Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet13/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Elektron manbalar:
  1. www. tdpu. uz


  2. www. Ziyonet. uz


  3. www. edu. uz


  4. www. ma’naviyat. uz


  5. www. google.uz





3-MAVZU: JAMIYAT MAFKURASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADIRIYATLAR UYG‘UNLIGI

REJA:


  1. Jamiyat mafkurasining davlat mafkurasidan farqlanishi.


  2. Milliy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar.


  3. Qadriyatlarining tarix sinovidan utganligi, yoshlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik.



Tayanch tushuncha va iboralar:
Mustaqillik, ma’naviyat, g‘urur, terror ,millat, ozodlik, g‘oya, mafkura, Vatan, demokratiya, dunyoviy, sadoqat, qaramlik, qadriyat, beparvolik, insonparvarlik, Milliy qadriyat, umuminsoniy qadriyat, vatanparvarlik, milliy g‘urur, an’ana, urf-odat, udum, referendum, tasavvuf.

«Mafkura» tushunchasi arabchadagi «mufakkir», «mufakkiratuv» so‘zlaridan olingan bo‘lib, chuqur ma’noli, teran mazmunli fikr demakdir. Mufkura tushunchasiga falsafiy adabiyotlar va lug‘atda berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatdan har xil:


«Mafkura – jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, jamoat tashkilotlari, davlat hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, falsafiy qarashlarining tizimlashtirilgan bilimlar yig‘indisidan tashkil topadi»
«Mafkura muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatningehtiyojlari, maqsad – muddaolarini, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir»

Uning mazmun-mohiyati Birinchi Prezident Islom Karimov asarlarida batafsil yoritilgan bo‘lib, ularda ayni paytda jamiyat taraqqiyotining bosh yo‘nalishini ko‘rsatuvchi milliy istiqlol mafkurasi tushunchasining ma’no-mazmuni ham ochib berilgan: «Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi»1


Har qanday millat, har qanday xalq bor ekan, uning o‘z manfaatlari, o‘z maqsad va orzu-idealariga ega bo‘lishi tabiiy. Ana shu orzu-umidlar va maqsadlarni ifoda etadigan, ularni ruyobga chiqarish uchun xalqni sag‘arbar qiladigan g‘oyalar esa muayyan mafkuraga asos bo‘ladi. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etadi.
SHu ma’noda, «O‘zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir».
Sobiq sovet ittifoqi davrida Islom dini, musulmonchilik aqidalari, milliy qadriyat va an’analar bir chekkaga surib tashlandi. Ular haqida gapirish u yoqda tursin, o‘ylash va fikrlash ham mumkin emas edi. Iymon-e’tiqodimizga oid asarlar, milliy tarbiya asosini tashkil qiluvchi Qur’oni Karim, Muhammad alayhisalom hadislari, tasavvuf va milliy, ma’rifiy-axloqiy ilmlar aks etgan kitoblar, risolalar terib olindi, yoqib tashlandi. Bu milliy tarbiya va tarbiyashunoslik sohasidagi eng katta yo‘qotish edi.
YUrtimiz istiqlolga erishgan saodatli bugungi kunda, mamlakatimiz xalqlarining an’ana va marosimlari o‘zining qadimiy ko‘rinishlarini tiklab, jamiyatimiz taraqqiyotini tezlashtiradigan buyuk kuchga aylanmokda, jamiyat hayotiga shodlik, quvonch bag‘ishlaydigan, ularda mustaqillik va uning mevalaridan faxrlanish hissini uyg‘otadigan an’ana va marosimlar keng ommalashmoqda, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ta’sirchan omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o‘ziga xos mezon vazifasini o‘taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo‘layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi. Milliy g‘oyani ob’ektiv anglashda qadriyatlar va ma’naviyat olamini bilish va uni amaliy o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyoga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi1 .
Umuman, qadriyatlarning xilma-xil shakllari mavjud: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy qadriyatlar. Jamiyat hayotining sohalari bo‘yicha: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, qadriyatlar, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqa qadriyatlar.
Hozirgi zamonda ilg‘or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini nechog‘li yuksaklikka ko‘tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tub o‘zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog‘lom tafakkurning shakllanishi katta ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Birinchi bo‘lim, II bob, 13-moddasida. O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi2- deb, ta’kidlangan. Demak, demokratik davlatda xalq, davlat hokimiyatining asosiy manbai bo‘lib, umuminsoniy tamoyillarini amalga oshirish orqali inson va jamiyat farovonligini, barcha xalqning turmush darajasini oshirib borishga erishadi.
Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi... qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir”1

Inson shunday bir borliqki, tabiatda undan ulug‘ va mo‘‘tabar boshqa biron bir mavjudot yo‘q. Inson tabiat yaratgan ja’mi mo‘‘jizalarning sultoni, jumlai jahon deb ataluvchi tabiatning gultojidir.

Ma’lumki, qadriyatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra xilma-xildir. Ular orasida tabiiy,moddiy, ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy qadriyatlar alohida ajralib turadi. Biroq, shunday bo‘lsa-da, qadriyatlarning eng oliysi insonning o‘zi, uning hayoti, huquqi va erki, sog‘lom va farovon turmushi hisoblanadi. Inson qadr-qimmatini, sharafini ulug‘lash – jamiyatimiz poklanishi va ravnaqining muhim omilidir.Buni biz kundalik hayotimizda ko‘rib turibmiz2


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan «Konstitutsiya – xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkuri mahsuli, asriy qadriyatlarimizning beqiyos timsolidir» mavzuidama’ruzasida yigirma besh yil – tarix uchun bir lahza, xolos. SHu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Ana shu mashaqqatli va sharafli yo‘lda erishgan barcha yutuqlarimizni eng avvalo Konstitutsiyamiz bilan bog‘lashimiz albatta bejiz emas. Nega deganda, Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi.
To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda.
Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda3
SHuningdek, ma’ruzada xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda ta’minlash bo‘yicha fikr bidirar ekan, aynan shu maqsadda biz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yar ekanmiz, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qabul qilinganligi, mazkur hujjat mohiyatiga ko‘ra, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning “yo‘l xaritasi”ga aylanganligi ta’kidlangan..
Ma’ruzada Davlat hokimiyati tizimida mutlaqo yangi institut – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylarda Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Ushbu tuzilmalar barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar bilan hamkorlik qilish, aholining eng dolzarb muammolarini hal etishning samarali tizimiga aylanganligi, hokimiyatning xalq saylagan vakillik organlari – parlament, xalq deputatlari kengashlarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va ahamiyati tubdan o‘zgarganligi, Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning vakolatlari bosqichma-bosqich kengaytirilib borayotganligi,, parlament va jamoatchilik nazorati institutlari mustahkamlanganligi, Sud tizimida,yagona sud amaliyotini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilganligi,iqtisodiy sohada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti ta’sis etilganligi, Konstitutsiyamizning 53-moddasida «Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligi, xususiy mulk daxlsizligi va muhofaza etilishining kafolati», deb belgilab qo‘yilgan. Bu fikrning amaliy isboti sifatida joriy yilda milliy valyutamiz – so‘mning erkin konvertatsiyasiga yo‘l ochilganligi, shuningdek, Respublikamizda “YOshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilinganligi, jamiyat adolat ustuvorligini yanada mustahkamlash borasida,ijtimoiy adolat – bu siyosiy qarashi, jinsi, millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlashdir. Bu – ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalardagi imkoniyatlar tengligidir. Bu – kafolatlangan mehnat faoliyati erkinligi, mansab lavozimlari bo‘yicha ko‘tarilib borishdagi imkoniyatlar tengligidir. Eng muhimi, bu – keksa avlod vakillari va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikdir deb ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu yuqoridagi fikr va mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, bugun biz kuchli davlatdan-kuchli fuqarollik jamiyati sari borar ekanmiz, mustaqil Respublikamizda yoshlar ongida millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, Ozod va obod Vatan, erkin va farovon jamiyatni barpo etishimizda, jamiyat manfaati, kelajagi, barqarorligi, taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga kengroq singdirib borishimiz zarur.
Qadriyatlarning mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllar bilan bog‘liq muammolarning tahlili uzoq tarixga ega. Kishilar qadim zamonlardanoq o‘zlarini o‘rab turgan olam, undagi narsa, voqea va hodisalar, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga baho berganlar, ularning qadri to‘g‘risida fikr yuritganlar. Zamonlar o‘tishi, jamiyat rivoji davomida bu boradagi muammolar ko‘paygan, ularni hal qilishning ahamiyati ortavergan. Qadriyatlar mavzusi bir qator dunyoqarashlarning asosida yotgan, ularning markaziy qismini tashkil qilgan. Ko‘pgina falsafiy oqimlar va mutafakkirlar ham bu mavzuni chetlab o‘tmaganlar.
Qadriyatlar muammosining falsafiy-tarixiy tahlili zaminimizda yaratilgan qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Xalq og‘zaki ijodida ko‘proq umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor berilgan, ularning mohiyati, mazmuni turlicha talqin qilingan. Spetamen, Alpomish, To‘maris va SHiroq to‘g‘risidagi dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoiylik ruhi badiiy tasvirlangan. «Bu dostonlarni qadimgi yunonlarning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari bilan qiyoslash mumkin»1
Qadimgi odamlar borliq to‘g‘risida o‘ylaganlarida, afsona, hikoyat yoki dostonlar so‘ylaganlarida olamning qadri, uning cheksizligi, koinot va odamzod aloqalari, inson umrining ma’nosi, mazmuni, maqsadi hamda botirlik, oqillik, hokisorlik, yaxshilik, vafodorlik, vatanparvarlik kabi qadriyatlarga izoh berganlar, hatto ularning ba’zilarini ilohiylashtirganlar. Qadriyatlar mavzusi diniy dunyoqarashlar va ularning eng qadimgi shakllarida ham o‘z aksini topgan, har bir din o‘ziga xos ilohiy qadriyatlar tizimiga ega. Ular bir- birlaridan ana shu dinlarining asosiy kitoblari Qur’on, Injil, Veda, Upanishad va boshqalarda muayyan ilohiy qadriyat tizimlari o‘z ifodasini topgan. Dinlarning tarixiy shakllari takomillashib borgani sari, ulardagi qadriyatlar tizimi ham yangi qirralarini namoyon qilib boravergan.
SHu o‘rinda “qadriyat” atamasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, u arabcha «qadr» so‘zidan olingan bo‘lib, borliq va jamiyatdagi biror-bir narsa va hodisani jamiyatda, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy munosabatlarda tutgan muhim ahamiyatini ifoda etish uchun qo‘llanilgan
Islom Karimov aytganidek, “Tarix sinovlaridan o‘tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu-intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to‘la javob beradigan, yillar o‘tgani sari qadri ortib boradigan g‘oya va tushunchalarni qadriyat deb bilamiz”1 Har bir mamlakatda har bir millatning asrlar osha avloddan- avlodga o‘tib, sayqallanib kelayotgan o‘z qadriyatlari bo‘lib, ushbu qadriyatlar asosida millat qadrlanadi hamda obro‘-e’tiborga ega bo‘ladi. Ammo qadriyatlaridan jamiyat taraqqiyoti uchun qay daraja- da foydalanayotganliklari katta ahamiyat kasb etadi. Milliy qad- riyatlarga hurmatsizlik, uning qadr-qimmatini bilmaslik nima- larga olib kelishi yaqin o‘tmishdan bizga ayondir. Millat ruhi sin- gan, bobolar qalb qo‘rining mevasi bo‘lgan yuksak ne’matning oyoq osti bo‘lishi hech kechirilmas holatdir.
Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustah- kamlamay turib o‘z istiqbolini to‘liq tasavvur eta olmaydi. Ayniqsa, SHarqda xalqning ming yillik milliy qadriyatlari o‘sha xalq uchun qadr-qimmatga molik ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilib kelgan. O‘zbek xalqi yaqin-yaqingacha davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqlarga qaramay, avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbek xalqi milliy qadriyatlarini asrlar davomida qalbida doimiy ravishda asrab-avaylab keldi va ularning umumbashariy qadriyatlar safidan joy olishlariga erishdi. Milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biridir.

  • Milliy qadriyatlar namoyon bo‘lishi hamda tarixiy taraqqiyoti bosqichida, ayrim o‘ziga xos xususiyatlarni mujassamlashtiradi. Ular qo‘yidagi xususiyatlardir:


  • Milliy qadriyatlar, ma’lum bir etnik makonda shakllanib, turli ko‘rinishda namayon buladi va ana shu etnik ma- konda yashovchi kishilarning ongiga hamda turmush tarziga o‘zi- ga xos tarzda ta’sir etadi;


  • Milliy qadriyatlar, bir millatga mansub bo‘lgan kishilarning ijtimoiy munosabatlarida ko‘zga tashlanadi va ular ana shu munosabatlarning natijasi o‘laroq, o‘z maqsad-muddao- lariga erishadi;


  • Milliy qadriyatlar, ijtimoiy rivojlanish jarayonlarida o‘zgarib, jamoaning manfaatlariga mos holda yangilanib, takomillashadi va kelgusi avlodlarga meros bo‘lib qoladi;


  • Milliy qadriyatlar, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarda erishilgan muayyan natijalarning manbai sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin;


  • Milliy qadriyatlar, mazkur milatning ruhiyatini o‘zida mujassamlashtirgan holda, boshqa millat vakillarida mavjud bo‘lmagan ichki botiniy his-tuyg‘ularni ham o‘zida aks ettiradi1


Q.Nazarov milliy qadriyatlar tizimining, nisbtan barqaror holatida, quyidagi shakl yoki tarkibiy qismlarni ajratib ko‘rsatadi:


1. Millatning genofondi, tabiiy betakrorligi, o‘ziga xosligi, tarixiy o‘zgaruvchanligi va ijtimoiy rang-barangligi;
2. Millat tarixi, o‘tmishi, kelajagi va ma’naviy merosi;
3. milliy hudud, moddiy va madaniy yashash sharoitlari, iqtisodiy asos va ijtimoiy ustqurma bilan bog‘liq jihatlar;
4. Urf-odatlar. An’analar, marosimlar, turmush tarzi va boshqlardagi milliylik, ular bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlar;
5. Milliy til, milliy madaniyat va ma’naviyat, millat ong va milliy ruh, milliy tuyg‘ular va g‘oyalar2
Umuminsoniy qadriyatlar kategoryasining mazmunini o‘rganish uchun avvalo, «umuminsoniylik» tushunchasining ma’nosini tahlil qilmoq lozim. Bu tushncha jamiyatning asosiy jihatlari, turli ijtimoiy sifatlar, xususiyatlar va boshqalarning umuminsoniy xarakterga ega ekanliginii anglatadi. «Umuminsoniylik» tushunchasida qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi bo‘lgan odam zotining hayoti va kamoloti hamda tarixiy, siyosiy va boshqa birliklar (ijtimoiy sub’ektlar) uchun ahamiyati ham o‘z aksini topadi. SHu bilan birga umuminsoniylikda umumijtimoiy munosabtalar, ta’lim-tarbiya va ma’naviy-axloqiy jihatlar, ijtimoiy muhitning eng umumiy tomonlari bilan bog‘liq sifatlar ham aks etadi. Bir so‘z bilan aytganda umuminsoniylik odamlar uchun umumiy bo‘lgan mezonlar, ob’ektiv holatlar, xususiyatlar, shart-sharoitlar va boshqalarni o‘zida aks ettiradigan tushuncha sifatida ishlatiladi.
Umuminsoniy qadriyatlar barcha xalqlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi, insoniyatning umumiy manfaatiga mos keluvchi mod- diy va madaniy hodisalar, mezonlar, qadrli jihatlarning ustuvor bo‘lishiga tayangan g‘oyalar asosida shakllangan faoliyat majmuidir3
Umuminsoniy qadriyatlar insoniyat tarixining yaxlitligini ifodalaydi, davrlar o‘tishi va ijtimoiy hayotning o‘zgarishi bilan bir qatorda takomillashib, rivojlanib, tobora ko‘proq xalqlarni, millatlarni, insonlarni yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi va kamol toptiruvchi buyuk kuchga aylanib boradi. Insonparvarlik va ijtimoiy adolat, erkinlik va ozodlik, barqarorlik va farovonlik, ezgulik va taraqqiyotga bo‘lgan intilish umuminsoniy qadriyatlarning muhim tomonlaridan biridir.
Q.Nazarov umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllarini o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berib o‘tgan:
– butun insoniyatga xos bo‘lgan tabiiy-tarixiy jihatlar, ya’ni inson vujudining tirikligi, sihat-salomatligi, ijtimoiy faoliyatga qobilligi, ongi, bilim, muomala vositasi;
– madaniyat, ma’naviyat, fan, din, huquq, siyosat, mafkura va ijtimoiy ongning boshqa shakllari biln bog‘liq yutuqlar, kashfiyotlar. YAratilgan boyliklar, ta’lim-tarbiya va ma’anviy kamoltning yo‘nalishlari, usullari, vositalari;
– insoniyat rivojining hozirgi davri bilan bog‘liq mintaqlar, ijtimoiy tuzumlar, davlatlar oldida turgan va butun jahon ahamiyatiga molik eng umumiy olamshumul muammolar, dolzarb vazifalar,kelajakning istiqbollari;
– sayyoramiz hududlari, davlatlari va ijtimoiy tuzumlaridan qat’iy nazar, hamma uchun umumiy foydalanish imkonini beradigan universal texnologiyalar, ishlab chiqarish, boshqarishni tashkil qilish, kosmonavtika, EHM, kibernetika va boshqa yo‘nalishlardagi umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayonlar1
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning etakchi olimlari tomonidan demokratiyaning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xaqning qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish va to‘ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. Demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof etgan tamoyillari mavjud. Bular quyidagilar:
- erkin va adolatli saylovlar;
- ochiq va hisobot beruvchi hokimiyat;
- inson huquqlarining ustuvorligi;
- hokimiyat organlarining saylanib qo‘yilishi;
- so‘z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi;
- qonun ustuvorligi;
- fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi;
- tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo‘yiladigan organlar oldida hisob berish burchliligi;
- ko‘ppartiyaviylik tizimining mavjudliligi;
- umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o‘tkazilishi;
- mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini ta’minlovchi qonunlarning mavjudligi;
- siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko‘rsatishi;
- jamiyatda plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi.
Demak, milliy qadriyatlarimiz yuqoridagi tamoyillarning ta’siri o‘laroq boyib boradi va umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashadi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, kurrai zaminning ko‘pchilik xalqlari kabi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Demokratik jamiyatni shakllantirishda, avvalambor, mamlakatimiz taraqqiyotining o‘ziga xos milliy qadriyatlarini jahonda kechayotgan umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘un- lashayotganini nazardan qochirmaslik kerak.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi demokratik rivojlanishning asosidir, chunki milliy qadriyatlarning umumbashariy qadriyatlarga aylanish jarayoni shunchaki amalga oshmaydi. Qachonki milliy qadriyatlar demokratik tamoyillarga asoslansa, u umuminson manfaatiga xizmat qilsagina umumbashariy qadriyatlar safidan joy oladi. YUqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan bo‘lsak, milliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘rtasidagi chegarani aniqlashga harakat qilish qiyin va samarasiz ishdir. CHunki milliy va umumiy qadriyatlar amalda, hayotda shunchalik uyg‘unlashib ketganki, milliy qadriyatlar qaerda tugaydi-yu, umuminsoniy qadriyatlar qaerda boshlanadi, degan fikrni asoslash mashaqqatli ish. Milliy qadriyatlar ham aslini olganda umuminsoniy ahamiyatga ega. Umuminsoniy mazmun-mohiyatdan mahrum qadriyat- lar millat manfaatiga xizmat qilmaydi. Faqat milliy qadriyat- larni tahlil qilish orqali biz har bir xalq, millatning o‘ziga xos takrorlanmas belgilarini aniqlashga muvofiq bo‘lamiz.
Respublikamiz Prezidentining 2016-yil14-sentyabrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. U 4 bob va 33 moddadan iborat bo‘lib, unda ushbu qonunning maqsadi, qonun xujjatlari, asosiy tushunchalari, asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari batafsil yoritilgan. Ushbu xujjatda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan navqiron avlodni voyaga etkazish, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Zero, mamlakatimizning jahon maydonidagi nufuzi va raqobatbardoshligini oshirish ko‘p jihatdan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga bog‘liq. YOshlarni yurtimiz taraqqiyotining etakchi kuchiga aylantirish, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi yo‘lidagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Buning isboti o‘laroq, yurtimizda iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirishga, yosh avlodning zamonaviy dunyoqarashini, ijodiy va shaxsiy xususiyatlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligida ko‘rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda ishlab chiqilgan qator farmon va qarorlari o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy istiqlol g‘oyasi, o‘z Vatani va xalqiga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga, uni har tomonlama– jismonan, ma’nan va ruhan barkamol etib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning manfaatlarini yanada to‘liq ta’minlashga yo‘naltirilgan, ularning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini kafolatlashga xizmat qiladigan huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy tadbirlar tizimli tarzda amalga oshirilayotganligini alohida ta’kidlash zarur. Ayni paytda, davlat dasturlari doirasida yosh avlodni hayotga qat’iy e’tiqod va qarashlar ruhida, mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ham yuksak samara va sifat bilan ro‘yobga chiqarilayotganini qayd etish lozim. Inson ongi va qalbi uchun kurash global xarakter kasb etgan bir davrda bunday masalalarga e’tibor berilishi bejiz emas, albatta.Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sobiq mustamlaka tuzumi davridagi kommunistik mafkura xalqimizning boy ma’naviy merosi, qadriyatlari, an’analari, urf odatlari va tiliga bo‘lgan munosabatining qanday bo‘lganligini tarixdan bilishimiz mumkin.
Mustaqillikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etish mamlakatimiz aholisining asosiy maqsadidir. Bu esa, yoshlarning faolligisiz amalga oshmaydi. YOshlar faolligini tarkibiy qismlaridan biri bu – vatanparvarlikdir. YOshlarimiz ongiga vatanparvarlik g‘oyasini chuqur singdirish dolzarb vazifalarimizdan biridir. Buning uchun vatanimiz hududida faollik ko‘rsatgan o‘nlab, yuzlab buyuk allomalarimiz, sarkardalarimiz, davlat arboblarining hayot - faoliyatlari misol bo‘la oladi.
I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat SHarq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zaminda ne – ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar etishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga etgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”1 Vatanparvarlikni ana shu allomalarning boy ma’naviy merosidan, o‘gitlaridan, xalq og‘zaki ijodidan o‘rganish lozim.
Avvalo, vatanparvarlikni tushunish uchun Vatan so‘ziga e’tiborni qarataylik. Unga turlicha yondashuvlar mavjud. YU.G‘.Mahmudov, X.J.Xudoyqulov, E.J.Xolmirzaev, Z.J.Xolmirzaev, O.J.Suyunovlar Vatan so‘ziga quyidagicha yondashganlar: “Vatan – bu inson va uning avlod – ajdodlari yashagan, kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargoh. Vatan – bu ajdodlar maskani, el – yurt, xalqni voyaga etkazgan joy, uning tili, tarixi, madaniyati, urf – odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamin2
Taniqli olimlar M.Imomnazarov va M.Eshmuhammedovlar Vatan tushunchasining ilohiy talqinini o‘ziga xos holda tavsiflagan. Masalan, deydi ular, - tasavvuf tariqatlaridan bo‘lmish Naqshbandiya pirlari nazdida ruh uchun badan Vatan. “Safar dar Vatan”, deydi hazrati Bahovuddin ustozlari izidan borib, ya’ni inson ruhi badanni, moddiy vujudni tark etmagan holda Haq bilan birlashuvi, ko‘ngil ko‘zgusini poklab, unda Haq jamoli aks etishiga erishuvi lozim. Bu erda inson vujudini qanchalik pok tutishi lozim bo‘lsa, Vatan sha’ni va qadrini ham shunday pok tutishi lozimligiga ishora bor. Nopok vujudda pok ruhni tasavvur etish qiyin3
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir” nomli asarida shunday deyilgan: “Diyorimizda yashayotgan har bir inson, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, shu zaminda voyaga etgan, uning suvini ichgan, nonini egan, tuzini totgan vatanparvardir”. Demak, haqiqiy vatanparvarlik Vatan oldida o‘zini oqlashdir! Vatanparvarlikning eng oliy ko‘rinishi – Vatan uchun jon ham fido qilishdir1
To‘g‘ri, Vatan, vatanparvarlik haqida tom – tom asarlar yaratilgan. Ammo har bir davrning o‘z talabi zaruriyati bordir. SHu ma’noda vatanparvarlik haqida doimiy ravishda fikr yuritilsa ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Ajdodlarimiz tomonidan vatanparvarlikka qanday yondashilganini tahlil qilsak, mavzuimizning ko‘p jihatlari yaqqol ochiladi. CHunki, vatanparvarlik xalqimizning tarixiy hayotida muhim o‘rin egallagan. Buyuk shaxslar Spitamen, SHiroq, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalar vatanparvarlar sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. SHu o‘rinda professor Z.Davronovning “Barkamollikka da’vat maktublari”dan quyidagilarni keltirish mumkin: “Vataning bilan faxrlan. SHu Vatanda o‘zlarining ilmlari, insoniyligi, qo‘rqmas va botirligi, mehmondo‘stligi, insonparvarligi, diniy qadriyatlarni e’zozlashi bilan nafaqat musulmon, balki dunyo xalqlari o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lgan shaxslar voyaga etgan. Sen esa ularning munosib avlodlaridansan. Demak, Vataning mo‘‘jizalar makonidir”2
Vatanparvarlik tushunchasini yanada kengroq tushunish uchun Furqat, Fitrat, Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon, Abdulla Avloniy, Usmon Nosir, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov asarlaridagi qahramonlar obrazlarini mukammal o‘rganish lozim.
YUqorida eslatganimizdek, vatanparvarlik ona yurtiga sodiqlik deganidir. Sodiqlik esa insonning kundalik hayotida, turmush tarzida namoyon bo‘ladi. Bu, Vatan tushunchasiga ham aloqadordir. Soxta vatanparvarlik esa har bir xalqqa ziyon va zahmat keltiradi. Vatanparvarlik insonning qon – qoniga singigan bo‘lishi kerak. SHu o‘rinda Islom Karimovning: “Tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urmagan odamdan jasorat kutib bo‘lmaydi. Biz shunday muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida, har bir fuqaro qiyofasida ozod va obod Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni yashnatib tursin. Har bir insonning o‘z vatani bo‘lgandagina, u haqiqiy vatanparvar bo‘la oladi”3
YOshlarda vatanparvarlik tushunchasining mazmun-mohiyatini anglatishda, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda quyidagilar muhim:
- o‘z xalqi va vatanining tarixini yaxshi bilishi va u bilan faxrlanishi;
- qadimiy yodgorlik va obidalar, betakror imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy meroslarni ko‘z qorachig‘iday asrash va ularni avlodlarga asl holida taqdim etish;
- xalqimiz va ajdodlarimizning go‘zal va purma’no an’analari, urf – odatlari va udumlarini qadrlay bilish, ularni davom ettirish va boyitish;
- shu aziz yurtni himoya qilib, tomirida oxirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo‘lgan qahromonlar nomini yod etish, ularning ruhini shod etadigan ishlarni amalga oshirish;
- o‘tgan asrning sho‘rolar hokimiyati hukmronlik qilgan yillarida xalqimiz va millatimizga qarshi uyushtirilgan qatag‘onlarni, qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo‘lgan minglab millatimiz farzandlarini unutmaslik;
- vatanimizning tabiiy boyliklari va tuproq, suv, havo hamda go‘zal tabiatiga oqilona munosabatda bo‘lish, ularni asrab – avaylash, tejamkorlik hissi bilan yondashish;
- fidokorona mehnat, ilm va ijod bilan vatanining dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash va sha’nini orttirish kabi maqsad va vazifalar kun tartibidan doimiy o‘rin olish kerak1, deb hisoblaymiz.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlab o‘tish mumkinki, bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xislatlar ham xalqimizda azaldan mujassam. SHunday ekan bugungi kunda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularning ongiga Vatan tuyg‘usini singdirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizning o‘rni benihoya kattadir.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling