Milliy g`oya targ`ibotini takomillashtirishning asosiy omillari. Reja
Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari, amal qilish prinsplarini o‘rganish
Download 41.96 Kb.
|
Milliy g`oya targ`ibotini takomillashtirishning asosiy omillari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish;
Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari, amal qilish prinsplarini o‘rganish – “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti hisoblanadi. Mazkur fan mamlakatda demokratik jamiyatning shakllanishi, fuqarolik jamiyati qurilishi, qaror topishi va amal qilishining dunyoda e’tirof etilgan umumbashariy prinsplari hamda milliy tamoyillarga asoslanadi. Ayni paytda uning mamlakatimizga xos va mos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda erkin, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo‘llari va qonuniyatlarini o‘rganish, bu fanning ob’ektini tashkil etadi.
Milliy g‘oyalar – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oyalar shakli. Milliy g‘oya O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Millat g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan, strategik maqsadlarni o‘zida ifoda etadi. Milliy g‘oya tushunchasi tom ma’no-mazmunini ozodlik, tinchlik, insoniylik, mehribonlik, sadoqat, fidoiylik, o‘zaro mehr-oqibat, muruvvat, do‘stlik, birodarlik, bag‘rikenglik kabi eng oliy qadriyatlar tashkil qiladi. Milliy g‘oya o‘zining mohiyati bo‘yicha millatning manfaatlarini umumlashtiradigan, uni o‘z oldiga qo‘ygan yagona oliy maqsadlari sari birlashtiradigan va sag‘arbar etadigan g‘oyadir. Unda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi g‘oyalar umummilliy g‘oyalar qatoriga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning fikricha: «Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz»1. O‘z milliy g‘oyasini, o‘zligini anglagan va uni hayotining ma’no-mazmuniga aylantirgan millat ozod va obod Vatanda yashashi, aks holda esa, u vaqt o‘tishi bilan millat sifatida yo‘q bo‘lib ketishi ham mumkin. Milliy g‘oya har bir millat va u bilan yonma-yon yashayotgan barcha boshqa etnos vakillari hayotida ham naqadar muhim o‘rin tutishi, insoniyat taraqqiyotibosqichlarining yana bir qonuniyati desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi1. Har bir millatning milliy g‘oyasi, avvalambor shu millat a’zolarining ongi va qalbida, millatning tarixiy xotirasi orqali avloddan avlodga o‘tib, yangi-yangi g‘oyalar bilan boyib, sayqal topib boradi. Bu g‘oyalar millatning urf-odatlari, udumlari, to‘y-marosimlari, og‘zaki ijodiyoti, uning falsafiy, diniy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, badiiy, go‘zallikka oid qarashlari va mentalitetida mujassamlanib o‘z ifodasini topib boradi. Xususan, donishmand xalqimizning milliy g‘oyalari minglab u yaratgan dostonlarda, maqol va matallarda, rivoyat va ertaklarda, «Avesto» va boshqa qadimiy yozma yodgorliklarda, buyuk ajdodlarimizning asarlarida, sohibqiron Amir Temur o‘gitlarida, ulug‘ mutafakkir bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy hazratlarining she’rlari va boshqa mashhur fozilu-fuzalolarimizning qarashlarida uchraydi. Masalan, «O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil», «Qora ko‘ngil - yara ko‘ngil», «Qing‘ir ishning qirq yildan keyin ham qiyig‘i chiqar», «Qarg‘a bo‘lma - qayrilasan, issiq joydan ayrilasan», «YAxshilik to‘rga eltar, yomonlik - go‘rga», «Esing borida etagingni yop», «Ona yurting - oltin beshiging» va boshqa ko‘plab xalq maqollari milliy g‘oyamizning ayrim ko‘rinishlaridir. Mashhur adibimiz Sultonmurod Olim aytganidek, Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning «O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat» - degan g‘oyasi milliy g‘oyamizning ustuni desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi2. Bundan tashqari, Islom Karimov tomonidan bildirilgan: «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «YAngi uy qurmay turib, eskisini buzma», «Biz dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaymiz», «Bizning uyimiz yagona Turkiston», «SHuaziz Vatan - barchamizniki», «Vatan - bittadir», «Savob ishni har kim qilishi kerak va har kun qilishi kerak», «Kuch - bilim va tafakkurda» va boshqa g‘oyalar xalqimizning hozirgi vaqtdagi dolzarb milliy g‘oyalari desak ham bo‘ladi. Mustaqil taraqqiyot yo‘lida aniq marralarni ko‘zlab yashashimizda, pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g‘oya, milliy mafkura3. Milliy g‘oya – mazmun-mohiyati, maqsad va vaziflari Islom Karimov asarlarida asoslangan ta’limot. Uning mazmuni quyidagilardan iborat: tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish va o‘zlikni anglash mezoni bo‘lish; xalqimizni tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy bayroq vazifasini o‘tash; inson qalbi va ongiga ijrbiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular, go‘zal va hayotiy g‘oyalar tizimini o‘zida mujassam etish; har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan eng maqbul yo‘lni ko‘rsata olish. O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqli bo‘lish; Mamlakatimiz aholisi ongi va qalbida «O‘zbekiston-yagona Vatan» degan tuyg‘uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish; turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‘lish; biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo‘lida siyosiy qurolga aylantirmaslik; har qanday ilg‘or g‘oyani o‘ziga singdirish va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob bera olish; sub’ektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan holi va jamoatchilikning xolis fikriga tayanuvchi ob’ektiv mafkura bo‘lish; so‘zbilanishni, nazariyabilanhayotnibirlashtiraolish; davro‘zgarishlarigaqarab, o‘ziifodalaydigang‘oya, manfaat, maqsad-muddaolarniamalgaoshirishningyangi-yangivositalarinitavsiya eta olish, ya’niyangichavaziyatga tez moslashadiganhozirjavobvaijodiybo‘lish. Mafkura(arab. – fikrlar majmui) – muayyanijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tuzilishidir. Har qanday mafkura muayyan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo‘lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Ma’lumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo‘ladi: odamlarni muayyan g‘oyaga ishontirish; shu g‘oyani atrofida uyushtirish; kishilarni ma’naviy – ruxiy jihatdan rag‘batlantirish; g‘oyaviy tarbiyalash; g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; harakat dasturi bo‘lish. Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g‘oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan kutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag‘ishlaydi. Milliy mafkuramizning oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g‘oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O‘zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga sag‘arbar etishdir. Milliy mafkuramizning Bosh g‘oyasi : Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish; Milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalari: Vatan ravnaqi YUrt tinchligi Xalq farovonligi Komil inson Ijtimoiy hamkorlik Millatlararo totuvlik Dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik) Hozirgi paytda kimning g‘oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo‘lsa – o‘sha g‘alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir. Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o‘z aksini topadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml ma’suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. SHu bilan birga men milliy istiqlol g‘oyasi bugungi tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan tahlikali dunyoda o‘zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o‘sib kelayotgan avlodga etkazishga xizmat qilmog‘i zarur, deb bilaman”1Jamiyatda ezgu g‘oyalar barcha davrlarda insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo‘lida e’tiqod bilan kurashishga o‘rgatadi. Islom Karimov o‘zining “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida quyidagicha e’tirof etadi:“Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi. Avvalambor, shuni aytish joizki, olis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo‘ri mahsuli bo‘lmish bu noyob yodgorlikning zamon to‘fonlaridan, qanchadan-qancha og‘ir sinovlardan o‘tib, bizning davrimizgacha etib kelganining o‘zida katta ma’no mujassam. Bunday o‘lmas osori atiqalar bu ko‘hna o‘lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo‘lganidan guvohlik beradi”2.Islom falsafasida va hadisalarda tabiatni asrash, ilm olish, odamiylik, vatanparvarlik, hallolik, ruhiy poklik, rahm-shafqatli, mehr-oqibatli va adolatli bo‘lish, ota-onani va ayolni ulug‘lash to‘g‘risidagi ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Hadislardagi «Ilmga nisbatan go‘yo cho‘pon kabi posbon bo‘linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo‘lmanglar», «Ilm o‘rganish har bir mo‘min uchun farzdir», «Ilmu hunarni Xitoydan borib bo‘lsa ham o‘rganinglar», «YOshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqsh kabidir», «Bir-birlaringizga hayr-ehsonli, mehr-oqibatli bo‘lib, qo‘l berib so‘rashib yuringlar, shunda dillaringizdagi g‘amu-g‘ashlik ketadi», «Vatanni sevish imondandir», «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «Bir-birlaringizga ehson qilinglar, chunki ehson dildagi muhabbatni oshiradi», «Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, «Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so‘ng otangga yaxshilik qil», «Sizlarning yaxshilaringiz ahloqi yoqimli bo‘lganlaringizdir», «Ekmak niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda behosdan qiyomat qoyim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham ulgursangiz uni ekib qo‘yavering»,1 degan da’vatlarda ezgulik va insonparvarlik g‘oyalari mujassamlashgan. SHarqda, ya’ni Turon zaminida esa jamiyat rivoji va bunyodkorlik g‘oyalari xususida Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy qarashlari o‘ziga xos o‘rin tutadi. «Al-muallim as-Soniy» («Ikkinchi muallim»), SHarq Aristoteli deb nom olgan Abu Nasr Forobiy (873-990 y.y) o‘zining «Fozil odamlar shahri», «Fuqarolik siyosati», «Baxt saodatga erishuv haqida» kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tuzum haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilib, o‘z davri uchun izchil ta’limot yaratdi. U har tomonlama etuk, barcha aholini baxt-saodatga, ilm-ma’rifatga olib boruvchi yuksak axloqqa ega ideal jamoa haqidagi g‘oyalarni olg‘a surdi. Abu Nasr Forobiy: «Insonning mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirib, bu yo‘lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi»2 deb alohida ta’kidlagan. O‘sha davrning buyuk mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning bu boradagi qarashlari ham o‘ziga xosdir. Ular har bir narsani kuzatish va tajriba asosida o‘rganishga, keyin xulosa chiqarishga intilganlar, barcha bunyodkorlik insonning mehnatiga bog‘liqligini ta’kidlaganlar. Buyuk o‘zbek shoiri, mutaffakkiri va davlat arbobi Alisher Navoiy esa o‘z asarlari bilan jamiyat taraqqiyotining zamonasiga xos fazilatlarni yoritishga harakat qilgan. U she’rlari va dostonlarida razolatga, beqarorlikka, urushu janjallarga, ma’rifatsizlik, jaholatga qarshi kurash g‘oyalarini ulug‘laydi. Insonlarni mehnatga, yaratuvchanlikka, adolatga chaqiradi. Ma’rifatga asoslangan jamiyat yaratishni orzu qiladi. Uning bu orzulari «Farhod va SHirin», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarida o‘z ifodasini topgan. SHoirning bevosita o‘zi ham bunyodkorlik ishlariga bosh-qosh bo‘lgan. Buyuk mutasavvuflar: Xoja YUsuf Xamadoniy, Ahmad YAssaviy, Abdulholiq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro; muhaddislar: Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotlarida aks etgan komil inson g‘oyalari, adolat haqidagi qarashlari jamiyatning sog‘lom ma’naviy-ahloqiy ruhini saqlash va mustahkamlashga xizmat qildi. Bu g‘oyalar Vatan va xalq manfaati yo‘lida fidoyilik va insonparvarlikni ulug‘ladi. Ezgu g‘oyalar Mahmud Qoshg‘ariy, YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Mirzo Abdulqodir Bedillar ijodida chuqur o‘rin egalladi va o‘zbek davlatchiligining rivojlanishida ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Bilim va aql-idrok orqali ezgu ishlar qilish to‘g‘risida YUsuf Xos Hojibning quyidagi fikrlari e’tiborga molik. «Tabiat kimga zakovat, aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo‘l uradi», - deb yozgan edi Qutadg‘u bilig (XI) nomli asarida. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomulmulkning «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari surildi. Bu g‘oyalar Temuriylar davlati g‘oyaviy tamoyillarining ustuvor yo‘nalishi edi. Amir Temurning bunyodkorlik g‘oyalari va amaliy faoliyatikatta ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy maqsadi bunyodkorlik va yaratuvchilik edi. Jumladan, u «Temur tuzuklari»da: «Agar fuqarodan birining uy imorati buzilib, tuzatishga qurbi etmasa kerakli uskunalarni etkazib berib, unga yordam berilsin», deb ko‘rsatma beradi. SHu o‘rinda, YUrtboshimizning Amir Temur o‘z davlatini aql zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan desak adolatdan bo‘ladi, degan fikrlari nihoyatda o‘rinlidir. Zero, Sohibqiron o‘z bunyodkorlik maqsadiga erishish uchun sobitqadamlik bilan harakat qilgan. Jumladan, bu haqda «Temur tuzuklari»da yozganidek, «Biror ishni bajarishni o‘ylasam butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim»2, - degan so‘zlari bugun ham ibratlidir. Milliy g‘oya ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot ucuni, muhim omil ham hisoblanadi. Taraqqiyot – rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalgan shakli, uning yuksalishi. Taraqqiyot borliqning eng umumiy xossalaridan biri bo‘lib, u predmetning yangi sifat holatiga o‘tishida, tarkibi va strukturasining xossalari, aloqalari va munosabatlarining o‘zgarishi va shu kabilarda o‘z ifodasini topadi. Vaqt taraqqiyotning muhim xususiyatlari qatoriga kiradi. Har qanday taraqqiyot real vaqtda sodir bo‘ladi va bu uning orqaga qaytmas yo‘nalishga ega o‘zgarish ekanligini namoyon qiladi.1 Jamiyatda ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni erkinlashtirish va demokratlashtirish milliy g‘oyani xalqimiz ongi va qalbiga singdirishning muhim shartidir. Milliy g‘oya, turli shaxslar, ijtimoiy guruh ehtiyojlarini mutanosiblashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida uyg‘unlashtirishi bilan umuminsoniy demokratik qadriyatlarning nufuzini oshiradi. Zero, kishilar ongini mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, milliy mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan immunitetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to‘g‘ri yo‘l tanlash va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, g‘oyaviy-mafkuraviy ishlarni demokratiyalashtirish hozirgi davrdagi eng muhim vazifalardandir. Milliy g‘oyaning strategik maqsadi kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish konsepsiyasiga asoslanadi. “Strategiya” so‘zi “strategos” grekcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, “generalning san’ati” ma’nosini anglatadi. U hozir ham o‘z ma’nosida harbiy boshliq tarkibining harbiy operatsiyalarini rejalashtirish san’atini bildiradi. Strategiya - istiqbol, ya’ni intilish lozim bo‘lgan holatni ko‘ra olish hamdemakdir. Milliy g‘oya mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi va mamlakatda demokratik jamiyatning shakllanishi, fuqarolik jamiyati qurilishi, qaror topishi va amal qilishining dunyoda e’tirof etilgan umumbashariy prinsplari hamda milliy tamoyillarga asoslanadi. Ayni paytda uning mamlakatimizga xos va mos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda erkin, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo‘llari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Milliy g‘oya mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning muhim sharti ekanligini yana shu bilan izohlash mumkinki, aynan milliy g‘oya orqali fuqarolarda demokratik jamiyat talablariga javob beradigan dunyoqarash, fikrlar xilma-xilligi, erkinlikni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha’ni va or-nomusini hurmat qilish bilan bog‘liq qadriyatlar shakllantiriladi. Bu vazifalar fuqarolarimizni mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni hurmat qilish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga sag‘arbar etishda yaqqol namoyon bo‘ladi. U fan sifatida ana shundan ulug‘ va bunyodkorlik ishlariga xizmat qiladi. Buning uchun u turli xil uslublardan foydalanadi. Bular dunyo fanlari foydalanib kelayotgan tajriba, qiyosiy tahlil, empirik-sotsiologik va ilm-fanning boshqa zamonaviy uslublaridir. Milliy g‘oyani targ‘ib etish, kishilarni shug‘oyaning to‘g‘ri, hayotiy va ilg‘or ekanligiga ishontirish – demokratik jamiyatda amal qiladigan plyuralizm (fikrlar, qarashlar rang-barangligi) kishilarga o‘z hayotiy manfaatlari, maqsad va intilishlarini aks ettiradigan mazkur g‘oyani tanlash, himoya qilish va rivojlantirish imkonini beradi. Jamiyat faqat o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlaydigan odamlar yig‘indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash kishilarning jamiyat bo‘lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‘ladi. Bu, ayniqsa, hozirgi o‘tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‘lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir.O‘zining Vatan deb atalmish ulug‘ bir oilaga mansubligini his etish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki muttasil va izchil g‘oyaviy tarbiya samarasi o‘laroq, yuzaga keladi. Oiladagi totuvlik, axillik, mehr-shafqat xislatlari uzluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning mahsuli bo‘lgani kabi, jamiyatning g‘oyat xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlar atrofida jipslashtirish, odamlar o‘rtasida hamjihatlik, totuvlik, o‘zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi. SHu ma’noda aytish mumkinki, milliy istiqlol g‘oyasi kishilar ongiga teran singishi bilan ular umumiy maqsad sari intiluvchi maslakdoshlarga aylanadilar. Milliy g‘oya milliy taraqqiyotning eng og‘ir, murakkab davrida, ayniqsa, bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan yangisiga o‘tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan qo‘llab-kuvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi. Ana shu sababdan ham chinakam milliy mafkura bo‘lgan istiqlol g‘oyasi o‘zining jozibasi bilan kishilarni o‘z kuchiga ishonishga, istiqbolga umid bilan qarashga da’vat etadi. Unda xalq fantaziyasi, orzu-umidlarining qay darajada aks etishi ham muhim ahamiyatga ega. CHunki, to‘q, farovon va baxtli hayot qurish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, millatlararo totuvlik, tinchlik, do‘stlik eryuzidagi barcha xalqlarning azaliy orzusidir. Demak, milliy istiqlol mafkurasining hayotiyligi, ta’sirchanligi xalq orzu-umidlarini nechog‘li to‘la va yorkin aks ettirishi, ularni ruyobga chiqarishning yo‘llari va vositalarini qay darajada to‘g‘ri belgilashiga bog‘liqdir. Zero, jamiyat a’zolari milliy g‘oyada o‘z hayotiy manfaatlari, orzu-umidlari ifodasini ko‘rsagina odamlarni ruhan bardam, uyg‘oq va faol qila oladigan kuchga aylanadi.Milliy g‘oya jamiyatimizda ilg‘or g‘oyalar ustuvorlik qiladigan sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar rang-barangligi (plyuralizm) ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishga intiladilar. Bunday hayotga erishishning turli vosita va yo‘llari mavjud bo‘lib, u turli g‘oyalarda o‘z ifodasini topadi. G‘oyalar ilmiy-nazariy yoki diniy asosga ega bo‘ladi. Demokratik jamiyat aql va tafakkur poydevori ustida kad ko‘taradi, dunyoviy ilm-fan va texnika jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot tobora intelektuallashib borayotgan, ilmiy tafakkur insoniyat ma’naviyatining ustuvor yo‘nalishiga aylanayotgan hozirgi sharoitda ko‘proq ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lgan ilg‘or g‘oyalar ustunlik qiladi. Sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratmay turib, milliy g‘oyaning ustuvorligini ta’minlab bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhit–demokratik prinsplarni hurmat qilish, Konstitutsiya talablariga buysunish, ijtimoiy tartiblarga ongli ravishda itoat qilish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish demakdir. Milliy g‘oya jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar, sinflar, tabaqalar manfaatlarini aks ettirar ekan, jamiyat hayotiga tahdid soladigan giyohvandlik, korrupsiya, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik singari ijtimoiy illatlarga qarshi kurashishni taqozo etadi. Yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg‘usidan xoli bo‘lgan ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash milliy g‘oyaning muhim vazifasidir. Ijtimoiy hayoto‘rtaga qo‘yayotgan muammolar ijodiy fikrlaydigan, tashabbuskor va yuksak ma’naviyatli inson shaxsini shakllantirishni talab etyapti. Milliy g‘oya davr talablari va xususiyatlarini yakqol ifoda etgani uchun ham kishilar qalbiga tez etib boradi va hayot dasturi bo‘lib xizmat qiladi. Milliy g‘oya yoshlar hayotining ma’nosi va mazmunini belgilaydi, millat, Vatan ravnaqi, buyuk kelajakni barpo etish uchun yashash va kurashish chinakam insoniy saodat ekanligini yakqol ko‘rsatadi. Mustaqil fikrga ega bo‘lgan, o‘z kuchiga, o‘zi tanlagan yo‘lning to‘g‘riligiga ishongan inson porloq kelajakka dadil intilish bilan yashaydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho‘chimaydi, balki zamonaviy bilim va hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g‘arazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga qodir bo‘ladi. Xullas, milliy g‘oya o‘zining eng oliy maqsadi, vazifalari va xususiyatlariga ega. Uning oliy maqsadi yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida xalqimizni jipslashtirish, fuqarolar, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik hissini kamol toptirish, komil insonni voyaga etkazish, ularda mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolaveradi. Zero, mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev haqli ravishda e’tirof etayotganidek, “sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga etishi bilan bog‘liq”. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanini o‘rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Fan talabalarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik jamiyat qurishning maqsadlari, uning shakllanishi va rivojlanishi strategiyasi, bu strategiyaning milliy g‘oya bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi g‘oyalar, qarashlar bilan tanishtiradi. Mazkur g‘oyalarning talabalar ong va tafakkuriga singdirilishida, ishonch va e’tiqodlariga ko‘chishida muhim o‘rin tutadi. Demokratik jamiyat qurishning qonuniyatlarini bilishda, uning jahonda e’tirof etilgan tamoyillarini har bir mamlakat va xalqning milliy, ma’naviy xu-hsusiyatlari bilan bog‘liq holda amalga oshirish zarurligini his etish va unga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Xaqiqiy demokratiya bilan soxta demokratiyaning farqini ko‘rishda, uni baholab, munosabat bildirishda, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanini o‘rganish orqali erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishining nazariy asoslarini dunyoda demokratik jamiyat qurish bilan bog‘liq umumiy qonuniyatlarni bilish bilan birga, demokratiyaning o‘ziga xos milliy ko‘rinishlari, “milliy modellari”ning ma’no-mazmunini to‘g‘ri tushunib olishga muvaffaq bo‘lish mumkin. Yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbiga ezgu fazilatlarni, bunyodkorlik g‘oyalarini singdirish orqali milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlashning muhim vazifalari hal etiladi. Milliy g‘oyani, O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini hisobga olgan holda, yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo‘nalishlari mavjud. Bunda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etiladi. O‘zbekiston hayotidagi o‘zgarishlar insonlar ongida ham katta o‘zga-rishlar qilishni talab etadi. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi zamon kishisini tarbiyalash haqida jiddiy qayg‘urishi, tabiiy. Demak, O‘zbekistonda ham, “komil inson” g‘oyasida e’tirof etilgan shaxs mos sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. “Fuqarolik axloqi”ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi. Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda har bir ota-ona o‘z farzandining maktabgacha tarbiyasi, uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab etishi nihoyatda muhim. Bunda oilaning ta’lim muassasalari tizimiga izchil uyg‘unlashuviga erishish zarur. Bu davrdagi barcha bevosita ta’lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida, barchao‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim: - vatan tuyg‘usini shakllantirish; - ona tilimizga muhabbat uyg‘otish; - milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish; - ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash; - oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish; - mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish va hokazo. Jamiyatimizda ta’lim –tarbiya, qolaversa, targ‘ibot-tashviqot ishlariga yo‘naltirilgan barcha institusional tizimlar orqali shakllantirilayotgan, targ‘ib qilinayotgan milliy g‘oya: Birinchidan – milliy g‘oya va milliy mafkura o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni va xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini jamiyatimiz oldida turgan bugungi oliy maqsad va vazifalarini qamrab olishishart; Ikkinchidan – mamlakatimizdagi insonlarning barchasini yagona milliy bayroq ostida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning dahlsizligini ifodalaydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya-mafkura bo‘lishi keraq Uchinchidan – milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshash unsurlardan boshqa elat va millatlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutloqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor; To‘rtinchidan – milliy g‘oya va mafkura birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur. Beshinchidan – Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab turishga, shu bilan birga jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak1. Aslida jamiyatning o‘z ertasi va kelajagiga ishonchio‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Buning zamirida millat baxt saodati yo‘lida, demak har bir fuqaro manfaatidan kelib chiquvchi maxsus faoliyat – mafkuraviy tarbiya yotadi. Mafkuraviy tarbiya deganda kishilar dunyoqarashini boshqarish emas, balki odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to‘ldirish nazarda tutiladi. Mafkuraviy tarbiya jarayonida fuqarolarga, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga g‘oyaga qarshi - g‘oya, jaholatga qarshi - ma’rifat tamoyilining mazmun va mohiyatini tushuntirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1998 yili “Tafakkur” jurnali bosh muharririning bergan savollariga javoblarida hamda tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ilk bor bu masalaga diqqat bilan e’tibor qaratilib, “g‘oyaga qarshig‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin” degan shior o‘rtaga tashlangan edi. Bu masala g‘oya va mafkura tushunchasida ham muhim o‘rinda turadi.Milliy ma’naviyatimizni va ma’naviy o‘zligimizni tahdidlardan himoya qilish uchun milliy istiqlol g‘oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita yo‘q. SHu masalada milliy g‘oyaning juda muhim funksiyasi, ya’ni milliy va ma’naviy o‘zlikni himoyalash kabi muhim funksiyasi namoyon bo‘ladi. Milliy g‘oya ana shu funksiyani bajarishi uchun esa yoshlar va aholi ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, ishonch va e’tiqod sifatida shakllanishi lozim.Milliy g‘oyaning shakllantirilishi va uning o‘quvchilar, tinglovchilar, keng aholi tomonidan o‘rganishga kirishilishi mamlakatimiz ma’naviy taraqqiyotida alohida bosqichni tashkil qiladi. Aslida milliy istiqlol g‘oyasining negizlari chuqur. U xalqimizning milliy madaniy merosidan, ezgu g‘oyalaridan oziqlanadi. Lekin, bu g‘oyani yoshlar va aholi ongiga singdirish uchun muayyan poydevor kerak edi. Y’ni, avvalo milliy qadriyatlarni, milliy ma’naviyatni tiklash, milliy g‘ururni uyg‘otish, bir so‘z bilan aytganda, milliy istiqlol g‘oyasi tomir otishi va gurkirab rivojlanishi uchun zamin tayyorlash lozim edi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan buyono‘tgan davr ichida ma’naviyat sohasida ulkan nazariy, ma’rifiy va amaliy ishlar bajarildi. Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari tuzildi, yuzlab maqola va risolalar nashr etildi, tadqiqotlar o‘tkazildi, ta’lim to‘g‘risida milliy dastur qabul qilindi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish uchun zamin yaratildi. Milliy g‘oya jamiyatni jipslashtiruvchi, uni ijtimoiy taraqqiyot ko‘ndalang qo‘yayotgan masalalarni hal qilishga, chetdan bo‘layotgan g‘oyaviy, ma’naviy tahdidlardan himoyalashga qaratilgan kuchdir. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shug‘oyaga bo‘lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi. Xolbuki, yosh avlod tarbiyasida masalaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ularning hammasi muhim. Hali dunyoga hayrat ko‘zi bilan qarayotgan yosh avlod ong-shuuri, qalbi ildizi yo‘q “ommaviy madaniyat” uchun emas, haqiqiy milliy qadriyatlar, haqiqiy o‘zbekona madaniyat bilan limmo-lim bo‘lsin. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti o‘zining “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida bu masalaga alohida to‘xtalib o‘tgani bejiz emas: “Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etadi”1. Xulosa qilib aytganda, yotg‘oyaga qarshi biz o‘z olijanob g‘oyamizdan maktablarimizda, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo begona bo‘lgan nosog‘lom qarashlarga, huruj va harakatlarga qarshichiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar o‘z fikrini aytishga, erkin fikrlashga o‘rganishi kerak. YA’ni fikrga qarshi fikr bo‘lishi zarur. SHu bois yoshlarimizni maktab va oliy o‘quv yurtlarida erkin fikrlashga, baxslashishga o‘rgatishimiz kerak. Uchinchi masala –yoshlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha olish fazilatini shakllantirish masalasidir. Download 41.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling