Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet11/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida jamiyat rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oyalar va qarashlar yangicha mauzmun-mohiyatga ega bo‘lgan konseptual g‘oyalar asoslab berildi. U an’anaviy qarash va yondoshuvlardan mohiyati jihatidan farq qiladi;

Ikkinchidan, jamiyat rivojlanishi obektiv qonuniyatlarga ega. Uni ifodalovchi omillarni aniqlash jamiyat rivojlanishini to‘g‘ri belgilashga xizmat qiladi. Rivojlanish jarayonlarida biron-bir omilni mutloqlashtirmaslikka, uni ayrim siyosiy va yagona mafkura, maqsadlardan xolis bo‘lishga yordam beradi;

Uchinchidan, jamiyat rivojlanishi muayyan taraqqiyot bosqichlarini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston jamiyati rivojlanishida bu tarqqiyot bosqichlari ijtimoiy hayot sohalarida turgan turli vazifalarni amalga oshirish bilan bir- biridan farq qiladi; To‘rtinchidan, yangi jamiyat qurishning yagona “modeli” yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas. Har bir xalqning o‘ziga xos xususiyatlari va taraqqiyot darajalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan “model”gina samarali “ishlashi” mumkin. Beshinchidan, jamiyat rivojlanishi turli xil rivojlanish modellariga ega bo‘ladi, bu demokratik prinsiplarga to‘la mos keladi. Ayni paytda milliy va jamiyat taraqqiyotining mavjud xususiyatlarini hisobga olinishini ham taqazo etadi. Bu o‘z navbatida xalqning yangi jamiyat qurishga islohotlashtiradi va birligini mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichida ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda milliy g‘oya zimmasidagi vazifalar borasidagi nazariy fikrlari Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidentining barcha ma’ruza va chiqishlarida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida, 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning etakchi ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuvda bildirgan fikr mulohazalarida, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” deb nomlangan ma’ruzasida, Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi “Millatlararo do‘stlik va hamjihatlik – xalqimiz tinchligi va farovonligining muhim omilidir” deb nomlangan nutqida hamda 2017 yil 19 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida o‘z ifodasini topgan.
Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan 2017 yil yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligiga e’tibor qaratildi. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor deb, har bir tuman va shaharda “Xalq qabulxonalari”ni tashkil etish va ularning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash yo‘lga quyildi. Bu vazifalarni amalga oshirilishi inson manfaatlarini ustuvorligini ta’minlashga sharoit yaratmoqda. Demokratik islohatlarni izchil davom ettirish va inson manfaatlarini ustuvorligi asoslangan konstitusion prinsiplarimizga tula mos keladi. Demokratik islohatlarni izchil davom ettirish maqsadida respublikamizda yangi qonunlar, qaror va farmoyishlar ishlab chiqildi va qabul qilindi, o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim- tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy- joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz, deb alohida ta’kidladilar.
Davlatimiz rahbari SH.Mirziyoev o‘zining “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” asarida ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e’tibor qaratdilar. Birinchi vazifa – maktabgacha ta’lim sohasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish 27 foizni tashkil etadi. YAqinda tasdiqlangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. SHuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi. Ikkinchi vazifa – umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy o‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda echilgani yo‘q. YAna bir muammoni hal etish ham o‘ta muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy- ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur. Uchinchi vazifa – ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir hududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir.
To‘rtinchi vazifa – nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish. Bu o‘rinda ikkita asosiy vazifani hal etish zarur: birinchi – ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofiq sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart; ikkinchi – akademiklarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Beshinchi vazifa – kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini etkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda. Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. Ana shu vazifani hal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. SHu o‘rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI”ning beshinchi ustuvor yo‘nalishi xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash masalalariga qaratilganligi ham fikrimizning yana bir yorqin dalilidir. Aslida ushbu beshinchi ustuvor yo‘nalishning belgilanishida xalqimiz milliy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlariga tayanilgan. Zero, xalqimizda asrlar davomida sayqallanib kelayotgan “qo‘shning tinch-sen tinch”, “gilam sotsang qo‘shningga sot, bir chekkasida o‘zing o‘tirasan”, “Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shning afzal” kabi maqollari bejizga aytilmagan. Zero, g‘arb mamlakatlaridan farqli o‘laroq sharqda qarindosh-urug‘chilik va qo‘ni-qo‘shnichilik kabi qadriyatlar alohida ahamiyatga egadir. SHariatimiz ham biz mo‘min-musulmonlarni bir-birlarimizga yaxshilik qilishga, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘lar bilan ahilchilikda yashashga undaydi. Aksincha, musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlarning uzilishi va bir-biridan yuz o‘girish kabi salbiy illatlarni qoralaydi.
Aslida ham jahonda katta va kichik millatlar va elatlar yo‘q. Ularning har biri asriy barqaror va tengi yo‘q an’analari bilan, tarixiy merosining boyligi bilan, milliy ruhining umumiyligi bilan, madaniyatining o‘ziga xosligi bilan ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 19 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir.
Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Birgalikdagi say-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Ko‘plab masalalar bo‘yicha prinsipial jihatdan muhim echimlar topishga erishildi”.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling