60
zarur.Milliy birlik tuyg‘usi oldin inson qalbida e’tiqod, axloq, mafkura sifatida shakllanadi va
shundan keyingina katta tarixiy, ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida ahamiyatga ega bo‘ladi. SHuning
uchun ham milliy ong zaminida shakllangan milliy birlik-milliy mafkura, milliy vijdon, milliy
axloq hamdir. Millatga xos ma’naviyatning barcha jabhalarini milliy ong o‘z ichiga qamrab
oladi. U o‘z mohiyati jihatidan milliy birlik va birdamlik tuyg‘usiga nisbatan kengroq va
chuqurroqdir. Millatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida milliy ong ham o‘zgarib, rivojlanib
boradi. Ayniqsa, tarixning burilish davrlarida milliy ongda ham qonuniy tarzda tub o‘zgarishlar
yuz beradi. Masalan, milliy mustaqillikning mohiyati va ahamiyatini anglab etgan shaxsda milliy
ongning o‘sish sur’atlari yanada tezlashadi.Milliy qadriyatlarni tiklash, o‘rganish, hayotga keng
joriy qilish milliy ong shakllanishi va rivojlanishiga o‘z ta’sirini
Do'stlaringiz bilan baham: