Milliy ong - milliy birlik va birdamlik tuyg‘usi
shakllanishining asosi ekanligi. Hozirgi zamon komil inson
konsepsiyasini
shakllantirishda
milliy
ong-milliy
birlik,
birdamlik tuyg‘usi shakllanishi va rivojlanishining asosi ekanligiga alohida e’tiborni qaratish
lozim. Milliy ongning bu xususiyati mustaqillik sharoitida yoshlarni tarbiyalashda ham muhim
ahamiyatga ega. Milliy birlik, birdamlik-milliy ongning belgisi sifatida millatparvarlikni
anglatadi. Milliy ongning ana shu xususiyati tufayli insonda mas’uliyat tuyg‘usi shakllanadi. U
o‘zining ma’lum millat vakili ekanligini his etgan holda, uning manfaatlarini ongli ravishda
himoya qiladi, va shu yo‘lda fidoyilik namunalarini ko‘rsatadi. Millatparvarlik va mas’uliyat
tuyg‘usi kuchli bo‘lgan insongina millatning ravnaqi va istiqboli yo‘lida olib borayotgan
maqsadlariga erishadi. Xalq hayoti turli inqirozlarga, tanazzullarga uchramasligi uchun
yoshlarda millatparvarlik va mas’uliyat tuyg‘usini yanada kamol toptirishga e’tiborni qaratish
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |