtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun, millati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta’minlash davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Bu – xalqimizning asriy an’analariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, rivojlangan davlatlarning tajribalaridan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmasdan, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos rivojlanish yo‘lini izchil davom ettirish demakdir”1.
O‘zbekistonda qurilayotgan yangi jamiyat o‘zining g‘oyaviy konseptual asoslariga suyangandagina pirovard maqsadga erishish mumkin. Qayd etish lozimki, o‘zbek xalqining ming yilliklar davomida yaratgan o‘ziga xos g‘oyalari - tinchlik, ozodlik, hurlik, mustaqillik, ezgulik, barqarorlik, ma’naviy barkamollik, shaxsni ulug‘lash, uning manfaatlarini hurmatlash - bularning bari yangi shakllanayotgan jamiyatimizning g‘oyaviy poydevori hamda konseptual asoslari hisoblanadi.
Qayd etish lozimki, O‘zbekistonda milliy tiklanish, bir tomondan milliy o‘zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g‘oyaviy konseptual asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish asnosida yuz berdi.
Ma’lumki, sotsialistik ishlab chiqarish usulidan bozor munosabatlariga o‘tish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning uchun kishilardagi eskicha tafakkur tarzini o‘zgartirish, iqtisodiyotda erkinlashtirish jarayonini avj oldirish, islohotlarni chuqurlashtirish kerak edi. Bu borada ayniqsa xo‘jalik yurituvchi subektlarning mustaqilligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, uning huquqiy bazasini mustahkamlash lozim bo‘ldi.
SHu boisdan ham “Bu - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat, – deb yozgan edi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov.
Bu yo‘nalish yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda etakchi o‘rinni egallaydigan, fuqarolarning muhim daromad manbai va mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosi bo‘lgan xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish, kichik va o‘rta biznes hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi”1.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish eng avvalo uning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslarini mustahkamlashni talab etadi. Agar har bir sohadagi, jumladan, iqtisodiy jabhadagi islohotlar g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta’minlanmas ekan, jiddiy milliy tiklanish to‘g‘risida fikr yuritish mushkuldir.
Xo‘sh, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda uning qaysi g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga suyanish lozim? Avvalo, iqtisodiy hayot erkinlashishi lozim. SHuningdek, ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, mulkdorlar sinfining shakllanishi o‘ta muhimdir. Biroq, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi eng muhim g‘oyaviy asos - fuqarolarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatini yaratib berishdir.
Mamlakat iqtisodiy hayotini barqarorlashtirish, milliy tiklanish konsepsiyasida ijtimoiy hamkorlik va evolyusion taraqqiyot kabi g‘oyalarning o‘rni kattadir.
Ijtimoiy hamkorlik davlat va millat taraqqiyotida har bir soha uchun muhimdir. Siyosat, ijtimoiy soha, iqtisodiyot, madaniy jabhadagi hamkorlik milliy tiklanish uchun kuchli poydevor hisoblanadi. Ayniqsa shu narsani yodda tutish lozimki, davlatning bosh islohotchilik roli jamiyatdagi ijtimoiy hamkorlikni ta’minlaydigan iqtisodiy asoslarni, siyosiy vazifani, madaniy muhitni, qonuniy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, boshqarish va nazorat qilish faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kundagi muhim muammolardan yana biri – O‘zbekiston jamiyati rivojlanishining g‘oyaviy konseptual asosi bo‘lgan milliy g‘oyaning strategik va taktik vazifalari masalasidir. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida qayd etilganidek, “O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‘oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi. Har bir inson, uchun muqaddas bo‘lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi”2.
Mamlakatimizda milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirish millat va jamiyat oldida turgan vazifalarni aniqlashtirib olishni talab qiladi. Umuman, bu vazifalar milliy mafkuraning bosh g‘oyasidan kelib chiqadi. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik – bular milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirishdagi muhim nuqtalardir.
YUqorida ta’kidlanganidek, davlat va jamiyatning bundan keyingi rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish va demokratiyalash bilan bevosita bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, ijtimoiy-siyosiy sohada demokratiya amalga oshirilmas ekan - milliy tiklanish to‘g‘risida fikr yuritish befoydadir.
Umuman, fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishdir. O‘zbekistonda bu jarayon “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” degan tamoyil asosida olib borilmoqda.
“Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari” konsepsiyasi o‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga ega bo‘lib, ular O‘zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, shakllangan qadriyatlar darajasi va ko‘lami bilan belgilanadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish vazifasi birdaniga hal bo‘lmaydi. Uning uchun ma’lum shart-sharoitlar etilgan bo‘lishi lozim. Bular quyidagilardan iborat:
- jamiyat fuqarolarida eski tafakkur tarzini yo‘qotish, g‘oyaviy-ma’naviy boqimandalik hissini bartaraf etish;

  • kishilarda jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga befarqlikni, jamiyatdan begonalashuv kayfiyatini bartaraf etish;


  • insonning siyosiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini ko‘tarish, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissini shakllantirish;


  • odamlarda o‘z-o‘zini boshqaruv organlarida, jamoat tashkilotlari, nodavlat muassasalarida erkin faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmasini paydo qilish;


  • mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish orqali demokratik jamiyat qurish mexanizmining huquqiy-qonuniy asoslarini yaratish;


  • davlat tuzilmalarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga ko‘r-ko‘rona aralashuv mexanizmini yo‘q qilish;


  • qonunlar ijrosini ta’minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bo‘lgan meyoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.


Albatta, bular kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tishning barcha jihatlarini qamrab ololmaydi. Ammo, kuchli jamiyat yuqoridagi kabi holatlarning amaldagi ijrosisiz ham paydo bo‘lishi mumkin emas.


“Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari” konsepsiyasi zamirida har tomonlama etuk, ongli fuqarolardan tashkil toprgan fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadi mujassam.Xo‘sh, fuqarolik jamiyati o‘zi nima?
Fuqarolik jamiyati – fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklari, burch va majburiyatlarini anglashi, ularning jamiyatda bo‘layotgan voqea hodisalarga ongli munosabati hamda fuqarolik jamiyati institutlari orqali davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishidir.
Fuqarolik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov quyidagicha ta’rif bergan edi: “Fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir- birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. SHuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart”1.
“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasining mohiyati quyidagalirdan iborat:
Birinchidan, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va aholining turmush farovonligining tobora yuksalishi;
Ikkinchidan, jamiyat hayoti va boshqaruv tizimlarining iqtisodiy zaminlar asosida takomillashuvi;
Uchinchidan, hokimiyat tarmoqlarining erkin faoliya ko‘rsatish imkoniyatlarining kuchayishi va ayni paytda o‘zaro tiyib turish tamoyilining amal qilishi;
To‘rtinchidan, fuqarolarning davlat olib borayotgan siyosatga nisbatan ishonchning mustahkamligi va uni qo‘llab-quvvatlanishi kabilardir.
Kuchli fuqarolak jamiyatining asosiy belgisi fuqarolarning qonunga itoat qilishi hayot tarziga aylanishi, ularning qonun bilan hayot kechirishining amaliyotga aylanganligidadir.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq (12-jild)” asarida yozganidek: “…Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan yana biri qonunlar ijrosini ta’minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bo‘lgan meyoriy hujjatlarni hayotga izchil joriy qilishda davlat hokimiyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hisoblanadi”.
Konstitutsiyamizning 34-moddasida shunday belgilab qo‘yilgan: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar”.
Fuqarolik jamiyatining yana bir muhim belgisi – bu siyosiy partiyalarning mavjudligidir. Xo‘sh, partiya o‘zi nima?
Partiya – davlatning vakillik demokratiyasi asosida tashkil topuvchi asosiy siyosiy instituti, ya’ni jamiyatning hokimiyatni amalga oshirishni belgilovchi ko‘plab manfaatlarini umummaqbul yo‘l va dasturga jamlovchi siyosiylashgan institutidir.
Fuqarolik jamiyatining muhim xususiyatlari qatorida siyosiy partiyalar, jamiyat tashkilotlari va fuqarolik insitutlarining erkinligining ta’millanganligi hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi hech shubhasiz, jamiyatni bosqichma-bosqich demokratlashtirish bilan bog‘liqdir. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurilishining umumjahon e’tirof etgan o‘ziga xos konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ijtimoiy hayotning muhim hodisalaridan bo‘lgan demokratiyani yangicha talqin etish va tushunishga alohida e’tibor qaratilgan.
Umuman, demokratiyani tushunish va anglash, unga amal qilish shaxsdan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Siyosiy ongi va tafakkuri shakllanmagan insonning demokratiya talablariga javob berishi mumkin emas. Bundan tashqari, demokratiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, uning har bir davlat va millat hayotida amal qilish tamoyillari ham mavjud.
YUqorida qayd etilganidek, huquqiy demokratik davlat barpo etish erkin fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan uzviy bog‘liq jarayon. Huquqiy demokratik davlatning ham asosiy belgilari qonun ustuvorligi, huquqning ustuvorligi prinsipi, tenglik prinsipi, siyosiy insitutlar xilma-xilligi, davlat xokimiyatining bo‘linish prinsipi, hokimiyatni tashkil etishda demokratik saylov o‘tkazish prinsiplariga asoslanish kabi tamoyillar fuqarolik jamiyatining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu o‘rinda SHarqona demokratiya to‘g‘risida ayrim fikrlarni aytish muhimdir, zero bunday demokratiya aslida demokratiya tushunchasining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu demokratiya SHarq mamlakatlari, asosan aholisining ko‘p qismi musulmon ma’naviyatidan bahra olgan hududlarga xos bo‘lgan demokratik qoidalar majmuining o‘ziga xos shakl va mazmunda namoyon bo‘lishidir. SHarqona demokratiya milliy bosiqlik, andisha, yoshi ulug‘larga hurmat, o‘zaro maslahat, har qanday keskin masalada ham tomonlarning kelishuvlariga asoslanadigan faoliyatdir. Ana shu xususiyatlari bilan ushbu ijtimoiy tushuncha G‘arb demokratiyasidan farq qiladi.
Ayni paytda sharqona demokratiya, siyosiy tartibsizliklar, bosh-boshdoqlik va mitingbozlikni milliy manfaatlarga zid deb qaraydi hamda jamiyat va davlatning ichki masalalari har qanday fundamentalistik va qurolli kuchlarga asoslangan harakatlarni qoralagan holda, o‘z faoliyatini o‘ziga xos madaniyat tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yadi.
Aslida jamiyatda demokrtatiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor:
  1. Xalq qarorlar qabul qilish jarayonidan qanchalik xabardorligi;


  2. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi;


  3. Oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik faol ishtirok etishi.


“Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, - deb ta’kidlaynadi mazkur asarda, - demokratiya haqidagi hamma gap-so‘zlar yo xalqqa hushomad qilish, yoki oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi. Bunday siljishlar esa bir kunda bo‘ladigan ish emas”1.


O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasidagi so‘zlagan ma’ruzasida O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib beradi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash;
2. Mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash;
3. Erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish;
4. Inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni amaliy hayotda joriy qilish;
5. Jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini keskin kuchaytirish;
6. Sud-huquq sohasini isloh qilishni izchil davom ettirish;
7. Demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat olib borish1.
Jamiyatni demokratlashtirishda har bir davlat va millatning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingandagina uni amalga oshirish darajasi reallashadi. SHuningdek, u yoki bu davlatdagi demokratiyaning yashovchanligi uning qanday g‘oyaviy-mafkuraviy zaminlarga suyanishiga ham bog‘liqdir. O‘zbekiston jamiyatini demokratlashtirishda aholining ma’naviy-ma’rifiy darajasi, uning siyosiy ongi va madaniyati, milliy mentaliteti, o‘ziga xos tafakkur tarzi bunday g‘oyaviy-mafkuraviy zaminni tashkil etadi.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy jamiyatni barpo etish shaxs erkinligi hamda uning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari bilan bevosita bog‘liqdir. SHaxs erkinligi avvalo ijtimoiy tushuncha hisoblanadi. Jamiyatda erkinlashtirish jarayonini amalga oshirmasdan shaxs erkinligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin emas. SHaxs erkinligi fuqaroning imkoniyatlari, ijodiy qobiliyatlariga yo‘l ochadi. Pirovard natijada shaxs ijtimoiy faol individga aylanadi.
Milliy g‘oyamizning ma’no-mazmunini belgilaydigan asoslardan biri – bu xalqimizning qadimiy boy tarixidir. CHunki tarix – buyuk murabbiy. U insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba’zi achchiq saboqlarni tan olishga undaydi. Zero, ko‘hna qadriyatlarimiz, tarixiy manbalar, olimu ulamolarning asarlari jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy asosini yaratishda juda muhim ahamiyatga ega. Xo‘sh, tarixiy manbalar o‘zi nima?
Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma’lum bosqichdagi kechmishini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tushunamiz.
Moddiy yodgorliklarga - qadimiy obidalar, manzilgohlar va mozorlar, shaharlar, qasrlar va qal’alar xarobalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar kiradi.
Ma’naviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitik, qo‘lyozma kitob, hujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan va uning xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklardan iboratdir.
YUqoridagi tasnifdan kelib chiqqan holda milliy g‘oyamizning tarixiy ildizlari borasidagi muayyan fikrga kelish mumkin.
Ko‘p millatli O‘zbekiston fuqarolarining orzu va intilishlarini o‘zida mujassam etgan milliy g‘oyamizning tarixiy ildizlari – xalqimizning moziy sinovlaridan o‘tib kelayotgan boy madaniy va ma’naviy me’rosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, qo‘shiqlari, bayram va marosimlardagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma’naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo‘ladi. U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan.
Xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, tafakkuri va dunyoqarashi, hayotga, voqelikka munosabatining ifodasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi namunalari, “Alpomish” “SHashmaqom” kabi san’at durdonalari, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning sog‘lom manaviyati mahsuli bo‘lgan “Kuch-adolatdadir” degan shiori milliy g‘oyani tarkibiy qismiga aylanib kelgan, mamlakat birligini ta’minlash, markazlashgan davlat barpo etishda, uni odillik bilan boshqarishda ma’naviy-mafkuraviy asos bo‘lib xizmat qilgan.
Milliy istiqlol mafkuramizda xalqlarimizning ma’naviy-axloqiy ongi va tafakkuri rivojlanishida katta o‘rin tutadigan zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi “Avesto”ning asl Vatani O‘rta Osiyo, aniqrog‘i, ko‘hna Xorazmdir. “Avesto”ning yaratilganiga qariyb 3 ming yil bo‘lmoqda.
Umuman eng qadimgi madaniy, tarixiy, adabiy yodgorlik va boyliklarimiz quyidagi 3 ta asosiy manbaga tayanib o‘rganiladi:
1.Xalq og‘zaki ijodi materiallari.
2.Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
3. Arxeologik topilmalar.
Demak, milliy mafkuramizning tarixiy ildizlari deganda ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li, tafakkur tarzi, amaliy faoliyati, bunyodkorlik ishlari, eng yaxshi urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarni tushunish mumkin.
Mafkuramizning falsafiy asosini, avvalo milliy ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunalari bo‘lgan dunyoviy bilimlar, jahon falsafiy durdonalari belgilaydi. Olam va odamning yaratilishi va takomillashib borishi haqidagi diniy va ilmiy qarashlar, poklik, halollik, mardlik, komillik g‘oyalari ham bugungi mafkuramiz shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to‘g‘risidagi g‘oyalari, Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari va Beruniyning ijtimoiy-axloqiy qarashlari, Forobiyning adolatli jamiyat va Abu Ali ibn Sinoning dualizm ta’limoti, Alisher Navoiyning komil inson haqidagi falsafiy mushohadalari, Bobur va Mashrab, Bedil va Donish qolaversa asrimiz boshidagi ma’rifatparvar ziyolilar faoliyati ham milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining teran tomirlaridir.
2014 yilning 15-16 may kunlari qadimiy va ko‘hna Samarqand shahrida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya fikrimizni yaqqolroq tasdiqlaydi.

Anjumanda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, YAponiya, Hindiston, Singapur, Malayziya, Kuvayt, Misr, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Ozarbayjon kabi ellikka yaqin davlatdan nufuzli tashkilotlar hamda ta’lim tizimi rahbarlari, olimlar, mutaxassislar, ekspertlar qatnashib, unda o‘rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining hayoti, ijodi, ularning tarixiy merosi hamda ilmiy maktablari faoliyati haqida videofilm namoyish etilgan edi.



Aslida ham , yurtimizda o‘zining yuksak salohiyati, keng dunyoqarash va noyob iste’dodi, mislsiz kashfiyotlari tufayli jahon ahlini hayratlantirib kelayotgan ulug‘ allomalar kamol topgan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimizning asarlari oradan necha asrlar o‘tsa hamki, dunyo tamaddunida o‘z ulug‘vorligini saqlab kelmoqda.
O‘rta asrlarda ona-zaminimizdan etishib chiqqan minglab olimu fuzalolar, buyuk mutafakkirlar, shoirlar bashariyat ilm-fan va ma’naviyat osmonining yorqin yulduzlari bo‘lib porlagani hech kimga sir emas. Buyuk ajdodlarimizning matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, SHahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi osoriatiqalar butun jahonning bebaho mulki hisoblanadi.
Xususan, algebra faniga asos solgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ilmiy kashfiyotlari, fundamental tadqiqotlari bilan umuminsoniy taraqqiyotning beqiyos yangilanishlar davrini boshlab berdi. Bugun dunyoda keng foydalaniladigan hisob-kitob amallari, zamonaviy texnologiyalar faoliyati ana shu bobokalonimiz yaratgan qoidalarga asoslanadi. al-Xorazmiy astronomiya, geografiya va tarix sohalarida ham umrboqiy asarlar yozdi. U fanda birinchi bo‘lib qutb koordinatlarini qo‘llagan va Er yuzining sharqiy yarimshari xaritasini tuzgan hamda Algoritmus, Alxorismus, Matematika, astronimiya tarix, geografiya fanlarining rivojiga salmoqli xissa qo‘shgan. SHarq qomuschilari maktabning asoschisi, SHarq geografiyasining otasi. Matematika, algebra, geometriya, fizika, astronomiya fanlarining asoschisi.
“Hind hisobi haqida” asari orqali arab dunyosi va Evropaning hindlarini hisoblash tartibi bilan tanishtirdi. Asar 1145 – yilda Seviliyada (Ispaniya) Robert CHester tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan.
Al-Xorazmiy o‘zining “Kitob surat ul-arz” nomli asarida 637 ta noyob tabiiy joylar, 209 ta tog‘ning geografik tafsilotini bergan. Dengizlar, daryolar va okeanlar havzasi shaklini, ularda joylashgan orollar haqida muhim ma’lumotlarni bayon etgan.
SHuningdek, Ahmad Farg‘oniyning kitoblari ham asrlar davomida dunyo olimlari uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi (“Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum”) XII asrda Ovro‘poda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovro‘po tillariga ham tarjima qilinganidan so‘ng, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida g‘arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro‘po universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o‘tadi.
Yuqorida tilga olingan “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi “Astronomiya asoslari” nomi bilan tanilgan bo‘lib, bu asar o‘n ikkinchi asrda lotin va ivrit tillariga tarjima etilgan. Keyinchalik bu asarning Italiya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya hamda AQSH kabi ko‘plab mamlakatlarda qayta-qayta chop qilingani mazkur kitob soha ravnaqiga naqadar mislsiz ta’sir ko‘rsatganligini namoyon etadi.
Umuman, allomaning Er sharsimon shakldaligini ifodalagan qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o‘tib amalda isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb “Er meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg‘oniy hisoblarining to‘g‘riligiga to‘la ishonch hosil qildim”, deya dastxat qoldirganining o‘ziyoq al-Farg‘oniy ilmiy tafakkuri asrlar chegaralaridan o‘tgan nihoyatda genial olim ekanligini tasdiqlaydi.
YUNESKO qaroriga muvofiq, 1998 yilda Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, xalqimiz ilmiy merosining yana bir e’tirofi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Quva va Farg‘ona shaharlarida mutafakkir haykallari bunyod etildi, Farg‘ona davlat universitetiga Ahmad Farg‘oniy nomi berildi.
O‘rta asrlarda SHarq ilm-fani rivojini Xorazm Ma’mun akademiyasida amalga oshirilgan kashfiyotlar, ixtirolarsiz tasavvur etish mushkul. Ayniqsa, ushbu akademiya tashkilotchisi va rahbari bo‘lgan Abu Rayhon Beruniyning serqirra faoliyati diqqatga sazovor. Alloma vatandoshimiz matematika, astronomiya, geodeziya, farmakologiya, kimyo, botanika, geografiya, etnografiya, tarix va falsafa kabi sohalarda 150 dan ziyod asarlar yaratib, nafaqat o‘z davri, balki bugungi yuksak texnologiyalar asri uchun ham zarur bo‘lgan kashfiyotlarni taqdim etgan.
Darhaqiqat, insoniyatning intellektual tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab - Xorazm Ma’mun akademiyasida keng faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy insoniyatning buyuk daholaridan biridir. Tarixiy manbalarda aytilishicha, ulug‘ qomusiy alloma 150 dan ziyod asar yozgan. Ulardan to bizgacha faqat 31 tasi etib kelgan. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va Erning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Er radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. SHuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi bejiz emas”.
Albatta, milliy ma’naviyatimiz ildiziga chuqur singib ketgan va asrlar osha uning takomil bosqichlarida chuqurlashib, teranlashib borgan xalqimiz qadriyatida tabiatga bo‘lgan ehtirom beqiyosdir, yurtimizda uni e’zozlash an’anasi esa insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Umuman aytganda, atrof-muhitga munosabat, uni anglab etishga bo‘lgan intilish SHarq, ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘zgacha xususiyatga ega. CHunonchi, Abu Rayhon Beruniy “Saydana” asarida 1118 turdagi dorivor o‘simlikka, shundan 750 o‘simlik va 101 ta hayvonga batafsil ta’rif beradi. U o‘z ishida 4500 ta arab, yunon, hind, fors, xorazm, so‘g‘d, turk va boshqa tillarga oid o‘simlik nomlari, hayvonlar, minerallar va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma’lumot to‘plab, o‘sha davr dorishunoslik atamalarini tartibga solishga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan.
Buyuk yurtdoshimizning o‘zining ilmiy-nazariy tadqiqotlari, tajribalarida tabiatdagi barcha hodisalar muayyan tabiiy qonuniyat asosida yuz beradi, tashqi kuchning ta’siri uni izdan chiqarishi mumkin, degan xulosaga keladi. Bu bugun o‘z isbotini topgan haqiqatdir. Insoniyat tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlariga emas, aksincha, shaxsiy manfaatlariga asoslanib faoliyat ko‘rsatishi oqibatida tabiatdagi muvozanatning sezilarli darajada buzilgani, ya’ni, dunyoning turli burchaklarida tabiiy ofatlar: suv toshqinlari, zilzilalar, o‘rmon yong‘inlari va boshqa shu kabi talofatlarning ro‘y berayotgani hech kimga sir emas. Inson tabiiy muhitga ta’sir etar ekan, uning o‘zi ham “aks ta’sir”ga duch kelmoqda.
Abu Rayhon Beruniyning “Agar insonlar tabiatga nisbatan zo‘rovonlik qilib, uning qonunlarini qo‘pollik bilan buzsalar bir kun kelib tabiat ularning boshiga shunday kulfatlarni solishi mumkinki, buni hech qanday kuch qaytara olmas” - degan so‘zi bugungi global ekologik muammolarning bundan 1000 yil oldin bashoratidan darak beradi.
O‘rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji Aristotelning “Metafizika” asariga eng mukammal sharh yozgan yana bir ulug‘ alloma Abu nasr Forobiy nomi bilan bog‘liq. Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilgan va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitgani tufayli SHarq mamlakatlarida uning nomi ulug‘lanib, “Al-muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “SHarq Arastusi” deb yuritilgan.
O‘sha vaqtlarda ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar majmuasi hisoblangan “Hindiston dorilari va dorivor o‘simliklari” tabiat olamiga aloqador kitoblar Farobiyning etuk olim ekanidan dalolat beradi. Uning tabiatshunoslikka doir “Inson a’zolari haqida risola”, “Hayvon a’zolari haqida so‘z” kabi asarlari alohida ahamiyatga ega. Farobiy Evropa olimlaridan 1000 yil avval fiziologiya faniga ilmiy asos solganligining o‘zi ham jahon ilm-fani taraqqiyoti beshigini kimlar tebratganini isbotlab turibdi.
Forobiy o‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin:
1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar;
2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar.
Faxr bilan aytamizki, YUNESKO shafeligida Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlangani, uning faoliyati qayta tashkil etilgani yurtimizda ajdodlar xotirasiga izzat-ikrom ko‘rsatish hamda ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e’tiborning yorqin namunasidir. Hozir mazkur qadimiy va navqiron ilm maskanida Xorazm tarixi, uning o‘ziga xos madaniyati, ekologiyasi, er va suv resurslarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar faol olib borilmoqda.
Buyuk mutafakkirlarimizdan yana biri - Ibn Sino jiddiy ekologik muammolar bo‘lmagan vaqtlardayoq, ekologiya masalalariga to‘xtalib, inson salomatligini saqlash borasida atrof-muhit ahamiyatiga katta e’tibor berdi. U turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida atrof-muhit omillari sabab bo‘lishini, havo, suv, ovqatning o‘rnini e’tirof etadi. O‘sha zamonda mikroskop yo‘q bo‘lishiga qaramay, yuqumli kasalliklarni ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda, jonli zarralar keltirib chiqarishini, ya’ni makruhlar-mikroorganizmlar sababchi ekani to‘g‘risidagi fikrni aytadi. Ibn Sino o‘z asarlarida ekologiya va gigienaga bag‘ishlangan ko‘p masalalar echimini yozib qoldirgan.
“Meditsina” atamasida o‘z shonu shuhratini muhrlay olgan Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi ham g‘oyat boy va serqirradir. U fanning turli sohalariga oid 450 dan ortiq asar yozib qoldirgan. Bobokalonimiz tomonidan ishlab chiqilgan ayrim davolash usullari hozir ham zamonaviy tibbiyotda qo‘llanib kelinmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda ko‘chalar, o‘quv va tibbiyot muassasalari uning nomi bilan atalgani, xalqaro miqyosda alloma sharafiga medal va mukofotlar ta’sis etilgani — uning insoniyatga qilgan yaxshiliklari, ezgu xizmatlariga bo‘lgan minnatdorlik belgisidir.

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 1998 yil 6 noyabrda YUNESKOning xalqaro Abu Ali ibn Sino oltin medali bilan taqdirlangandi. Bu oliy mukofot xalqimizning umumbashariy sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi va xizmatining tan olinishi, davlatimiz tomonidan tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni asrab-avaylash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish borasida amalga oshirilgan ishlarning munosib bahosi bo‘ldi.


Xalqimizning ilmiy, ma’naviy, tarixiy va falsafiy merosi tizimida buyuk Sohibqiron Amir Temur merosi alohida ahamiyat kasb etadi. Uning tabiatga munosabati haqida so‘z yuritar ekanmiz, aytish joizki, buyuk davlat arbobi birinchi galda obodonchilik ishlariga alohida e’tibor qaratgan. “Temur tuzuklari”da aytilishicha, Sohibqiron qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirganlarni rag‘batlantirgan. Ushbu tuzuklarda yana qarovsiz erlarni obod qilish, ularni hosildor erlarga aylantirish haqidagi ko‘rsatmalar ham diqqatga sazovordir. Ularda aytilishicha, “Xarob bo‘lib yotgan erlar egasiz bo‘lsa, xolisa (ya’ni davlat erlarini boshqaruvchi mahkama) tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo‘lsa-yu, obod qilishga qurbi etmasa, unga turli asboblar va kerakli narsalar bersinlar, toki o‘z erini obod qilib olsin. YAna amr qildimki, xarob bo‘lib yotgan erlarda sarizlar qursinlar, buzilgan ko‘priklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga ko‘priklar solsinlar, yo‘l ustida, har bir manzilgohga rabotlar qursinlar”.
Barchaga ayonki, Turon zamin dunyo miqiyosida sug‘oriladigan dehqonchilikning ilk vatani sifatida mashhur. O‘lkamizda qadimdan sug‘orma dehqonchilik rivojlangan irrigatsiya va melioratsiya sohasida boy tajriba to‘plangan. Misol uchun, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Parfiya, Kushon, Turk xoqonligi, so‘ng Somoniylar, Qoraxoniylar, Temuriylar va keyinchalik shu hududda boshqa davlatlarning paydo bo‘lishida, siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishida ham sug‘orish ishlarining tutgan o‘rni, suv zahiralaridan oqilona foydalanish masalasi alohida ajralib turadi. Davlat boshqaruvida suvdan oqilona foydalanishga alohida o‘rin berilganligi, miroblarga davlat arbobi sifatida munosabatda bo‘lingani ham fikrimiz isbotidir.

Sohibqiron Amir Temurning sevimli nabirasi Mirzo Ulug‘bek, ta’kidlash kerakki, dunyoni o‘zgartirgan, barchani ulug‘vor orzularni ro‘yobga chiqarishga undagan, koinot sirlarini echishga qo‘l urgan, dunyo tarixining buyuk va ardoqli siymosidir. U yurtimizning bir qator shaharlarida madrasalar bunyod etdi, Samarqandda havas qilgulik ilmiy muhitni, hozirgi tilda aytganda, zamonasining 200 dan ortiq yirik va taniqli olimlari faoliyat yuritgan, hozir “Ulug‘bek akademiyasi” deya tilga olinayotgan mashhur ilm-fan dargohini tashkil etdi. Ulug‘bek ilmiy merosining gultoji uning “Zij”idir. “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” nomlari bilan shuhrat qozongan bu asarda 1018 yulduzning o‘rni va holati aniqlab berilgan. YUlduzlarning balandligi hamda ular orasidagi masofa, quyosh va oyning harakati, tutilish vaqtlari bayon qilingan. Hayratlanarli tomoni shundaki, u amalga oshirgan hisob-kitoblar zamonaviy texnologiyalar orqali aniqlangan kuzatuv natijalaridan deyarli farq qilmaydi.



O‘zbekistonning birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 1994 yil mamlakatimizda “Mirzo Ulug‘bek yili” deb e’lon qilindi. O‘sha yili Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Parij shahridagi YUNESKO qarorgohida buyuk allomaning ilmiy merosi va uning ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida qayd etilganidek, o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. (“YUksak ma’naviyat – engilmas kuch”, 46-47-bet).
O‘zbek xalqining buyuk farzandi, yirik mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi Nizomiddin mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni, milodiy 1441 yil 9 fevralda Xuroson davlatining yirik shahri Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. 4-5 yoshlarida tojik shoiri Qosim Anvor she’rlarini yoddan bilgan.
Maktab yoshiga etganida Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” falsafiy dostonini to‘liq yodlab oladi.
Alisher 15-16 yoshligidayoq uning she’rlari Hirot, Mashhad, Astrobod va boshqa shaharlarda shuhrat qozonadi. Mantiq, falsafa, riyoziyot (matematika) kabi fanlar bilan shug‘ullanadi. Ayni vaqtda turkiy va forsiy tillarda go‘zal g‘azallar bitib, 15-16 yoshligida el orasida “zullisonayn” shoir (“ikki til egasi”) sifatida taniladi. Alisher turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi. SHoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan.
Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Xisrav Dehlaviydan qariyb 200 yildan keyin 1483-1485 yillarda birinchi bo‘lib turkiy tilda 51 ming misradan ortiq besh dostondan tashkil topgan “Xamsa” asarini yozadi. SHoir bu ulug‘ asarning 2 yil ichida yozilganini ta’kidlab, agar boshqa ishlar xalaqit bermaganida uni 6 oyda yozib tugatishi mumkinligini, aslida ham bu besh dostonni yozishga ketgan vaqt “yig‘ishtirsa 6 oydan oshmasligi”ni yozib qoldirgan. Navoiyning “Xamsa” asari dunyodagi 64 tilga tarjima qilingan.
Bugungi kunda dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom bildirish, boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish aslo kamaygani yo‘q, aksincha keng miqyos va ko‘lam kasb etib bormoqda. Buning isbotini turli mamlakatlarda ajdodlarimizning hayoti va faoliyati haqida ilmiy hamda badiiy asarlar yaratilgani, ular xotirasini yod etib yodgorliklar barpo etilganida ko‘rish mumkin. Belgiyada Ibn Sinoga, Latviyada Ibn Sino va Mirzo Ulug‘bekka, YAponiya, Rossiya hamda Ozarbayjonda Alisher Navoiyga, Misrda Ahmad Farg‘oniyga haykallar o‘rnatilgani bejiz emas.
Anjumanning Samarqand shahrida o‘tkazilishida ham o‘ziga xos ma’no bor. Istiqlol yillarida Samarqand o‘zgacha tarovat va mahobat kasb etmoqda. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan Samarqandda ulkan bunyodkorliklar ro‘yobga chiqarildi. SHahar markazida Sohibqiron bobomizning salobatli haykali qad rostladi. Ulug‘bek rasadxonasi va madrasasi qayta ta’mirlandi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoniga muvofiq, 1996 yil 18 oktabr kuni Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi. SHundan buyon bu kun yurtimizda Samarqand kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.

YUNESKO Bosh konferensiyasi qaroriga muvofiq, 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ushbu qutlug‘ to‘y arafasida shahar yanada go‘zallashdi. O‘nlab ijtimoiy-maishiy inshootlar, ko‘rkam bog‘lar, xiyobonlar barpo etildi. Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim va SHohi Zinda yodgorliklari hamda Ulug‘bek rasadxonasini bir-biriga bog‘lovchi kichik halqa yo‘lining qurilishi shahar ahli hamda sayyohlar uchun yana bir qulaylik yaratdi.

Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti rahnamoligida Samarqandning asl tarixiy qiyofasini tiklash, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi say-harakatlar jadal va qizg‘in bosqichga ko‘tarilmoqda. SHahar aholisi hamda mehmonlarga har tomonlama munosib sharoit yaratish maqsadida bunyod qilingan magistral yo‘llar, bog‘u xiyobonlar, ta’lim muassasalari va sport maydonchalari, tibbiyot maskanlari hamda mehmonxonalar ko‘hna va hamisha navqiron shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
YUqoridagi keltirilgan tarixiy asoslarga tayanib xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, milliy g‘oya asosida barkamol avlod shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan juda ko‘p omillar orasida xalqimizning ilmiy, ma’naviy, tarixiy va falsafiy merosi alohida ahamiyat kasb etadi.

Zero, Siz-u biz istiqomat qilayotgan bu muazzam zaminda ajdodlarimiz bundan bir necha asrlar avval hozirgi zamonaviy ilm-fanning ilk poydevorini qo‘ygan va rivojlantirgan. YUqorida ta’kidlanganidek, allomalarimiz qomusiy olimlar bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida matematika, astronomiya, geodeziya, geografiya, tarix, arifmetika, farmakologiya, tibbiyot, falsafa va tilshunoslik ilmlari bilan ham shug‘ullanganlar. Ayni jihat G‘arbda “Nur SHarqdan taraladi” degan ibora paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.


Jamiyat rivojlanishi to‘g‘risidagi yangicha ilmiy-nazariy g‘oyalarning o‘zgarishi ijtimoiy hayot sohalarini tubdan o‘zgartirish bilan chambarchas bog‘liq.
Jamiyat ijtimoiy hayoti sohalaridagi tub o‘zgarishlar deganda uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyaviy asoslarini tubdan o‘zgartirish va yangicha asosga (negizga) o‘tkazilishini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti asarlarida jamiyat rivojlanishi va uning ijtimoiy hayoti sohalaridagi tub o‘zgarishlar to‘g‘risida yangi nazariy va konseptual yondoshuvning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. Buni ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitishda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlanishi to‘g‘risidagi yangicha ilmiy nazariy qarashlar va g‘oyalar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti to‘la asarlar jildida, shuningdek uning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” va boshqa asarlarida uning ilmiy asoslab berganligini ko‘ramiz.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling