Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Qadimgi Dune bunyodkor g‘oyalari


Download 0.58 Mb.
bet16/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Qadimgi Dune bunyodkor g‘oyalari:

Qadimgi SHarq bunyodkor g‘oyalari va ta’limotlari (Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo):
Asosiy turlari, xarkterli xususiyatlari:
1) Buddizm, braxmanlik.
2) Zardushtiylik (Zardo‘sht).
3) Konfutsiy, daosizm (Lao-szi) Mo-szi.

Qadimgi YUnon va Rum bunyodkor g‘oyalari va ta’limotlari:
1) Gomer, Gesiod, Demokrit (er.avv. VI-V asr).
2) Aflotun (er.avv. 427-347 y.).
3) Arastu (er.avv. 344-322 y.).
4) Seneka (er.avv. 465 y.). Neoplatonizm (Plotin, Porfiriy, Prokl) (er.avv. IV-III asr).
Insoniyat doimo yaxshilikni yoqlab, yomonlikka qarshi kurashadi, yaratuvchanlik va bunyodkorlik unga xos bo‘lgan buyuk fazilatlardir. SHarq xalqlarining buyuk ijodkorligi, bunyodkorligi va qadriyatlari turli davrlar ta’sirida g‘arbga, xususan, antik YUnon-Rim madaniyatiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ana shunday ta’sir ostida YUnon-Rim madaniyati, ilm-fani, falsafiy tafakkur dunyosi shu qadar yuksaldiki, o‘sha davrda yaratilgan shoh asarlar va ularning mualliflari merosi hanuz bashariyatning ezgu ishlariga xizmat qilib kelmoqda. SHu ma’noda, komil ishonch bilan aytish mumkinki, insoniyatning haqiqiy umumbashariy madaniyati g‘arb sivilizatsiyasi va SHarq ma’naviyatining qo‘shilishi asosida yaratilgan.
Hayotning, borliqning mohiyatini anglash to‘g‘risidagi buddizm dinining asoschisi Siddxartxa Gautama qarashlari muhim o‘rin tutadi. Har qan-day insoniy tuyg‘u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatlarni chuqurlashti-radi. Hayot mazmunan tug‘ilish, sevish, o‘lim, azobdan iborat. «Borliq girdobi»dan chiqib olish uchun g‘aflatdan uyg‘onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan, ko‘ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlardan voz kechish lozim. Faqat shundagina «najot topish yo‘li»ga kirish mumkin. Inson beshta axloqiy talabga amal qilishi lozim: har bir kishi yomonlik qilishdan, yolg‘on gapirishdan, o‘g‘irlik qilishdan, xis-tuyg‘ularga ortiqcha berilishdan, ichkilikdan o‘zini tiyishi kerak. S.Gautama quyidagi 8 ta ongli xarakatni ilgari suradi:
  1. E’tiqod to‘g‘ri shakllangan bo‘lishi.


  2. Maqsad sari qat’iy xarakat qilishi.


  3. To‘g‘ri tafakkur va nutq bo‘lishi.


  4. To‘g‘ri fe’l-atvor bo‘lishi.


  5. To‘g‘ri turmush tarzi bo‘lishi.


  6. Kuch-g‘ayratning to‘g‘ri maqsadga qaratilgan bo‘lishi.


  7. Fikr, maqsadning to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi.


  8. Diqqat-e’tiborni to‘g‘ri orzu-niyat qilishga qaratish keraqligi ta’kidlanadi.


    Suqrot (Sokrat, mil. av. 470-399 yy.) esa bahs orqali, ya’ni muayyan masalalarni o‘rtaga qo‘yish va ularga javob topish yo‘li bilan haqiqatni aniqlash mumkin, deb bilgan. U ezgulik - bilim va donishmandlikdir, yaxshilik mohiyatini to‘g‘ri anglagan insongina yaxshilik qiladi, deb tushuntiradi. Suqrot adolatga xilof bo‘lgan davlat boshqaruvining hamma shakllarini tanqid qiladi, faqatgina adolatli, demokratik davlat boshqaruvini yoqlab chiqadi.

Hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandi (1869–1948) o‘z ma’naviyati, g‘oyalari va ilg‘or qarashlari bilan XX asrning buyuk shaxslaridan biriga aylangan. U mustamlakachilarga qarshi kurashning timsoli edi. U hindlar bilan musulmonlarning o‘zaro do‘stligini mustahkamlashga intildi. Gandi din bilan siyosatni bir-biriga bog‘lashga harakat qildi. Unga xalq «Mahatma» - «Buyuk qalb» deb nom bergani ham shundan bo‘lsa, ajab emas. R.Tagor fikriga ko‘ra: «Gandi muvaffaqiyatining siri uning jo‘shqin ma’naviy kuchida va behad darajada o‘z manfaatlaridan voz kechishidadir. U o‘zining olihimmatliligi bilan noyobdir. Gandi hayotining o‘zi fidoyilik timsolidir».


Milliy davlatchilik g‘oyasi va uning xalqlar taraqqiyotiga ijobiy ta’sirini mustaqil O‘zbekiston misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik, mintaqaviy tinchlik, millatlararo totuvlik borasida olib borayotgan siyosati barqarorlik hukm surishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bunday jarayon bugungi dunyoda amaliyot falsafasi deb tan olingan pragmatizm (yunon. sub’ektiv-idealistik falsafiy ta’limot, voqelikni tajriba «ong oqimi» deb talqin etadi), hayot falsafasi bo‘lgan ekzistensializm (lat. mavjudlik falsafasi, erkinlikka erishish ma’nosida) kabi dunyoviy va diniy g‘oyalardan oziqlangan ta’limotlar misolida ham ko‘zga tashlanmoqda.
Ilmiy kashfiyotlar mafkura rivojiga katta ta’sir o‘tkazadi. Zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, kibernetika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish (yunon. irsiy jihatdan bir xil organizm), insonning gen-nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o‘zgartirmoqda.
Ayni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlari, bir tomondan, inson aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Xirosima, Nagasaki, CHernobil fojialari, ommaviy qirg‘in qurollari, ekologik halokatlar, ma’naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
SHunday ekan, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog‘lom g‘oya, sog‘lom mafkura kerak.
Foya va mafkura gumanizm va taraqqiyot tamoyillarini, xalq taqdiridagi yuksalish zaruratini o‘zida aks ettirmasa, aksincha, bu intilishlarni rad etsa, mohiyatiga ko‘ra ularga zid bo‘lsa, u jamiyat tanazzuliga sabab bo‘ladi.
Ana shunday mafkuralardan biri - hokimiyatni qurol kuchi bilan egallab olgan sobiq kommunistik tuzum mafkurasidir. Dunyoning 6 dan 1 qismini egallagan ulkan saltanat va sotsialistik lager hududida hukm surgan bu mafkura o‘zining g‘ayriinsoniy va g‘ayrimilliy mohiyati, mustabid tabiati tufayli tanazzulga yuz tutdi.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ba’zi buzg‘unchi mafkura o‘zining soxta jozibasi, aldov va makr bilan omma ongini zaharlab, jamiyatda hukmron mavqeini egallab olishi ham mumkin. Masalan, XX asr 30-yillarida Italiya va Germaniyada fashizmning g‘alaba qozonishi nafaqat italyan va nemis xalqining, balki dunyodagi millionlab insonlarning boshiga cheksiz kulfat solgani tarixning achchiq saboqlaridan biridir. Bugungi kunda butun dunyodagi taraqqiyparvar va gumanistik kuchlar bunday fojiali va noxush holatlar takrorlanmasligi uchun hamjihatlik bilan kurash olib bormoqda.
Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, insoniyatning azal-azaldan g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashib kelishi-tarixning o‘zgarmas qonuniyatidir.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling