Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/145
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#207321
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   145
Bog'liq
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020

Komil  inson  deb    -  dunyoviy  va  diniy  bilimlar  asosini  egallab  foydali  kasb-hunar  egasi 
bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak axloqiy  va estetik fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, 
sog‘lom,  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarga  sodiq  bo‘lib  xalq,  millat,  elat  ravnaqi  yo‘lida 
zahmat  chekadigan,  ona  Vatanining  ozodligi-obodligi  yo‘lida  jon  fido  aylab  mehnat  qiladigan 
kishilarga  aytiladi.  Orzular  g‘oyalarda  mujassam  bo‘lganidek,  millatimizning  komil  inson 
haqidagi  orzusi-uning  milliy  istiqlol  g‘oyasida  o‘z  aksini  topgan.  Komil  inson  g‘oyasi  ham 
milliy,  ham  umumbashariy  mohiyatga  ega  bo‘lgan,  odamzodga  xos  eng  yuksak  ma’naviy  va 
jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‘oyadir. 
  Komil inson g‘oyasini  amalga oshirishning  eng  maqbul  yo‘li  shaxsni  ma’naviy  jihatdan 
kamol  toptirishdir.  Zamonaviy  komil  inson  konsepsiyasiga  asosan  u-yuksak  ma’naviyat  sohibi 
bo‘lgan  komil    shaxsdir.  “Komil”  arabcha  so‘z  bo‘lib,  o‘zbek  tilida  “kamolotga  erishgan, 
bekamu-ko‘st,  to‘la  darajada”    degan  ma’noni  anglatsa  ,  “Kamol”,  “Kamolot”  so‘zlari    ham 
arabcha  so‘z  bo‘lib,  o‘zbek  tilida  “har  jihatdan  to‘kislik,  mukammalik,  etuklik”  degan 
ma’nolarni  anglatadi  “Komil”,  “Kamol”,  “Kamolot”  so‘zlarining  lug‘aviy  ma’nolaridan, 
ularning  hozirgi  kundagi  ma’naviy  hayotni,  ehtiyojni,  munosabat  va  manfaatlarni  aks 
ettirishlariga  qarab,  kamolot  bu-shunchaki  komillikka  erishish,  kamol  topish  emas,  balki  uzoq 
davom  etgan  ta’lim-tarbiya,  olingan  bilim,  shakllangan  aql,  sodir  etilayotgan  axloqiy  hatti- 
harakatlarni    shakllantirishning  bir-birini  to‘ldirib  boruvchi  bir  necha  bosqichlardan  iborat 
bo‘lgan  jarayonlar  tizimidir,  deb  baholash  mumkin.  Kamolot  yo‘li  ziddiyatlarga, 
mashshaqqatlarga, yutuqlarga boy bo‘lgan, elim deb, yurtim deb, mehnat qilish, zahmat chekish 
natijasida  mukammallikka,  olijanob 
insoniy fazilatlarga ega bo‘lish yo‘lidir.     
  Dunyoga  kelgan  har  bir  inson 
ana  shu  yo‘ldan  yuradi,  ammo  u  bu 
yo‘lda  kimni  uchratadi,  kimni  o‘ziga 
ustoz  deb  biladi,  kimga  xizmat  qiladi, 
kimni do‘st, kimni dushman deb biladi? 
  Ana 
shu 
jihatlar 
kamolot 
yo‘lidan  borayotgan  shaxsga  o‘zining 
ta’sirini 
o‘tkazadi, 
kamolot 
tushunchasining sub’ektiv ma’nodagi mazmun va mohiyatini belgilab beradi.  
  Mehribon,  halol  luqmali  oila  farzandi  bo‘lgan,  ta’lim  muassasalarida  yaxshi  ta’lim-
tarbiya  olgan,  olimu-fozillarga,  halol,  bag‘rikeng,  diyonatli,  mehnatkash  odamlarga  yo‘ldosh 


58 
 
bo‘lgan  shaxs,  albatta  jamiyat,  davlat,  xalq,  millat  belgilab  bergan  ma’naviy  kamolot  yo‘lidan 
borib komil inson darajasiga ko‘tarilib, elning ardog‘iga sazovor bo‘ladi. 
   Ma’naviyatlilik inson hayoti va jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllanadigan, faqatgina 
insongagina  xos  bo‘lgan  fazilat  hisoblanadi:  u  -  .  inson  kamolotining  asosiy  belgisi.  Lekin 
insonda  irsiy  imkoniyatlar  mavjud  bo‘lib,  ular  mehnat,  hayot  tajribasi,  jamoatchilik  ta’siri 
asosida sayqal topib, uning e’tiqodiga, ruhiy mohiyatiga aylanadi, inson ongi va qalbiga chuqur 
o‘rnashadi.  Faqat  insonga  xos  bo‘lgan  irsiy  imkoniyatlar,  qobiliyat,  hayot  tajribasi,  ajdodlar 
merosi  va  namunasi,  bilim,  axloq  va  odob  asosida  shakllangan  ma’naviyat  uning  yuksak 
kamoloti, hayot va faoliyatiga maqsad va yo‘nalish beruvchi ruhiy asosdir.  
Komil  inson  g‘oyasining  o‘ziga  xos  ma’naviy-axloqiy  negizlari  mavjud  bo‘lib,  ularsiz  
shaxs kamolotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu negizlar quyidagilardan iborat: 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling