Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining
Milliy o‘zlikni anglash yuksak axloqiy fazilat ekanligi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020
Milliy o‘zlikni anglash yuksak axloqiy fazilat ekanligi. Jamiyat hayotida ro‘y bergan
o‘zgarishlarning asosini milliy o‘zlikni anglash tashkil etadi. Milliy o‘zlikni anglash ham xalqning ma’naviy kamolot darajasi bilan bog‘liq. Milliy o‘zligini to‘la-to‘kis va to‘g‘ri anglash imkoniga ega bo‘lish uchun inson yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lishi lozim. Tarix saboqlari shuni ko‘rsatadiki, milliy o‘zligini, manfaatlarini, taraqqiyoti istiqbolini chuqur, har taraflama xolisona, odilona anglagan xalqgina keng rivojlanish imkoniyatlariga ega bo‘la oladi.”Har bir millat va elatning o‘zini real mavjud sub’ekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarini ifodalovchi etnik birlik, til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarga mansubligini, manfaatlar va ehtiyojlar umumiyligini tushunib etishga milliy o‘zlikni anglash,-deb ataladi”. 13 Zamonaviy komil inson konsepsiyasiga kiruvchi muhim talablar SHarq tafakkurida alohida tizimni tashkil qiladi. Bu talablar odamoxunlik, kamtarlik, bag‘rikenglik, serfarzandlik, keksa va yoshlarga mehr-shafqatlilik, bosiqlik, vazminlik va h.k.larni o‘z ichiga oladi. “Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida,- butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi. Vatani, xalqi uchun jonini fido etishga ham o‘zini ayamaydi. Buning aksi o‘laroq, yolg‘onchi va’daboz kishida vatanparvarlik tuyg‘usi bo‘lmaydi”. 14 Insonni halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, to‘g‘rilikka, ezgulikka, qisqa qilib aytganda, yuksak axloqlilikka yo‘llash hozirgi kunda birinchi darajali ahamiyat kasb etadigan masalalardan biri bo‘lib qoldi. CHunki mamlakatimizning mustaqil va barqaror rivojlanishi iymonli, e’tiqodli, ma’naviyati kuchli, yuksak axloqiy fazilatlarga ega, qalbida milliy ma’suliyat tuyg‘usi chuqur ildiz otgan zamonaviy ma’naviy barkamol insonlar qo‘lidadir. SHarqona odob-axloq va umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvori normalari, axloq odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini o‘ylaydilar. Ma’naviyatga doir ilmiy adabiyotlarda komillikning bosh mezoni insoniylik ekani ta’kidlanadi. Unda ma’naviy barkamol insonning asosiy xislatlari va fazilatlari ko‘rsatib o‘tilgan. 13 Отамуратов С, Раматов Ж., Ҳусанов С. Маънавият асослари. Т.,2000. 193-б. 14 Каримов И.А.Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т., Ўзбекистон. 1996. Т., 3. 39-б. 62 Ularda komil insonning umumiy xislatlari, ishbilarmonlik xislatlari, sobitlik xislatlari ehtiroslilik xislatlari hamda komil inson fazilatlari, zukkolik, idroklilik fazilatlariga e’tibor qaratilgan. 15 Zamonaviy komil inson konsepsiyasiga asosan ayni shu xislat va fazilatlarning singdira borilishi yosh avlodni barkamol, sog‘lom va komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, zamonaviy komil inson konsepsiyasining axloqiy-ma’naviy negizlarini, uning shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar aqliy zukkolik, xuquqiy komillik, axloqiy etuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy-ma’naviy saviya, professional iftixor, milliy va umuminsoniy g‘urur, vatanga sadoqat va boshqalar bo‘lib, ularni yanada rivojlantirib yoshlarimiz qalbiga, ongiga va shuuriga singdirish har birimizning eng muhim vazifamizdir. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling