59
mushtarakligidir. Ma’naviyat taraqqiyotining darajasi va imkoniyatlari milliy ong yuksalishini
belgilab beradi. Milliy o‘z-o‘zini anglash esa o‘z navbatida
inson ma’naviy kamoloti uchun yangi sharoit va imkoniyatlar
yaratadi, uning yanada barq urib rivojlanish yo‘llarini,
istiqbollarini ochib beradi. O‘z millatining tarixini, qadr-
qimmatini bilishi, uning milliy manfaatlarini himoya qila olishi
milliy ong rivojiga asos bo‘ladi. Hozirgi davrda mustaqil
O‘zbekistonda fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarimizning milliy
ongini oshirish, ma’suliyati va burch tuyg‘usini kuchaytirish,
e’tiqodini mustahkamlashga katta e’tibor berilayotganligi ularni
ma’naviy barkamol insonlar bo‘lib etishishlari yo‘lida
qilinayotgan sa’y-harakatlardan biridir.
Barkamol milliy ma’naviyatning mahsuli sifatida etuk
milliy ong yuzaga keladi. SHuning uchun ham milliy ong milliy
ma’naviyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. “Milliy ong oddiy his, tuyg‘u emas, balki muayyan
axloqiy, xuquqiy, ilmiy, mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e’tiqoddir”
11
Milliy ong
shakllangan e’tiqodlar, maqsad va manfaatlar tizimi, milliy o‘z-o‘zini anglash esa shu tizimning
shakllanish jarayonidir.Milliy ongning mazmuni va mohiyati
ham millatning o‘z-o‘zini anglash darajasiga bog‘liq.. Boshqa
millatlarning tarixi, madaniyati, milliy xususiyatlari va
manfaatlariga xolisona baho bera olishi uchun millat, avvalambor
o‘z-o‘zini anglamog‘i, tarixi, kelajagi, manfaatlarini chuqur
tushunib etmog‘i lozim. CHunki o‘zligini chuqur anglab, milliy
ongi kamol topayotgan millatgina boshqa millatlarni ham to‘g‘ri
anglash, ularni Milliy xolisona baholash imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: