Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi Milliy g‘oya va mafkuralar tarixi Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi


Prezidentimiz SH.Mirziyoev ta’kidlaganidek


Download 88.58 Kb.
bet2/2
Sana13.04.2023
Hajmi88.58 Kb.
#1354992
1   2
Bog'liq
Milliy g\'oyaning umum mafkuraviy jarayonlar

Prezidentimiz SH.Mirziyoev ta’kidlaganidek:
“Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir. 
Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim”.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan mamlakatimiz tarixida yangi davr boshlandi. Bugungi kunda respublikamizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar belgilab olindi. SHu bois, demokratik jamiyat barpo etish va bu jarayonda milliy istiqlol g‘oyasining ahamiyatini, ularning o‘zaro aloqadorlikdagi ijtimoiy mohiyatini ilmiy tadqiq etish dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Zero, «Hech kimga sir emas - biz qurayotgan yangi jamiyat, hayotimizga tobora kirib kelayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlarning taqdiri va kelajagi, avvalo, xalqimizning bu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashiga, joylarda bu borada odamlarimizning faolligi, ularning dunyoqarashi, ongu tafakkurining yuksalishiga bog‘liq».
Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.
Jamiyat hayotida kechayotgan demokratik islohotlar jadal sur’atlar bilan rivojlanishida, muhim bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish kabi maqsadlar sari intilish kuzatilayotgan ekan, demokratiyaning taqdiri ham, kuchli fuqarolik jamiyatining qaror topishi ham fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ushbu jarayonda fuqarolarning ishtiroki, ularning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash kabi masalalarni hal qilishda milliy istiqlol g‘oyasining roli alohida ahamiyatga molikdir.
Darhaqiqat, Birinchi Prezident jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishni amalga oshirishda aholining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish haqida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir».
Bu O‘zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirish jarayonida erishilgan ijobiy natijalar milliy istiqlol g‘oyasining hayotiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligining yorqin ifodasidir.
CHunonchi, demokratik jamiyatning shakllanishi mavjud ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning barqarorligi va ular rivojlanishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda bu jarayonning izchil, tizimli va ob’ektiv amalga oshirilishida davlat hamda jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, harakatlarning pirovard maqsadlarini ifodalaydigan mafkuraviy jarayonlar ham muayyan o‘rin egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
  • Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 19 сентябрь куни Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида нутқи
  • Каримов И. А. Инсон манфаатларини таъминлаш, ижтимоий ҳимоя тизимини такомиллаштириш - устувор вазифамиздир. -Т.: Ўзбекистон, 2006. -Б. 3.
  • Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида Фармони, 2017 Йил 7 Февраль, ПФ-4947-Сон
  • Каримов И. А. Ўзбек халқи ҳеч ҳачон ҳеч кимга қарам бўлмайди. 13-жилд. -Т.: Ўзбекистон, 2005. -Б. 177.

Download 88.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling