Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


-MAVZU: G‘OYALAR XILMA-XILLIGI VA MAFKURAVIY JARAYONLARNING IJTIMOIY TARAQQIYOTGA TA’SIRI


Download 0.58 Mb.
bet15/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

4-MAVZU: G‘OYALAR XILMA-XILLIGI VA MAFKURAVIY JARAYONLARNING IJTIMOIY TARAQQIYOTGA TA’SIRI

REJA:
  1. G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasi ma’no-mazmuni


  2. Mafkuraviy jarayonlar, mafkuraning turli xil ko‘rinishlari, mafkuraviy ko‘rashlar


  3. SH.M.Mirziyoev ma’ruzalarida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri





Tayanch tushuncha va iboralar:
G‘oya, g‘oyalarning shakllari: diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy g‘oyalar, ijtimoiy- siyosiy g‘oyalar, milliy g‘oya, mafkura, mafkuraning tarixiy shakllari, monizm, plyuralizm, materializm, idealizm, shovinizm, fashizm, bolshevizm, aqidaparastlik,mahaliychilik,korrupsiya, poraxo‘rlik, pora.

G’oya - ideya, fikr, qarash va h.k. Mafkura - «mufakkir», «mufakkiratun», muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyat maqsad, intilishi. Ideologizatsiya - mafkuralashtirish. Deideologizatsiya - mafkurasiz. Reideologizatsiya - qayta tiklash, milliy g‘oya va mafkuraga e’tibor. Regressiv - reaksion, antidemokratik. Valyuntarizm - ob’ektiv taraqqiyot qonunlarni rad etuvchi oqim. Fatalizm - taqdirga tan berish. Fundamentalizm - «sof» islomni tiklash. Pragmatizm - voqelikni tajriba «ong oqimi» deb talqin etuvchi. Ekzistensializm - mavjudlik, erkinlikka erishish. Bunyodkor g‘oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotidagi ijobiy ta’siri. Foya va mafkuraning tarixiy shakllarini, mazmun-mohiyatini azal-azaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o‘rtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi, ya’ni bosqinchilik, boshqalar hisobidan boyish, tajovuzkorlik, aqidaparastlik mafkuralariga qarama-qarshi o‘laroq, ozodlik, mustaqillik va adolat g‘oyalari uzluksiz maydonga chiqib, xalqlarning muzaffar bayrog‘iga aylangan. Bunyodkorlik g‘oyalari insonni ulug‘laydi, uning ruhiga qanot bag‘ishlaydi.

Bunyodkor g‘oya deb,insonni ulug‘laydigan, uning kuch-g‘ayrati va salohiyatini oshirib, xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga sag‘arbar etadigan, o‘zida mehnat, taraqqiyot, do‘stlik, tinchlik, adolat, halollik kabi ezgu maqsadlarni mujassam etadigan g‘oyaga aytiladi.
Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizatsiyaga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda. Islom Karimovning «O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir» degan so‘zlarida ham ana shu boqiy g‘oyalarning ma’no-mazmuni o‘z ifodasini topgan. Bunday bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolaridan merosdir.
Insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi yuksak g‘oyalar urug‘ini sepgan zot, payg‘ambar Zardo‘sht yaratgan «Avesto» kitobida quyidagi satrlar mavjud: «Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishlar bilan ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishni alqayman. O‘zimni bori ezgu fikrga, ezgu so‘zlar (aytish)ga, ezgu ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon fikrlardan, yomon so‘zu yomon ishlardan yuz o‘giraman». Bu yuksak g‘oyalar bundan 2700 yil muqaddam yashab o‘tgan vatandoshimiz Zardushtning o‘lmas mafkurasi edi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling