Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


-MAVZU: MILLIY G‘OYAGA DAXLDORLIK HISSI – BARQAROR TARAQQIYOT OMILI


Download 0.58 Mb.
bet62/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

8-MAVZU: MILLIY G‘OYAGA DAXLDORLIK HISSI – BARQAROR TARAQQIYOT OMILI

REJA:
  1. “Milliy g‘oyaga daxldorlik xissi”, barqarorlik g‘oyasi va ularning o‘zaro aloqadorligi


  2. Milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni shakllantirishda oila, mahalla, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlarining o‘rni.


  3. Milliy g‘oya barqaror taraqqiyot omili





Tayanch tushuncha va iboralar:
Daxldorlik, daxldorlik tuyg‘usi, fuqaro daxldorligi, mas’uliyat, Vatan taqdiriga shaxsiy daxldorlik tuyg‘usi, fuqaro mas’uliyati, iftixor, bag‘rikenglik va daxldorlik, ta’lim taraqqiyoti, ijtimoiy taraqqiyot, oiladagi tarbiya, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiya, boshlang‘ich ta’limdagi tarbiya, o‘rta umumiy ta’limdagi tarbiya, O‘MKHTdagi tarbiya, oliy ta’lim muassasalaridagi tarbiya, oliy ta’limdan keyingi faoliyatdagi tarbiya va hk.

Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlar hamda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolarni xolisona tahlil qilish, tegishli xulosa hamda saboqlar chiqarish – milliy g‘oyaning zarurligi va ahamiyatining tobora ortib borishini ko‘rsatmoqda.


Milliy g‘oyaga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishda avvalo yosh avlodning ongida mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirib borish zarur. SHu o‘rinda fuqaro mas’ulyati tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, mas’uliyat – avvalo, jamiyatning axloqiy talablarini kundalik faoliyatida qo‘llay bilish, ularga rioya etish yoki etmaslik tushuniladi. Bu tushuncha fuqarolar huquq va majburyatlarining o‘zaro uyg‘unligini ifodalaydi. Inson o‘z burchini anglagani sari uning zimmasida ma’sulyat hissi ortib boradi. Qachonki inson jamiyat oldidagi burchini anglasa, unda shaxsiy daxldorlik hissi paydo bo‘ladi.
Daxldorlik faoliyati sof holatda mavjud bo‘la olmaydi. U qator insoniy sifatlar turkumi kontekstida namoyon bo‘ladi. YA’ni daxldorlik tushunchasi bugungi kunda keng istemolda bo‘lgan “ma’naviy-axloqiy tarbiya”, “vijdon, uning tarkibiy qismlari”, “vijdon amri”, “vijdon uyg‘oqligi”, “milliy g‘oya”, “ komil inson”, “fidoiylik”, “vatanparvarlik”, “mafkuraviy immunitet” kabi tushunchalar bilan aloqador va bu tushunchalar bir-birini taqozo etadi.
Ruscha-o‘zbekcha lug‘atlarda daxldorlik (otnosyashiysya) – taalluqlilik, tegishlilik, daxl qilmoq, taalluqli, degan ma’nolarda berilgan.
Daxldorlik – insonga xos yuksak ma’naviy fazilat. U shaxsning o‘z xatti–harakati, qilmishi, yurish turishi uchun odamlar jamoatchilik oldidagi mas’uliyat hissini anglatuvchi tuyg‘u, umumiy ish, nohaqlikka, adolatsizlikka murosasizlik, bunyodkor fikr va g‘oyalarga hayrihohligini faol namoyon qilish va boshqalarda nomoyon bo‘ladi.
Men, o‘zbekistonlik, O‘zbekiston fuqarosi deb bilgan har bir kishi shu tuyg‘u bilan yashashi, intilishi, faoliyatda bo‘lishi zarur.
Daxldorlik hissi:
  1. Insonga atrofdagi odamlarga nisbatan daxldorlik;


  2. Oilaga daxldorlik;


  3. Maxallaga daxldorlik;


  4. Millatga daxldorlik;


  5. Mamlakatga, Vatanga daxldorlikni his etish bilan bog‘liq holatlardir.


Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi, amalga oshirilayotgan islohatlarimizning samaradorligi, avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at va ta’lim rivoji hamda fuqarolar daxldorligi bilan uzviy bog‘liq.


Daxldorlik hissi fuqarolikni anglash, fuqarolik mas’uliyati, insonlarni inson sifatida qadrlash, uning hayotiga, sha’ni, qadr-qimmatini, daxlsizligini hurmat qilish tuyg‘ulari bilan mujassam holda amalda namoyon bo‘ladi
Fuqaro daxldorligi – biror-bir faoliyatga, jarayonga aloqadorlik, sheriklik. Har bir fuqaro Vatan taqdiriga shaxsiy daxldorlik tuyg‘usi bilan yashasa, uning jamiyat oldidagi burchi va ma’sulyati ham kuchayib boradi. Daxldorlik hissi insonlarni birlashtiradi. SHuning uchun daxldorlik va ma’sulyatni kundalik faoliyatga aylantirgan inson haqiqiy ma’naviyatli inson hisoblanadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy moddiy va ma’naviy merosni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga etkazish uchun shu yurtda yashovchi har bir fuqaro ma’sul va o‘zini daxldor deb his etishi zarur. Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasining oshirilishi, davlat va jamiyatning har tomonlama hamda jadal rivojlanishida har bir fuqaroning shaxsiy mas’ulyati va daxldorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “YUksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida daxldorlik tuyg‘usi haqida shunday ta’kidlagan edi: “Agarki mendan, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo‘lardim”1.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar hamda o‘zgarib borayotgan hayot sur’atlari ham buni yaqqol tasdig‘ini ko‘rsatib turibdi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning yurtimizda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni ilgari surayotgani ham buning yaqqol ifodasidir.
Daxldorlik tuyg‘usi bo‘lgan insonda amalga oshirilayotgan ishlardan iftixor tuyg‘usi yuzaga keladi.
Iftixor – (arabcha. faxrlanish, quvonish) – ulug‘ bir narsaga daxldorlikdan faxrlanish, quvonish, g‘ururlanish tuyg‘ulari bilan bo‘g‘liq.
SHu ma’noda milliy g‘oya insonga o‘z millati, uning tarixi, milliy qadriyat va an’analari bilan faxrlanib yashash tuyg‘usini shakllantiradigan beqiyos kuchdir.
Milliy g‘oyada mujassam bo‘lgan buyuk maqsadlarni ro‘yobga chiqarish avvalambor jamiyatimiz va shu jamiyatimiz a’zosi bo‘lmish har qaysi insonning ma’naviy olami vca dunyoqarashidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq ekanini unutmasligimiz zarur. SHunday ekan, daxldorlik fazilatining milliy g‘oyamiz ustunlari bilan hamohangligini ko‘rib chiqsak.
YUrt tinchligi va daxldorlik. YUrt tinchligi – bebaho ne’mat, ulug‘ saodatdir. YUrt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovidir. O‘zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi, uni o‘z orzu intilishlari, maqsad-muddaolari ro‘yobga chiqishining kafolati deb biladi.
YUrt tinchligi – Vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Birovga qaram bo‘lgan xalq hech qachon erkin va farovon yashay olmaydi. SHuning uchun mustaqillik va tinchlikni asrash, mamlakatimizni tajovuzkor kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz lozim. Zotan, tinchlik – milliy va umumbashariy qadriyat bo‘lib, jahonda insonning eng muqaddas xuquqlaridan biri ham – tinch yashash xuquqidur. U har bir inson qalbidagi orzularini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib beradigan vosita. Tinchlik bor ekan, har bir davlat, viloyat, tuman, mahalla, oilada halovat va xotirjamlik bor.
Vatan ravnaqi va daxldorlik. Ma’naviy fazilatlar alohida ko‘p o‘rganilgan, biroq, ularning daxldorlik fazilati bilan funksional a’loqalari ijtimoiy gumanitar fanlarda hali maxsus o‘rganilmagan. SHunday ma’naviy fazilatlardan biri – vatanparvarlik. Xaqiqiy vatanparvar Vatanga, ona zaminga o‘z xalqiga muhabbat bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo‘lida tinimsiz mehnat qilish hamda kurashish zaruriyati tug‘ilganda jonni fido qilishni nazarda tutadi. Har jabhada Vatanimiz erishayotgan muvaffaqiyatlardan quvonish, og‘ir kunlarida uning uchun qayg‘urish, o‘z yurti bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich eri, har bir g‘ishti va giyohiga, qadimiy va zamonaviy obidalari, ilm-fan va san’atdagi yutuqlarini, moddiy va ma’naviy boyliklarini ko‘z qorachig‘idek asrab avaylash – bular barchasi vatanparvar xulq atvor na’munalaridandir.
Har bir vatanparvar inson Vatan ravnaqi uchun, uning baxtu saodati, kamoloti uchun o‘zini daxldor deb biladi. “Tabiat jamoa bo‘lib yashashga sodiq. U ba’zida daxldorlikdan insonlarga ibrat beradi, – deb yozadi pedagogika fanlar doktori, professor Muxammad Quronov, – asalari uyasiga yaqin borib turgan odamning xoli nima bo‘lishini yaxshi bilamiz. 100 000 asalari o‘z uyasining daxlsizligi uchun himoyaga otiladi. O‘ylab o‘tirmasdan, o‘zini fido qilib unga yopishadi. Talaydi. Faraz qiling, begonalar asalari uyasini buzib asaldan xohlaganicha olaversa-yu, asalarilar loqayd, chetdan qarab tursa nima bo‘ladi? Tabiatda asalari zoti nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketardi, mafkuraviy g‘animlarimiz bizning loqayd asalarilariga o‘xshashimizni istaydi. Demak, Vatan mustaqil bo‘lsa ham, farzandlari loqayd bo‘lsa, bunday millatning kelajagi bo‘lmas ekan.
Xalq farovonligi va daxldorlik. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xalq farovonligi xaqida shunday fikr bildirgan edi: “Xalq farovonligi degan ezgu tushunchani ham milliy g‘oyamizning negizini tashkil etadigan tamoyillar qatoriga qo‘yishimiz tabiiydir. Nega deganda, bu dunyoda har bir odam to‘q va badavlat hayot kechirish, el yurt uchun munosib farzand tarbiyalash, ularga bilim berish, uyli joyli qilish, ularning baxtu kamolini ko‘rish orzusi bilan yashaydi”1 .
Xalqning milliy g‘oyasi xalq farovonligi va turmush tarzini yaxshilashning asosi hisoblanadi. Har bir oila va fuqaroning munosib turmush darajasini ta’minlash shak-shubhasiz farovonlikni vujudga keltiradi. Har bir inson, u qay shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasin, shaxsiy manfaatlarini Xalq va Vatan manfaatlari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirib yashashi aqlga muvofiqdir.
Komil insonni tarbiyalash maqsadi va daxldorlik. Har qanday jamiyatda komil insonni tarbiyalash uchun asosan uning ruhiy-ma’naviy olamini boyitish, ongiga ezgu fazilatlar va yuksak axloq ruhini singdirish alohida ahamiyatga ega. Bu borada musaffo va bag‘rikeng, oliyjanob va insonparvar din bo‘lgan Islom dini insonlarni halollikka, ezgulikka, insof-adolatga, boshqalarga yaxshilik qilishga chorlashi bilan katta xizmat qilishi muqarrar. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti ta’biri bilan aytganda, asosiy vazifa “milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan etuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iboratdir”2.
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Bu esa ular tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ota-onalar, ustoz-murabbiylar, din xodimlari, qolaversa, keng jamoatchilik zimmasiga katta ma’suliyat va daxldorlikni yuklaydi. Farzandlarimizning ilmli, axloqli bo‘lib kamolga etishlariga uyda ota-onalar, o‘quv yurtlarida esa muallim va ustozlar astoydil jon kuydirishlari kerak bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘g‘il-qizlarimizni ilm-fan bilan oshno qilish ishidan hech kim chetda turmasligi kerak.
Ijtimoiy hamkorlik va daxldorlik. Ma’naviy fazilatlarning yana biri ijtimoiy hamkorlik bo‘lib, bu ham daxldorlikdan boshlanadi, chunki ijtimoiy hamkorlik barcha o‘zbek xalqini hamkor, hamjihat bo‘lib ishlashga, birlashishga undaydi. Bugun mustaqil O‘zbekiston ijtimoiy plyuralizm, hayotni erkinlashtirish, mulkning turli shakllariga teng huquqlilikni qonuniy kafolatlash yo‘lidan bormoqda. Ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi turli partiya, din qatlamiga mansub xilma-xil, jamiyat a’zolari qarashlaridagi tabiiy rang-baranglikni uyg‘unlashtiradi va umumiy taraqqiyot manfaatlariga bo‘ysundirishga xizmat qiladi.
Mustaqil O‘zbekistonning rivojlangan, kuchli va qudratli bo‘lishi uchun jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida barqarorlikka ega bo‘lish lozim.
Daxldorlik – odam bilan odamni, xalqni, Vatanni, odamni bog‘laydigan rishta, u uxlayotgan odamni – uyg‘otadi, yotganni – turg‘izadi, turganni – yurgizadi, yurganni – yugurtiradi. Milliy g‘oya, ma’naviyat bobida esa u mustaqillikni mustahkamlashga, himoya qilishga, Vatanni ozod va obod, jamiyatda erkin va forovon qilishga chorlaydi. Ana shuning uchun ham ijtimoiy hamkorlikning g‘oyaviy-ma’rifiy qimmati bebaho.
Millatlararo totuvlik va daxldorlik. Millatlararo totuvlik g‘oyasi – umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Millatlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qilar ekan, har insonda, xususan, fuqarolarning aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlarda millatlararo totuvlikni saqlashga daxldorlikni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Dinlararo bag‘rikenglik va daxldorlik. Dinlararo bag‘rikenglik –shubhasiz, xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarni bir zamin, bir Vatanda umum manfaatlarini himoya qiladigan ezgu maqsadlar, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi. Dinlararo bag‘rikenglik shu bilan tavsiflanadiki, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik va xalqchillik g‘oyalariga asoslanadi, yaxshilik, to‘g‘rilik, tinchlik, birodarlik, do‘stona munosabat, insonparvarlik kabi tushunchalarga tayanadi. Din er yuzidagi barcha insonlarni halol va pok yashashga, nopok narsalardan tiyilishga, gunohkor bo‘lishdan saqlanishga, zulm-sitamdan yiroq bo‘lishga, mehr-shafqatli va bag‘rikeng bo‘lishga da’vat etib keladi.
Islom ta’limotini to‘g‘ri tushunish orqali insonda Vatanga, millatga, xalqqa, odamlarga, tabiatga, YAratganga muhabbat tuyg‘usi kuchaya boradi. Bu esa, milliy mafkuramiz oldiga qo‘ygan komil insonni tarbiyalash maqsadi bilan uyg‘unlashib ketadi. Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy va diniy bag‘rikenglik asosiga qurilgan insonparvarlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-siyosiy qadriyatini tashkil etadi. SHunday ekan, bugungi kunda bu qadriyatlarni avaylab-asrash, himoya qilish, yanada mustahkamlash va yuksaltirish uchun ham barkamol avlodni insonparvarlik. Bag‘rikenglikka daxldorlik ruhida tarbiyalashimiz eng dolzarb, eng oliyjanob vazifamiz bo‘lib qolaveradi.
Vatanimizning kelajagi bo‘lgan farzandlarni odobli, aql-farosatli va bilimdon qilib tarbiyalash – davr talabi. YOshlarni har tomonlama ma’naviy etuk barkamol shaxs sifatida tarbiyalash murakkab va muhim vazifalardan bo‘lib, oila, ta’lim muassasalari, mahalla va jamoatchilik bu yuksak maqsadni amalga oshirishda bevosita birdek mas’uldirlar.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolani dunyoga kelganidan boshlab to voyaga etguniga qadar bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish, tug‘ma layoqatlarini aniqlash, shuningdek qulay muhit yaratish, ta’lim tizimida faol ishtirokini ta’minlashda tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar, shuningdek, mahalla-kuy mas’ulligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Oila – jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni katta bir oila deb tushunish mumkin. Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-uruglari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida gamxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. SHuning uchun ham har bir millat o‘z istiqbolini kamolga etayotgan yoshlari timsolida ko‘radi. SHu bois mamlakatimizda istiqlol yillarida navqiron avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, ularni turli zararli ta’sirlardan asrash, pirovardida barkamol inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu borada davlat idoralari bilan birga, jamoat tashkilotlari, xususan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, uning hududiy tuzilmalari, yurtimizda mavjud 10 mingga yaqin fuqarolar yig‘inlarining ham salmoqli hissasi bor.
Har bir jamiyat a’zosi oila bag‘rida voyaga etadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. YOshlarni hayotga, ongli mehnat faoliyatiga tayyorlashda oila va pedagogik faoliyatning tarbiyaviy jarayonni to‘g‘ri tashkil etishi zaruriy vazifadir. SHu maqsadda mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, avvalo, oila qadriyatlarini eng ilg‘or an’analarini tiklashga qaratilgandir.
Zero, “biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni sag‘arbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”1.
Binobarin, bugun yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega, bilimli, samarali mehnat qilishga qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy kapitali, uni harakatga keltiruvchi kuchiga aylanib bormoqda. Aynan shu bois XXI asr – intellektual bilimlar asrida inson kapitaliga investitsiyalar yo‘naltirishni ustuvor vazifa sifatida tanlagan mamlakatlargina yuksak taraqqiyotga erishishi mumkin. Faqat tom ma’nodagi bilimli jamiyatgina zamonaviy tahdid va muammolarni engib o‘tishga qodir bo‘ladi. SHuningdek, bu asr – axborot asri, globallashuv davri ham deb atalmoqda. Bunday sharoitda fan va ta’lim taraqqiyoti muhim ahamiyat kasb etadi.
Aslida ta’lim taraqqiyoti ijtimoiy taraqqiyotga zamin hozirlaydi. Ijtimoiy taraqqiyotning “umurtqa pog‘onasi”, iqtisodiy qadriyatlarning asosiy manbai, taniqli AQSH futurologi (bashoratchisi) E.Tofflerning aytishicha, bilim bo‘lib bormoqda.2
Zotan, XXI asr ta’limning ijtimoiy institut sifatida jamiyat taraqqiyotining izchil o‘sishiga faol ta’sir ko‘rsatish qonuniyatlarining mavjudligini asoslab bermoqda3.
Inson tarbiyasi uzoq muddatli, uzluksiz davom etadigan murakkab jarayon. Xususan, SHarqda tarbiyaga alohida e’tibor qaratiladiki, bu sharqona an’analar va demografik xususiyatlar bilan chambarchas bog‘liq. Zero, sharqliklarga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, o‘za totuvlik, bir-biriga daxldorlik tuyg‘ulari o‘sib kelayotgan farzandlar tarbiyasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Har-bir oila, mahalla, ta’lim-tarbiya maskanlari bilan hamkorlikda yoshlarni ilk davridanoq ahloqli, odobli qilib tarbiyalashning ahamiyati katta. Ulug‘ fiqhshunos olim Burhoniddin al-Marg‘inoniy fikricha , ahloqda diyonat, islomiyat, g‘ayrat, qanoat, shijoat, ilmi sabr intizom, vijdon, vatanni sevmoq, iffat, hayo, idrok, hayrihohlik, sadoqat, muhabbat kabi qator insoniy fazilatlar oilada, ota-ona, mahalla- kuy namunasida shakllanib, kamol topadi. Demak, axloq shaxs ma’naviyatini rivojlantirish asosidir, insonning umri esa farzandlarida davom etadi.
O‘sib kelayotgan farzandlarda insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi (mahalla, ko‘cha, bog‘cha, maktab, oliy o‘quv yurti), ijtimoiy muhit va tarbiyalanuvchiga bo‘lgan munosabat muhim rol o‘ynaydi. “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida ta’kidlab o‘tilganidek, “Odamzot uchun bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi, etakchilik xislatlariga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashi — bularning barchasi avvalo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda tasdiklab beradi”.1
Ushbu sohada olib borilgan ko‘p yillik ilmiy izlanishlar natijalarining ko‘rsatishicha, o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasining uzluksizligini quyidagi ko‘rinishda olib borish maqsadga muvofiq ekan:
Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo‘lib (inson umrining oxirigacha o‘rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Quyida sharqona muhitda uzluksiz ravishda olib boriladigan tarbiyaning har bir bosqichini alohida ko‘rib chiqamiz.
1.Oiladagi tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu fikrni bir qator SHarq mutafakkirlari ham ta’kidlab o‘tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand dunyoga keladi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida bu masalaga alohida e’tibor qaratiladi. Asarda qayd etilganidek, “… bola tarbiyasida sog‘lom nasl masalasi ham muhim rol o‘ynashini inkor etib bo‘lmaydi. Aqli raso har qaysi inson yaxshi anglaydiki, bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.
SHaxsan menga “nasl” va “nasiba” degan so‘zlar o‘rtasida qandaydir ilohiy bog‘liklik bordek tuyuladi. Albatta, har bir bandaga rizq-nasibani Olloh taolo beradi. Lekin bu hayotda nasibasi butun va to‘la bo‘lishi uchun insonning o‘zi ham chin dildan intilishi, zurriyodini sog‘lom muhitda tarbiyalashi katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz zarur”2. O‘z o‘rnida tarbiyaning uch ildizi hisoblangan – oila, mahalla va ta’lim muassasasida ushbu fikrni har bir ota-ona, mahallaning har bir a’zosi, har bir pedagog, tarbiyachi tushunib etsa va o‘ziga shior qilib olsa har tomonlama etuk, barkamol avlodni tarbiyasida muayyan muvoffaqiyatlarga erishgan bo‘lamiz.
2.Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiya. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi davr bola tarbiyasidagi eng muhim davr hisoblanadi. CHunki, bu davrda paydo bo‘lgan taassurotlar izi inson xotirasida umrbod saqlanib qoladi. Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o‘sishi, dunyoni bilishga intilishi, atrof-muhitga o‘z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan davrdir. Ota-ona va tarbiyachilar esa bolalarni to‘g‘ri o‘sishlari, aqliy va axloqiy, ma’naviy, estetik jihatdan tarbiyalashga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Buning uchun asosan o‘yinlar va ertaklar asosida axloqiy tarbiya berish mumkin, chunki bu yoshdagi bolalar asosan o‘yin faoliyatida bo‘ladi, o‘yinlarning rang-barang bo‘lishi va jamiyatimiz maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etish juda muhim. “Taassufki, ba’zi ota-onalar o‘z farzandining ana shunday qiziqishi va intilishlariga, uning ongu tafakkurida har kuni bir o‘zgarish ro‘y berib, ko‘zida yangi-yangi savollar paydo bo‘layotganiga ahamiyat bermaydi. Boz ustiga, agar ota oilada o‘zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida farzandlariga o‘rnak bo‘lish o‘rniga qo‘pol muomala qiladigan bo‘lsa, bu holat, tabiiyki, bola ma’naviy olamining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, vaqti-soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bo‘ladi.
YOki oilada qo‘ni-qo‘shnilarni ko‘rolmaslik, fisqu fasod, ig‘vo muhiti hukmron bo‘lsa, hech shubhasiz, bularning barchasi bolaning xotirasida tuzatib bo‘lmaydigan og‘ir asorat qoldiradi. Umuman, oiladagi ma’naviy muhit va tarbiya tufayli bola yo mehribon va rahmdil, yoki xudbin va bag‘ritosh bo‘lib voyaga etishini tushunish qiyin emas”1.
3.Boshlang‘ich ta’limdagi tarbiya. Boshlang‘ich ta’limda bola hayotida yangi, qiziqarli va muhim davr boshlanadi. CHunki, bola maktabga kelgach yangi muhit, yangi tartib-qoida, yangi talablarga duch keladi. Bu davrda bolalar hali o‘yin faoliyatini to‘liq tark etmaganligini inobatga olib, o‘tiladigan dars mashg‘ulotlarini qiziqarli qilib olib borish lozim. Bu davrga kelib bolaga tarbiyaviy ta’sir yo‘llari bir muncha aniq va tizimli ravishda bo‘lib qoladi. CHunki endi xususan odobnoma darslari o‘tila boshlaydi, bundan tashqari boshqa fanlarda ham muntazam ravishda axloqiy tarbiya berib boriladi. Endi bolalar asta-sekin nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini, bunyodkorlik nima-yu, vayronkorlik nima, ijobiy va salbiy xislatlar qanday ekanligini, qanday fazilatlarga ega bo‘lish lozim-u, qanday qusurlardan xoli bo‘lish lozimligini anglay boshlaydilar. Bu davrda turli to‘garaklarni uyushtirish ham o‘zining ijobiy natijalarini beradi. Bunda o‘qituvchining pedagogik mahorati, bilimi, umuman pedagogik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
4.O‘rta umumiy ta’limdagi tarbiya. O‘rta maktab davriga kelib o‘quvchi o‘rganadigan fanlar ham asta-sekinlik bilan murakkablasha boradi, shunga ko‘ra o‘quvchining fikrlashi va dunyoqarashi ham kengayib boradi. Bu davrda o‘quvchilarga o‘zaro odob-axloqqa doir maqollar va hadis namunalaridan ko‘proq aytish orqali musobaqa uyushtirish hamda ushbu maqol va hidislarga o‘zlari ham amal qilishlarini tarbiyalash mumkin. Endi o‘quvchilar burch, vijdon, nomus, adolat, ezgulik kabi axloqiy tushunchalarning ma’nisini tushunib etadilar. Ularga ota-ona va Vatan oldidagi burchlarini tushuntirib borish, turli musobaqalar va ommaviy mehnat tadbirlari orqali jamoa nomusini saqlash, bunga esa adolat yo‘li bilan vijdonli baho berish orqali erishishni tarbiyalash muhim hisoblanadi.
Bu davrda bolalarda siyosiy ong va madaniyatni ham shakllantirib borish maqsadga muvofiq. Aslida yoshlarda siyosiy ong va siyosiy madaniyatning shakllanish jarayoni ularning bolalik paytidan oilada boshlanishi yaxshiroq samara berar ekan. Angliya va AQSHda siyosiy ong va siyosiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan fanlar maktab davrlaridan boshlab o‘qitiladi1. Demak, tarbiya jarayonida siyosiy ong va madaniyatni ham shakllantirib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
5. O‘MKHTdagi tarbiya. O‘MKHTda o‘quvchilar qiziqishi va intilishi hisobiga akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim ola boshlaydilar. Bu davr o‘quvchilar tarbiyasida juda murakkab davr hisoblanadi. CHunki, bu yoshdagi o‘quvchilarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan keskin o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bu davr o‘smirlik davri bo‘lib, o‘tish davri deb ham ataladi. Ko‘pchilik o‘quvchilar bu davrda o‘zlariga ideal tanlaydilar, o‘qituvchi esa bunda o‘quvchilarga munosib ideal tanlashda yordam berishi va shu idealning ijobiy xislatlarini egallashga intilishini ko‘chaytirishi lozim. Bu davrda o‘quvchilarda halollik, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik, bosiqlik, xushfe’llilik, kamsuqumlik, shirinsuxanlik kabi axloqiy fazilatlarni, jamiyat oldidagi majburiyatlarni, o‘zgalarni ham hurmat qilish fazilatini tarbiyalab borish muhim hisoblanadi. SHu o‘rinda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 29-moddasidagi bir muhim qoidani keltirib o‘tish maqsadga muvofiq: Ushbu moddada: “Har bir inson jamiyat oldida majburiyatlarga ega, zero, uning shaxsi shu jamiyatda to‘la va erkin kamol topishi mumkin”, deyilgan. Bu qoida asosan ma’naviy mazmunga ega bo‘lib, jamiyatdagi boshqa insonlarning huquq va erkinliklarini hurmat qilinishiga erishish maqsadida yozilganligi sir emas2.
6. Oliy ta’lim muassasalaridagi tarbiya. Oliy ta’limda talabalar endi biror mutaxassislikni tanlagan holda, o‘zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, intellektual qiziqishiga ega bo‘ladilar. Talabalar o‘zlarining hozirgi faoliyatiga kelajakdagi hayotida o‘z o‘rnini topish, belgilash nuqtai nazaridan qaraydilar. SHu sababli bu davrda bo‘lajak mutaxassislarni axloqiy jihatdan tarbiyalash muhim. CHunki bu davrda talaba o‘zining madaniy-ma’naviy saviyasini oshirishga intiladi, o‘z ustida qunt bilan ishlaydi, radio, televidenie, Internet va barcha informatsion vositalardan unumli foydalanadi, turli asarlar bilan tanishadi. Bu esa yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun yordam beradi. Bu davrda talabalarda insonparvarlik, erkparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik, tinchliksevarlik, shirinsuxanlik, xushfe’llilik, kamtarlik, bosiqlik kabi fazilatlarni rivojlantirish shart.
7. Oliy ta’limdan keyingi faoliyatdagi tarbiya. Talaba uzoq muddatli va tizimiy ta’lim natijasida mutaxassis sifatida shakllandi. Endi u nazariy jihatdan egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llab yosh avlodga ta’lim-tarbiya beradi, uning o‘zi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy ruhda tarbiyalay boshlaydi. Uzluksiz ravishda uzoq muddatli olib borilgan ta’lim-tarbiya samarasi mana endi ko‘zga tashlanadi.
Bola shaxsining kamol topishida doimiy ravishda muhitning ta’siri sezilib turadi. Muhit – bu insonga ta’sir etuvchi tashqi voqea-hodisalar yig‘indisi hisoblanadi. SHunday ekan, yuqoridagi uzluksiz tarbiya jarayonida muntazam ravishda tarbiyalanuvchida tashqi voqea-hodisalar o‘zining ijobiy yoki salbiy ta’sirini o‘tkazib turadi. Buning uchun esa tarbiyalanuvchidagi o‘zgarishlarga ota-onalar, mahalla-kuy va tarbiyachi-o‘qituvchilar doimiy ravishda e’tiborli bo‘lib, tashqi muhitning salbiy ta’sirining oldini olib, ijobiy ta’sirlarni rivojlantirishga harakat qilishi va erishishi lozim.
Jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan vijdoni pok, iymoni butun, sofdil, vatanparvar, xalqsevar, mard, har tomonlama sog‘lom, intellektual salohiyatli, bir so‘z bilan aytganda sog‘lom avlodni tarbiyalash davr talabi ekan. Bu ishni amalga oshirish esa barchamizning Vatan oldidagi muqaddas burchimizdir. SHunday ekan, yoshlarimiz tarbiyasiga doimo e’tiborli bo‘laylik.
Mamlakatda tinchlik va barqarorlik, xavfsizlikni ta’minlashda har bir fuqaro o‘zini daxldor deb his etishi zarur. Har bir xalq millat, davlatning yanada taraqqiyotning yuqori bosqichlarisari rivojlanishda xavfsizlik va barqarorlik alohida o‘rin tutadi. Qaerda xavfsizlik va barqarorlik mavjud ekan, o‘sha erda rivojlanish sodir bo‘lishi muqarrar
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1997 yili nashr etilgan “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida o‘sha davrda davlatimiz xavfsizligiga tahdid qiluvchi asosiy xavflar sifatida: mintaqaviy mojarolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik munosabatlari, ekologik xavf-xatar kabi illatlar va muammolar ta’kidlanib, ularning jamiyatga qanchalik salbiy ta’sirga ega ekanligi batafsil izohlangan.
SHuningdek, asarda quyidagilar mamlakat barqarorligini ta’minlash shartlari hamda uning taraqqiyotiga kafolat bo‘luvchi mezonlar ekanligi asoslab berilgan:

  • ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi;


  • davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash;


  • demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish;


  • bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishi;


  • kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi;


  • jo‘g‘rofiy-strategik imkoniyatlar va tabiiy-xom ashyo resurslari; inson salohiyati, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasi;


  • keng ko‘lamli o‘zgarishlar va hamkorlik kafolatlari;


  • jahon hamjamiyati bilan hamkorlik.


Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikni ta’minlashda mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida beglilangan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z o‘rnida ushbu omillar barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari bo‘lib xizmat qilishi bilan bir qatorda Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar mamlakatimiz fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, farovon hayot kechirishlari uchun munosib sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan.


Mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlashda milliy g‘oya oldiga ham bir qator vazifalar qo‘yilgan. eng avvalo, milliy g‘oya o‘zida xalqimizning ezgu orzu-umidlari va hayotiy manfaatlarini ifoda etar ekan, bu maqsadlarga erishishning zarur sharti sifatida barkamol inson shaxsini shakllantirishga alohida e’tibor beradi. CHunki ma’naviy barkamol kishilargina shaxsiy va umummilliy manfaatlar uyg‘unligini teran anglaydi, Vatan ozod bo‘lmasa, shaxs ozod bo‘la olmasligini tushunadi.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to‘la mos keladi.
Milliy g‘oya birinchi navbatda hayotga endigina qadam qo‘yayotgan yosh avlodning hayotiga yangicha ma’no va mazmun baxsh etishga, unda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga qaratilgandir. CHunki yoshlar faqat milliy g‘oya timsolidagina mamlakat taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashning muhim vositasini ko‘radilar.
Mamlakatimizning ko‘pmillatli xalqi ongida “O‘zbekiston– yagona Vatan” degan tushunchani qaror toptirish–milliy g‘oyaning muhim vazifalaridan biridir. Bunda “YAgona Vatan” g‘oyasi o‘zining tub mohiyati bilan milliy mustaqilligimizga putur etkazadigan mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik illatlarini tag-tomiri bilan yo‘qotishda, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli xalq va millat vakillarida yagona vatan farzandi ekanligi bilan faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy g‘oya donishmand xalqimizning “kuch–birlikda”, “birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar” singari maqol va hikmatli so‘zlarining mohiyat va mazmunini teran roq anglash, kishilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, qonunni hurmat qilish, el-yurt xizmati uchun doimo shay turish, iymon-e’tiqodli, insof-diyonatli, saxiy va halol bo‘lish kabi olijanob fazilatlarni tarbiyalaydi. Vatanning sajdagoh singari muqaddasligini teran anglash, fidokorona mehnati bilan rizq-ro‘z bunyodkori bo‘lgan zahmatkash xalqqa, ona-zaminga, tarix va madaniy merosga, ajdodlarimiz merosiga hurmat hissini tarbiyalaydi.
Aslida vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun fidoyilik iymon-e’tiqodli ajdodlarimizdan bizgacha etib kelgan buyuk merosdir. CHet el bosqinchilariga qarshi sabot-matonat bilan kurashgan SHiroq, To‘maris, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik singari ulug‘ sarkarda va xalq qahramonlarining jasorati bugungi kunda ham vatandoshlarimizda faxr va g‘ururlanish tuyg‘usini kuchaytiradi. Mustabid tuzum qatag‘onlarining qurboni bo‘lgan Fitrat, CHo‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir va boshqalarning jasorati el-yurtimiz mustaqilligi, ozodligi yo‘lidagi fidoyilikning yorqin namunasidir. Xalqimiz ongiga iymon-e’tiqod, halollik, insof-diyonat, mehnatsevarlik, saxiylik fazilatlarini singdirish milliy istiqlol g‘oyasining muhim vazifasidir.
Milliy g‘oya asosida amalga oshiriladigan barcha vazifalar oxir-oqibatda yagona maqsadga – Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizni ozod va obod etish, farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi. Bu mafkuraning quyidagi muhim xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1)O‘zbekiston xalqining tub manfaatlarini ifoda etishi.
2) O‘tmishni kelajak bilan bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik ekanligi.
3) Kishilarni buyuk maqsadlar sari birlashtiruvchi va sag‘arbar etuvchi kuch ekanligi.
4) Milliy g‘oya jamiyat a’zolari bunyodkorlik faoliyatining o‘ziga xos mezonidir.
5) Kishilarni yaratuvchan faoliyatga sag‘arbar etishi, g‘oyaviy himoya vositasi ekanligi bilan belgilanadi.
6) Milliy g‘oya yosh avlodni tarbiyalashning beqiyos omilidir. CHunki, u “xalqning, millatning o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan o‘lmas e’tiqodidir”. (Islom Karimov.)
Milliy g‘oya yoshlar hayotining ma’nosi va mazmunini belgilaydi, millat, Vatan ravnaqi, buyuk kelajakni barpo etish uchun yashash va kurashish chinakam insoniy saodat ekanligini yaqqol ko‘rsatadi. Mustaqil fikrga ega bo‘lgan, o‘z kuchiga, o‘zi tanlagan yo‘lning to‘g‘riligiga ishongan inson porloq kelajakka dadil intilish bilan yashaydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan chqchimaydi, balki zamonaviy bilim va hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday qarazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga qodir bo‘ladi.
Xullas, milliy g‘oya o‘zining eng oliy maqsadi, vazifalari va xususiyatlariga ega. Uning oliy maqsadi yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida xalqimizni jipslashtirish, kishilar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik hissini kamol toptirish, komil insonni voyaga etkazish, fuqarolarimizda mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolaveradi.
Milliy g‘oya – ijtimoiy taraqqiyot sohasidagi dunyo xalqlari tajribasi va yutuqlarini hisobga olgan holda shakllantirilgan bo‘lib, O‘zbekiston milliy rivojlanishining yangi yo‘nalishi modelining milliy-nazariy asosidir.
Milliy g‘oyaning asosiy maqsadi fuqarolarni, keng jamoatchilikni asosiy g‘oyalari, maqsad va yo‘nalishlari bilan O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lining ma’no va mazmuni, milliy madaniy negizlari, xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularda ishonch uyg‘otish, ularni adolatli, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi maqsadlarini amalga oshirishga uyushtirishda, ma’naviy ruhiy rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi.
Milliy g‘oya fuqarolarni g‘oyaviy jihatdan tarbiyalaydi. G‘oya bilan g‘oyaning, fikr bilan fikrning, jaholatdan ma’rifatni farqini anglashga, ma’rifatga ishonch va e’tiqodni mustahkamlashga xizmat qiladi.
“Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida qisqa va muxtasar tarzda bayon etilgan.
Ulardan eng muhimlarini qayd etmoqchimiz:
  • odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin fikrlashni shakllantirish;


  • milliy totuvlik hamjihatlikni istiqbolimiz yo‘lidagi eng katta toyalardan hisoblanishi nosoglom mahalliychilik urugaymoqchilik deb ataladigan illatlardan holi etish;


  • hayotga endi qadam qo‘yayotgan yosh avlodning dunyoqarashiga yangicha ma’no va mazmun baxsh etish orqali unda faol hayotiy pozisiyani, milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni shakllantirish;


  • jamiyatimizda sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, kishilar ongiga Vatan taqdiri uchun mas’ullik yagona Vatan tuyg‘usini mustahkamlash;


  • istibdod davri asoratlari, qullik va mutelik kayfiyatlarining ongimizda, tafakkurimizda saqlanib qolayotgani sabablarini tahlil etish, ularni bartaraf etish yo‘llarini topish zarurati bilan bog‘liq vazifalarni hal etishdan iboratdir.


Barqaror taraqqiyot – bashariyatga daxldor tushuncha.


Dunyo yaralibdiki, tinchlik-osoyishtalik insoniyat uchun tengsiz ne’mat bo‘lib kelmoqda. CHunki, birinchi galda osuda hayot, yaratuvchan mehnat va farovonlik, umuman, barcha ezgu maqsadlarning ro‘yobga chiqarish eng avvalo shu ne’matga bog‘liq.
Ayni paytda mamlakatimizdagi demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xalqimizning ma’naviy taraqqiyoti, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integrallashuvini, mamlakatimiz havfsizligi, tinchlik-barqarorligini, millatlararo va fuqaroviy totuvligini ta’minlash – umumbashariyat barqarorligi, tinchligi va totuvligini ta’minlashga qo‘yilgan qadam hisoblanadi.
Bugun biz g‘oyat chigal va ziddiyatli dunyoda yashayapmiz. Bugungi davrda haqiqatni yashirish, uni turli g‘arazli manfaatlar yo‘lida soxtalashtirish ko‘payib bormoqda. Natijada asl maqsadlar niqoblanib, azaliy tushunchalarning ma’nolari chigallashmoqda. Ba’zan hayotda gunohni savob deb, asoratini erkinlik deb, yolg‘onni rost deb, uqitiradiganlarning domiga tushib, yaltiroq narsani oltin o‘rnida qabul qilayotganlar ham yo‘q emas.
Xalqimizning bir biriga nisbatan yang yaxshi ko‘rgan va eng ko‘p takrorlaydigan niyati “Xonadonlarimiz tinch va osoyishta, yurtimiz obod bo‘lsin”, degan niyatdir. Dono xalqimizning “Bir kun urush bo‘lgan joydan qirq kun baraka ketadi”, “Tinchliging – hurliging” kabi maqollarida ham tinchlik qanchalik bebaho ne’mat ekani aytiladi. Oqsoqollar nasihatida, onalar aytgan allalarida bejizga tinchlik, xotirjamlik ko‘p tilga olinmaydi.
Har bir fuqaro hozirgi paytda yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashab, yon-atrofida bo‘layotgan hodisalardan ogoh bo‘lib, aholi o‘rtasida tinchlik va barqarorlikning qadriga etishi, mamlakatimizda ro‘y berayotgan rivojlanish va taraqqiyot yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlikning evaziga bo‘layotganini unutmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori urushda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan enggan momolarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur Farmonga muvofiq, barcha shahar va tumanlarda, qishloq va mahallalarda urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari va bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirib kelinmoqda.
Bugun oramizda bo‘lgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining holidan xabar olish, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish–jamoatchiligimizning doimiy e’tiborida.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti tashabbusi bilan bundan 1997 yil mamlakatimizda bu sanaga “Xotira va qadrlash kuni” deb nom berilganidan keyin uning ma’no-mazmuni tubdan o‘zgardi. Poytaxtimizda, barcha viloyat va tuman markazlarida avvalgi “Noma’lum soldat” deb nom olgan, qandaydir mavhum g‘oyani ifoda etadigan yodgorlik o‘rniga Motamsaro ona haykali o‘rnatildi. Bu birinchi navbatda mazkur sananing asl insoniy mohiyatini yaqqol ochib beradi.
Endilikda 9 may kuni mamlakatimizda, avvalgiday G‘alaba kuni emas, balki yurtimizdan salkam 1,5 million kishi ikkinchi jahon urushiga sag‘arbar etilib, o‘z Vatanidan olis yurtlarda halok bo‘lgan 431 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz xotirasi oldida bosh egib ta’zim qiladigan, bugun hayot bo‘lgan urush qatnashchilariga yuksak hurmat-ehtirom bajo keltiriladigan, ezgu mazmunga ega marosim tusini oldi.
Ona-Vatanimizdagi tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga etib, shu farovon, osuda hayotni yanada mustahkamlash, oila, Vatan farovonligi va obodligiga o‘z hissamizni qo‘shib yashash, har birimiz uchun ham qarz, ham farz ekanligini doim yodda tutishimish lozim.
Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro‘y beradi.
Agar notinchlik hukm surayotgan yurtlarga nazar tashlasak, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikka ming bora shukr qilamiz. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 600 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Islom niqobi ostida yoki bu dinning nomi bilan faoliyat olib bormoqda. “Al-Jihod al-islomiyya” (Islom jihodi), “Al-Qoida” (Asos), “Lashkari jihod”, “Qurolli islomiy harakat”, “Turkiston Islom harakati”, “Islom fronti” kabi o‘nlab tashkilotlarni ana shu ro‘yxatga kiritish mumkin.
Aslida mazkur terrorchilik harakatlarining islom diniga hech qanday aloqasi yo‘q. CHunki tinchlik, insonparvarlik va rahm-shafqat dini bo‘lgan islom hech qachon zo‘ravonlikni, birovlar joniga qasd qilishni, adolatsizlikni targ‘ib qilmaydi.
Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va oqilona siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlar va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitutsiyamizda “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”, degan tamoyilning mustahkamlab qo‘yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Davlat hokimiyatining tashkil etilishi” deb atalgan beshinchi bo‘limining 26-bobi “Mudofaa va xavfsizlik” deb nomlanadi. U ikki moddadan iborat. 125-moddada shunday deb yozilgan: “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi”.
126-modda esa quyidagicha ifodalangan: “O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajada Qurolli Kuchlariga ega”. SHundan ham ma’lumki, tinchlikni ta’minlash va osoyishtalikka erishish uchun butun jamiyat mas’ul bo‘lishi kerak. Binobarin, Konstitutsiyamizning “Fuqarolarning burchlari” deb nomlangan 11-bobidagi 52-moddasida qat’iy qilib belgilab qo‘yilganki: “O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar”.
Asosiy Qonunimizning bu moddalaridagi qat’iyatlar, avvalo, xalqimizning asl manfaatlarini himoya qilish maqsadidan kelib chiqib belgilangan.
Hozirgi paytda respublikamiz iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy sohada rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilib bormoqda.
Bizning har bir shahar, qishloq va ovullarimizda bugungi zamonga mos shiddat bilan yuksalishlar, yoshlar, ularning baxt-iqboli uchun yangi maktab, kollej, akademik litsey, oliy o‘quv yurtlari, sport majmualarining barpo qilinishi hamda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishining o‘zi davlatimizning barchamizga bo‘lgan e’tibori va g‘amxo‘rligining yorqin isbotidir.
Bugungi kunda xalqaro vaziyatning shiddat bilan o‘zgarishi, davlatlararo ziddiyatlarning kuchayishi, keskinlikning yanada ortishi, er yuzining turli nuqtalarida yangi nizo o‘choqlarining paydo bo‘lishi – ayni mana shunday o‘tkir masalalar jahon jamoatchiligida katta tashvish va xovotir o‘yg‘otmoqda.
Bu fikrimizga qo‘shni Afg‘onistondagi o‘ttiz yildan ziyod davom etayotgan urush va qon to‘kishlar yaqqol misol bo‘la oladi. Bugun, oradan shuncha vaqt o‘tishiga qaramasdan, Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni ko‘pchilik xalqaro siyosatchilar nochor, o‘ta og‘ir va qaltis, deb baholamoqda.
Ushbu mamlakatdagi vaziyat bizning hududimiz, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikka eng katta xavf-xatar bo‘lib qolmoqda.
SHu bois, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq “Qo‘shning tinch – sen tinch”, degan azaliy xalq hikmatiga amal qilib, afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish harakatida bo‘lib kelayotgani, bu muammo doimo bizning e’tiborimiz markazida turgani, davlatimiz rahbarining nufuzli xalqaro minbarlarda bu qarama-qarshilikni bartaraf etish maqsadida jon kuydirib, dunyo hamjamiyatiga takror va takror murojaat qilgani barchamizga yaxshi ma’lum.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasida mamlakatimiz “tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi”, deb aniq-ravshan bayon qilingan. “O‘zbekiston qo‘shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik o‘choqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deya ta’kidlanadi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” risolasida, shuningdek 2018 yil 27 martda Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyadagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning nutqi mintaqamiz va uning atrofida ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlar tahlili, Afg‘onistondagi vaziyat va afg‘on muammosini hal etish borasida bildirilgan amaliy xulosa va takliflar bugun nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham keng aks-sado bermoqda. CHet davlatlarning siyosiy-ijtimoiy, ekspert va ilmiy-akademik doiralari, ommaviy axborot vositalari va xalqaro tashkilotlar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda va bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Xalqimiz yurt tinchligini ulug‘ ne’mat, qut-baraka, taraqqiyot garovi, o‘z orzu-intilishlari, ezgu niyatlari ro‘yobining muhim kafolati deb bilishi, har doim duoga qo‘l ochganda YAratgandan elu yurtimizga tinchlik-omonlik, yaxshilik va to‘kinlik so‘rab, ezgu niyat qilishi zamirida ham ana shunday chuqur mazmun mujassam.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatimizda barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini asrash hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi. SHu haqda so‘z yuritganda, davlatimiz rahbarining insonning eng ustuvor va muqaddas huquqlaridan biri bu–tinch yashash huquqidir. Davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdir. Bu huquqni amalga oshirish–davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim shartidir. Demokratiyaning insonparvarligi ham shu bilan belgilanadi, degan fikrlarini yana bir bor eslash joiz.
Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrash eng katta vazifalarimizdandir. Binobarin, yigirma besh yillik mustaqil taraqqiyotimiz yo‘lida elu yurtimiz boshdan kechirgan og‘ir sinovlarni yoddan chiqarmasligimiz, mustaqilligimizni, tinch-osoyishta hayotimizni asrash uchun har birimiz doimo kurashib yashashimiz lozimligini alohida ta’kidlash kerak.
Uzoqqa bormaylik, yon qo‘shnimiz bugungi dunyoda o‘zining qadr-qimmatini, g‘urur va nomusini anglab yashaydigan, o‘z kuchi va qudratiga ishongan, o‘z mehnati va aql-zakovati bilan kelajagini qurishga va o‘z yurtini himoyalashga qurbi etadigan davlat va xalqni jahon ahli tan oladi va hurmat qiladi.
Dunyo mafkuralar kurashi maydoniga aylangan hozirgi zamonda inson ongu tafakkurini zabt etish uchun bo‘layotgan harakatlarga beparvo qarash mumkin emas. Muqaddas Vatanimiz tinchligi va farovonligini, xalqimiz hamjihatligini yanada mustahkamlash uchun hammamiz, har birimiz doimo hushyor, ogoh bo‘lmog‘imiz, bugungi tinch-osoyishta kunlarning qadriga etib, uni ko‘z qorachig‘idek asrashimiz darkor.
Tinchlik–farovonlikning muhim omili, osoyishta yurtda yuksalish bo‘ladi, farovon eldan xotirjamlik ketmaydi. Istiqlol sharofati, davlatimiz rahbarining oqilona siyosati samarasida saodatli, fayzli kunlarga musharraf bo‘lmoqdamiz. Xalqimiz buyuk davlat barpo etish yo‘lida ulug‘ bunyodkorlik ishlari bilan band. Millatimiz tabiatiga xos mehr-oqibat, ahillik, o‘zaro hurmat singari xislatlarning jamiyatimizdagi o‘rnini yanada mustahkamlab, ularni yosh avlod ongi va qalbiga singdirish ertangi kunimiz yanada charog‘on bo‘lishining, ezgu maqsadlarimiz ijobatining muhim mezonidir. SHu bois elu yurtimizning eng buyuk boyligi bo‘lgan tinchlikni mustahkamlash, uni doimo asrash har birimizning fuqarolik, farzandlik burchimizdir.
YUrtimizdagi bunday yuksalishlarni, xalqimiz tinchligi hamda osoyishtaligini asrab-avaylash uchun oldimizga qator vazifalar qo‘yiladi.
Jumladan, bizga buyuk ajdodlarimizdan qolgan tarixiy meroslarni o‘rganish, ularni ko‘z qorachig‘idek asrash va rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan etuklikka intilish, yangi informatsion texnologiyalar yutuqlaridan keng foydalangan holda Vatan ravnaqi va tinchligi uchun o‘z hissalarini qo‘shish kabilar.
Ozod va obod yurtimizning, mehnatkash xalqimizning tinch va farovon xayotini, osoyishtaligini saqlash va uni begona ko‘zlardan himoya qilish uchun har bir o‘g‘il-qiz buyuk ajdodlarimiz Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Boburlarning boy ma’naviy jasoratidan o‘rnak olgan holda, tinchlik uchun kurashmog‘i lozim.
Bugungi kunda jamiyatimizga xavf solayotgan turli oqimlar va yot g‘oyalardan yoshlarni asrash, ularda sog‘lom immunitet - dunyoqarashni shakllantirish, erkin fuqarolik jamiyatining asosiy sharti bo‘lgan aholining siyosiy madaniyati, huquqiy ongini oshirish zarur. Mazkur vazifalarga bugun nafaqat davlat idoralari, balki, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, siyosiy partiyalar katta mas’uliyat bilan yondashishi, bu borada yaratib berilayotgan huquqiy imkoniyatlardan keng foydalanish, targ‘ibot-tashviqot ishlariga yangicha yondashish talab etiladi.

Bugun yoshlar juda katta axborotni qabul qilmoqda. Ularni ma’lumotlarni tahlil qilishga o‘rgatish, yaxshi-yomon xabarlarni ajrata olish har bir ziyolining, ota-onalarning eng muhim vazifasidir. Bugun farzandlarimizni ta’lim jarayonini, ish faoliyatini doimiy nazoratga olsak, ularning yutuqlarini rag‘batlantirib, kamchiliklariga tushuntirish berib do‘stona yaqinlik o‘rnatsak, albatta yosh avlod vakillari ham ma’naviy, ham siyosiy, ham iqtisodiy bilimga ega bo‘ladi. O‘zining bilimi va tafakkuri bilan rivojlangan mamlakat yoshlaridan bemalol yuqorilab ketadi. Biz partiya faollari hamkorlikda ushbu ishlarni amalga oshirsak, ertangi kunimizning tinchligi, osoyishtaligi, oilamiz totuvligini ta’minlagan bo‘lamiz.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling