Milliy g'oya targ'ibotida xalq og'zaki ijodidan foydalanishning o'zigaxos usullari Reja


Respublika miliy madaniyat markazlari


Download 38.93 Kb.
bet2/3
Sana13.11.2023
Hajmi38.93 Kb.
#1770073
1   2   3
Bog'liq
Milliy g\'oya targ\'ibotida xalq og\'zaki ijodidan foydalanishning o\'zigaxos usullari

Respublika miliy madaniyat markazlari: Respublika ozarbayjon milliy madaniyat markazi Koreys milliy madaniat markazlari assotsiyasi
Arman milliy madaniyat markazi YAhudiylar milliy madaniyat markazi Qozoq milliy madaniyat markazi Qirg‘iz milliy madaniyat markaz
"WIEDERBURT" nemislar madaniyat markazi Polyak madaniyat markazi "Svetlica Polska" Rus madaniyat markazi
Tojik milliy madaniyat markazi Respublika turk milliy madaniyat markazi Respublika turkman madaniyat markazi Uyg‘ur milliy madaniyat markazi
"Slavutich" respublika ukrain madaniyat markazi Toshkent shahar milliy madaniyat markazlari: "Gardashliq" Ozarbayjon milliy madaniyat markazi Arman milliy madaniy markazi
Zaki Validi nomidagi Boshqird madaniyat markazi Belorus madaniyat markazi
Bolgar madaniyat markazi
"Simho" Buhoro-yahudiy madaniyat markazi Grek madaniyati jamiyati
Gruzin madaniyat markazi Dungan madaniyat markazi
YAhudiy jamoaviy madaniyat markazi Qozoq milliy madaniyat markazi Koreys milliy madaniyat markazi Xitoy milliy madaniyat markazi
Qrim tatarlar milliy madaniyat markazi Tatar madaniy-ma’rifiy markazi "Oriyono" tojik madaniyati markazi Litva madaniyat markazi
Turkman madaniyat markazi Uyg‘ur madaniyat markazi
Markaz huzurida Jamoatchilik kengashi faoliyat ko‘rsatadi, u milliy madaniyat markazlari, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari, jamoatchilik va ijodiy tashkilotlar rahbarlaridan, millatlararo munosabatlar muammolari bo‘yicha mutaxassislardan tuziladi. Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi va Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Markazning Jamoatchilik kengashi:
millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, Markaz ishlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda qatnashadi;
Markaz tomonidan madaniyat markazlari bilan birgalikda o‘tkaziladigan madaniy-ommaviy tadbirlar dasturlarini tasdiqlaydi;
madaniyat markazlari faoliyatini o‘rganish va ularning ijobiy ish tajribasini ommalashtirish uchun maxsus komissiyalar, ishchi guruhlar tuzadi, zaruriyat bo‘lganda madaniyat markazlariga o‘tkazilgan o‘rganishlar materiallarini ko‘rib chiqish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish uchun kiritadi;
madaniyat markazlari rahbarlarining ular faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha axborotlarini eshitadi;
Millatlararo munosabatlar sohasida faoliyatni muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish, o‘sib
kelayotgan avlodni milliy mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, O‘zbekistonda yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining madaniy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishiga ko‘maklashish, milliy madaniyat markazlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 8 aprelda Respublika baynalmilal madaniyat markazining faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi 180-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq. Respublika baynalmilal madaniyat markazi to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahriri hamda uning tuzilmasi tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq Respublika baynalmilal madaniyat markazi millatlararo munosabatlar, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining totuvligi va hamkorligini ta’minlash, ularning o‘ziga xos madaniyatlari va ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash sohasidagi siyosatni amalga oshirishda davlat organlariga va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashuvchi mustaqil muassasa hisoblanadi.
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, mazkur Nizomga amal qiladi va o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot berib boradi.
Markazning asosiy vazifalari:
tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek jamoat tashkilotlari bilan birgalikda millatlararo munosabatlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishida qatnashish;
millatlararo totuvlik prinsiplari qaror topishiga yo‘naltirilgan ijtimoiy tashabbuslarni rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirish;
davlat organlarida madaniyat markazlarining manfaatlarini ifodalash, Nizomda qayd etilgan vazifalar amalga oshirilishi masalalari bo‘yicha ular faoliyatini muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm- rusumlarini tiklash va rivojlantirish;
turdosh xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatilishida madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ushbu masalada ularga har tomonlama ko‘maklashish, millatlararo munosabatlarni tartibga solishga taalluqli xalqaro huquqiy hujjatlar ma’lumotlari bankini barpo etish;
millatlararo munosabatlar masalalariga tegishli qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilishda ishtirok etish;
madaniyat markazlariga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
adliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tishda madaniyat markazlari tomonidan kiritiladigan hujjatlar yuzasidan xulosalar tayyorlash;
jamoat tashkilotlariga millatlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi har xil millatlar va elatlar vakillarining madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini rivojlantirish;
millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda tashkiliy, huquqiy, metodik yordam ko‘rsatish, konferensiyalar, seminarlar va «davra suhbatlari» tashkil etish;
har xil millatlar va elatlar vakillarining madaniy ehtiyojlarini qondirishga, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan teleradio ko‘rsatuvlar va eshittirishlar tayyorlashda, kitoblar, risolalar, ma’lumotnomalar, prospektlar, bukletlar va bosma mahsulotlarning boshqa turlarini tayyorlashda qatnashish;
madaniyat markazlarining faoliyati to‘g‘risida axborot-tahlil ishlarini yuritish va ushbu masala bo‘yicha zarur ma’lumotlar bankini barpo etishdan iborat.
Markaz quyidagi huquqlarga ega:
madaniyat markazlari o‘z faoliyatini amalga oshirishiga tashkiliy-metodik va amaliy yordam berish, ular ishini muvofiqlashtirish, ular tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda qatnashish, masalalarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikda hal etilishiga ko‘maklashish;
millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish uchun boshqaruvning tarmoq va hududiy organlariga yuborish;
o‘z funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan tegishli axborotni davlat organlari va boshqa organlardan, muassasalar, korxonalar va tashkilotlardan, madaniyat markazlaridan so‘rab olish;
o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida muvofiqlashtiruvchi kengashlar va boshqa kengashlar, jamg‘armalar, komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil etish;
xorijiy davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan vakolatxonalari bilan millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish;
belgilangan tartibda matbuot organi ta’sis etishni nazarda tutilgan.
Davlatimiz rahbari SH.Mirzieyov Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvda so‘zlagan nutqida: “Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi” deb, - alohida ta’kidlaydi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi. Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bularning barchasi hayotda o‘zining to‘liq ifodasini topmoqda. YUrtimizda hukm surayotgan do‘stlik va birdamlik muhiti – tinchlik va barqarorlik, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishning eng muhim omilidir. Biz barchamiz mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning ana shu tom ma’nodagi bebaho boyligimizni asrab- avaylash va mustahkamlash borasidagi xizmatlarini yaxshi bilamiz va yuksak
qadrlaymiz.
Bugun mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Ular umumiy uyimiz – O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat
qilmoqda, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va dinidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Ularga o‘z milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Mamlakatimizda 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Davlat ta’lim muassasalarida o‘qitish 7 tilda olib borilmoqda. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini 12 tilda namoyish etmoqda, o‘ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda.
Mamlakatimizda etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 137 ta milliy madaniy markaz etakchi rol o‘ynamoqda. Ular o‘zlarining o‘ziga xos madaniyati, tili, xalq hunarmandligini rivojlantirib, turli madaniyatlarning bir-birini o‘zaro boyitishiga, har birimizda ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi ularning faoliyatini muvofiqlashtirib, amaliy va uslubiy yordam berayotgani alohida diqqatga sazovordir.
Markaz mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan yorqin tadbirlari asosida madaniy va ijtimoiy hayotimizni yanada teran ma’no-mazmun bilan boyitmoqda, O‘zbekistonda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va bag‘rikenglik munosabatlarini mustahkamlamoqda. MDH davlatlari o‘rtasida faqat O‘zbekistonda shunday tuzilma tashkil etilgani e’tiborga loyiqdir.
Bularning barchasi mamlakatimizda millatlararo munosabatlar sohasida nodavlat tashkilotlarning noyob tizimi shakllanganidan dalolat beradi. Ushbu tashkilotlarning serqirra faoliyati mamlakatimizda tinch va farovon hayotni ta’minlash, muhim madaniy-ma’rifiy vazifalarni hal etish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib bormoqda, millatchilik, diniy murosasizlik bosh ko‘tarmoqda.
Bu illatlar davlatni emirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda.
Ana shunday murakkab vaziyatda mamlakatimizda turli millat va dinga mansub insonlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash biz uchun borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hech shubhasiz, bu bizning zaminimizda tinchlik va osoyishtalikning mustahkam kafolati, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirishning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.


Download 38.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling