Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet41/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

Uchinchi prinsip: “Harakatlar strategiya­si” ma’no-mazmuni sodda va tushunarli, har bir fuqaro uchun amaliy ish dasturiga aylanmog‘i kerak.

“Harakatlar strategiyasi”da Prezident Parlament a’zolariga keng ko‘lamli qonunchilik dasturini taklif etmoqda. YUqorida sanab o‘tilgan beshta muhim ustuvor yo‘nalishda qabul qilinishi zarur bo‘lgan qonun ijodkorligiga har tomonlama katta mas’uliyat bilan yondashishimiz talab etiladi.

Xulosa qilib aytganda, “Harakatlar strategiyasi” o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat va jamiyat rivojining prinsipial jihatdan yangi bosqichda mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha boshlangan keng ko‘lamli va tizimli islohotlarni yanada izchil davom ettirish, yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarga yangicha nigoh bilan qarash, erishilgan yutuqlarga xolisona baho berish va mavjud muammolarni chuqur tahlil etish va ularning echimini topish imkonini beradi.

“Harakatlar strategiyasi”da mujassam etilgan eng muhim jihatlar o‘z mazmuniga asosan, dunyoda keskin o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda davlat va jamiyat qu­rilishi sohasidagidemokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar va tinchlik-farovonlik, osoyishta hayot, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalishda aniq muddatga mo‘ljallangan tom ma’nodagi dastur hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, ayni shu yo‘nalishlar bugungi globallashuv jarayoni, tobora chuqurlashib borayotgan murakkab geosiyosiy vaziyat, ayniqsa, xalqaro maydonda ba’zi bir mamlakatlarning faqatgina o‘z manfaatlari nuqtai nazaridan turib siyosat yuritishi, insoniyat har qadamda duch kelayotgan terrorizmning global xarakteri, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilik insoniyat taraqqiyotiga jiddiy tahdid solib turgan murakkab zamonda O‘zbekiston manfaati, demak xalqi­miz manfaati uchun dolzarb ahamiyatga ega.

U besh bosqichda, kelgusi besh yilda yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.

“Harakatlar strategiyasi”ning dastlabki yo‘nalishi “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”, deb nomlangan bo‘lib, unda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliya­ti ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish belgilangan.



O‘zbekistonda rivojlangan ko‘ppartiyaviylik tizimi vujudga kelganligini, yoki bo‘lmasa siyosiy madaniyatga ega bo‘lgan saylovchilarning shakllanganligini ham ta’kidlash o‘rinli. Jamoatchilikning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortib borib, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarda daxldorlik tuyg‘usi paydo bo‘lib, mana shunday muhim islohotlarning ishtirokchisiga aylanib bormoqda. Men nima uchun buni shu o‘rinda ta’kidlab o‘tayapman. Sababi, mana shu “Harakatlar strategiyasi”ni muhokama qilish jarayonida ham siyosiy partiyalar vakillari, faollari faol ishtirok etishdi. Jamiyatda ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va bevosita fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biriga aylangan siyosiy partiyalar orqali xal­qimizning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki ko‘lami kengayib bormoqda. Mamlakatimiz mustaqilligining ilk yillaridan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan davlat hokimiyati va bosh­qaruvini demokratlashtirish jarayonida siyosiy partiyalarga juda katta vakolat va imkoniyatlar berilmoqda. Masalaga qonunchilikda belgilab berilgan mana shu vakolat nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak, tabiiyki, bugun fuqarolik jamiyati institutlari orasida, ayniqsa, eng ta’sirchan institutlardan biri bo‘lgan siyosiy partiya­lar oldida juda katta mas’uliyat turganligini ta’kidlab o‘tishimiz kerak. Bunday o‘ta muhim vazifani ado etish, o‘z-o‘zidan yoki osonlik bilan kechadigan jarayon bo‘lmay, balki siyosiy partiyalar xalqning ilg‘or qismi sifatida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan yanada mukammal harakat dasturiga va hayotiy tashabbuslariga ega bo‘l
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da yuqorida ta’kidlangganidek, mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi – davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani taraqqiy ettirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bo‘yicha aniq, hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari belgilab berilgan:



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling