Milliy g`oya targ`ibotini takomillashtirishning asosiy omillari. Reja


Download 41.96 Kb.
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi41.96 Kb.
#1754301
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy g`oya targ`ibotini takomillashtirishning asosiy omillari.

Milliy gʻoya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. M.gʻ. oʻz mo-hiyatiga koʻra, xalq, millat takdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi. Masalan, oʻz davrida (1941—45) fashistlar bosib olgan Fransiyada "Qarshilik koʻrsatish" gʻoyasi M.gʻ. darajasiga koʻtarildi va Fransiyaning ozod etilishi bilan bu gʻoya oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Biror gʻoyaning M.gʻ. sifatida maydonga chiqishi millatning oʻtmishi, mavjud holati bilan bevosita bogʻliq. Ana shu 2 negizga tayangan holdagina u millatning qisqa vaqt va uzoq vaqtga erishish lozim boʻlgan maqsad-muddaolari va moʻljallarini toʻgʻri ifodalay olishi mumkin. Har qanday M.gʻ.da umuminsoniy moqiyat mavjud boʻladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahami-yatli boʻlgan gʻoyalar ham bor. Masalan, "Milliy yarash" gʻoyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy maz-munga ega boʻlsa, "Manfaatli hamkorlik" gʻoyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq oʻz tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning oʻzagini tashkil etadigan, oʻziga xos oʻq, birlashtiruvchi yadro vazifasini oʻtaydigan ijtimoiy gʻoyani shakllantirish muammosini hal etadi. Bunga esa M.gʻ. orqali erishiladi. M.gʻ. muayyan darajada insoniyat takdiriga taʼsir qiladi. M.gʻ.ning yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini, umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda ahamiyati katta. M.gʻ. vositasida el-yurt birla-shadi, oʻz oldiga buyuk maqsadlar qoʻyadi va ularni ado etishga qodir boʻladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichida ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda milliy g‘oya zimmasidagi vazifalar borasidagi nazariy fikrlari Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidentining barcha ma’ruza va chiqishlarida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida, 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning etakchi ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuvda bildirgan fikr mulohazalarida, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” deb nomlangan ma’ruzasida, Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi “Millatlararo do‘stlik va hamjihatlik – xalqimiz tinchligi va farovonligining muhim omilidir” deb nomlangan nutqida hamda 2017 yil 19 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida o‘z ifodasini topgan.
Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan 2017 yil yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligiga e’tibor qaratildi. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor deb, har bir tuman va shaharda “Xalq qabulxonalari”ni tashkil etish va ularning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash yo‘lga quyildi. Bu vazifalarni amalga oshirilishi inson manfaatlarini ustuvorligini ta’minlashga sharoit yaratmoqda. Demokratik islohatlarni izchil davom ettirish va inson manfaatlarini ustuvorligi asoslangan konstitusion prinsiplarimizga tula mos keladi. Demokratik islohatlarni izchil davom ettirish maqsadida respublikamizda yangi qonunlar, qaror va farmoyishlar ishlab chiqildi va qabul qilindi, o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim- tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy- joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz, deb alohida ta’kidladilar.
Davlatimiz rahbari SH.Mirziyoev o‘zining “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” asarida ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e’tibor qaratdilar. Birinchi vazifa – maktabgacha ta’lim sohasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish 27 foizni tashkil etadi. Yaqinda tasdiqlangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. SHuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi. Ikkinchi vazifa – umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy o‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda echilgani yo‘q. Yana bir muammoni hal etish ham o‘ta muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy- ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur. Uchinchi vazifa – ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir hududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir. To‘rtinchi vazifa – nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish. Bu o‘rinda ikkita asosiy vazifani hal etish zarur: birinchi – ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofiq sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart; ikkinchi – akademiklarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Beshinchi vazifa – kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini etkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda. Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. Ana shu vazifani hal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. SHu o‘rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI”ning beshinchi ustuvor yo‘nalishi xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash masalalariga qaratilganligi ham fikrimizning yana bir yorqin dalilidir. Aslida ushbu beshinchi ustuvor yo‘nalishning belgilanishida xalqimiz milliy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlariga tayanilgan. Zero, xalqimizda asrlar davomida sayqallanib kelayotgan “qo‘shning tinch-sen tinch”, “gilam sotsang qo‘shningga sot, bir chekkasida o‘zing o‘tirasan”, “Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shning afzal” kabi maqollari bejizga aytilmagan. Zero, g‘arb mamlakatlaridan farqli o‘laroq sharqda qarindosh-urug‘chilik va qo‘ni-qo‘shnichilik kabi qadriyatlar alohida ahamiyatga egadir. SHariatimiz ham biz mo‘min-musulmonlarni bir-birlarimizga yaxshilik qilishga, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘lar bilan ahilchilikda yashashga undaydi. Aksincha, musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlarning uzilishi va bir-biridan yuz o‘girish kabi salbiy illatlarni qoralaydi. Aslida ham jahonda katta va kichik millatlar va elatlar yo‘q. Ularning har biri asriy barqaror va tengi yo‘q an’analari bilan, tarixiy merosining boyligi bilan, milliy ruhining umumiyligi bilan, madaniyatining o‘ziga xosligi bilan ahamiyatlidir. O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 19 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz. milliy o‘zlikni anglash, Ozod va obod Vatan, erkin va farovon jamiyatni barpo etishimizda, jamiyat manfaati, kelajagi, barqarorligi, taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga kengroq singdirib borishimiz zarur. Qadriyatlarning mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllar bilan bog‘liq muammolarning tahlili uzoq tarixga ega. Kishilar qadim zamonlardanoq o‘zlarini o‘rab turgan olam, undagi narsa, voqea va hodisalar, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga baho berganlar, ularning qadri to‘g‘risida fikr yuritganlar. Zamonlar o‘tishi, jamiyat rivoji davomida bu boradagi muammolar ko‘paygan, ularni hal qilishning ahamiyati ortavergan. Qadriyatlar mavzusi bir qator dunyoqarashlarning asosida yotgan, ularning markaziy qismini tashkil qilgan. Ko‘pgina falsafiy oqimlar va mutafakkirlar ham bu mavzuni chetlab o‘tmaganlar. Qadriyatlar muammosining falsafiy-tarixiy tahlili zaminimizda yaratilgan qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Xalq og‘zaki ijodida ko‘proq umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor berilgan, ularning mohiyati, mazmuni turlicha talqin qilingan. Spetamen, Alpomish, To‘maris va SHiroq to‘g‘risidagi dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoiylik ruhi badiiy tasvirlangan. «Bu dostonlarni qadimgi yunonlarning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari bilan qiyoslash mumkin»1 Qadimgi odamlar borliq to‘g‘risida o‘ylaganlarida, afsona, hikoyat yoki dostonlar so‘ylaganlarida olamning qadri, uning cheksizligi, koinot va odamzod aloqalari, inson umrining ma’nosi, mazmuni, maqsadi hamda botirlik, oqillik, hokisorlik, yaxshilik, vafodorlik, vatanparvarlik kabi qadriyatlarga izoh berganlar, hatto ularning ba’zilarini ilohiylashtirganlar. Qadriyatlar mavzusi diniy dunyoqarashlar va ularning eng qadimgi shakllarida ham o‘z aksini topgan, har bir din o‘ziga xos ilohiy qadriyatlar tizimiga ega. Ular bir- birlaridan ana shu dinlarining asosiy kitoblari Qur’on, Injil, Veda, Upanishad va boshqalarda muayyan ilohiy qadriyat tizimlari o‘z ifodasini topgan. Dinlarning tarixiy shakllari takomillashib borgani sari, ulardagi qadriyatlar tizimi ham yangi qirralarini namoyon qilib boravergan. SHu o‘rinda “qadriyat” atamasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, u arabcha «qadr» so‘zidan olingan bo‘lib, borliq va jamiyatdagi biror-bir narsa va hodisani jamiyatda, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy munosabatlarda tutgan muhim ahamiyatini ifoda etish uchun qo‘llanilgan Islom Karimov aytganidek, “Tarix sinovlaridan o‘tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu-intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to‘la javob beradigan, yillar o‘tgani sari qadri ortib boradigan g‘oya va tushunchalarni qadriyat deb bilamiz”1 Har bir mamlakatda har bir millatning asrlar osha avloddan- avlodga o‘tib, sayqallanib kelayotgan o‘z qadriyatlari bo‘lib, ushbu qadriyatlar asosida millat qadrlanadi hamda obro‘-e’tiborga ega bo‘ladi. Ammo qadriyatlaridan jamiyat taraqqiyoti uchun qay daraja- da foydalanayotganliklari katta ahamiyat kasb etadi. Milliy qad- riyatlarga hurmatsizlik, uning qadr-qimmatini bilmaslik nima- larga olib kelishi yaqin o‘tmishdan bizga ayondir. Millat ruhi sin- gan, bobolar qalb qo‘rining mevasi bo‘lgan yuksak ne’matning oyoq osti bo‘lishi hech kechirilmas holatdir. Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustah- kamlamay turib o‘z istiqbolini to‘liq tasavvur eta olmaydi. Ayniqsa, SHarqda xalqning ming yillik milliy qadriyatlari o‘sha xalq uchun qadr-qimmatga molik ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilib kelgan. O‘zbek xalqi yaqin-yaqingacha davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqlarga qaramay, avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbek xalqi milliy qadriyatlarini asrlar davomida qalbida doimiy ravishda asrab-avaylab keldi va ularning umumbashariy qadriyatlar safidan joy olishlariga erishdi. Milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biridir.

  • Milliy qadriyatlar namoyon bo‘lishi hamda tarixiy taraqqiyoti bosqichida, ayrim o‘ziga xos xususiyatlarni mujassamlashtiradi. Ular qo‘yidagi xususiyatlardir:

  • Milliy qadriyatlar, ma’lum bir etnik makonda shakllanib, turli ko‘rinishda namayon buladi va ana shu etnik ma- konda yashovchi kishilarning ongiga hamda turmush tarziga o‘zi- ga xos tarzda ta’sir etadi;

  • Milliy qadriyatlar, bir millatga mansub bo‘lgan kishilarning ijtimoiy munosabatlarida ko‘zga tashlanadi va ular ana shu munosabatlarning natijasi o‘laroq, o‘z maqsad-muddao- lariga erishadi;

  • Milliy qadriyatlar, ijtimoiy rivojlanish jarayonlarida o‘zgarib, jamoaning manfaatlariga mos holda yangilanib, takomillashadi va kelgusi avlodlarga meros bo‘lib qoladi;

  • Milliy qadriyatlar, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarda erishilgan muayyan natijalarning manbai sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin;


Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, yotg‘oyaga qarshi biz o‘z olijanob g‘oyamizdan maktablarimizda, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo begona bo‘lgan nosog‘lom qarashlarga, huruj va harakatlarga qarshichiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar o‘z fikrini aytishga, erkin fikrlashga o‘rganishi kerak. YA’ni fikrga qarshi fikr bo‘lishi zarur. SHu bois yoshlarimizni maktab va oliy o‘quv yurtlarida erkin fikrlashga, baxslashishga o‘rgatishimiz kerak. Uchinchi masala –yoshlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha olish fazilatini shakllantirish masalasidir. Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o‘ziga xos mezon vazifasini o‘taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo‘layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi. Milliy g‘oyani ob’ektiv anglashda qadriyatlar va ma’naviyat olamini bilish va uni amaliy o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyoga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi1 . Umuman, qadriyatlarning xilma-xil shakllari mavjud: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy qadriyatlar. Jamiyat hayotining sohalari bo‘yicha: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, qadriyatlar, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqa qadriyatlar. Hozirgi zamonda ilg‘or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini nechog‘li yuksaklikka ko‘tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tub o‘zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog‘lom tafakkurning shakllanishi katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Birinchi bo‘lim, II bob, 13-moddasida. O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.


Download 41.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling